O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet30/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Buxgalteriya hisobi schyotlari– mol-mulkni uning tarkibi, joylashtirilishi va 
shakllantirish manbalari hamda operatsiyalar bo‘yicha joriy aks ettirish, guruhlash 
hamda nazorat qilish usulidir. 
Schyotlarning har birida hisobga olinayotgan xo‘jalik mablag‘lari yoki 
ularning manbalarining boshlang‘ich holati hisobga olinadi, keyingi bo‘ladigan 
joriy o‘zgarishlar o‘z vaqtida aks ettirib boriladi. Natijada schyotlardan ayrim 
turdagi aktivlar yoki passivlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni istalgan paytda olish 
mumkin bo‘ladi. 
Tashqi ko‘rinishi bo‘yicha schyotlar ikki ustundan iborat bo‘lgan jadval 
shaklida bo‘ladi. Schyotning nomi jadvalning yuqori qismida yoziladi. Ushbu 
jadvalning chap qismi “Debet” (D-t), o‘ng qismi “Kredit” (K-T) deb ataladi. 
“Debet” va “Kredit” so‘zlari buxgalteriya hisobiga uning rivojlanish davri 
boshlanishida kiritilgan bo‘lib, bu so‘zlar XII asrlarda sotuvchi va bankir 
o‘rtasidagi hisob-kitob hamda kredit munosabatlarini aks ettirgan. 
“Debet” so‘zi lotincha bo‘lib “u qarzdor”, “Credit” so‘zi esa “ishondi” 
degan ma’noni bildiradi.
Debet “Schyot nomi yoki raqami” Kredit 
6-rasm. Schyotning tashqi ko‘rinishi 


55 
Schyotlarda mol-mulk va uning manbasining hisobot davri boshi hamda 
oxiridagi holati aks ettiriladi. Schyotlarga hisobot davrining boshiga ma’lumotlari 
buxgalteriya balansining aktiv va passiv qismlari moddalaridan olib yoziladi. 
Ushbu ma’lumotlar qoldiq yoki saldo deb ataladi. Ayrim hollarda ba’zi bir 
schyotlarda saldo bo‘lmasligi ham mumkin. Debet va kreditda aktiv yoki 
passsivlarning tarkibidagi o‘zgarishlar aks ettiriladi. Hisobot davri ichida 
schyotning debet qismida yozilgan summalar debet oborot, kredit qismiga 
yozilgan summalarni kredit oborot deb ataladi. 
Buxgalteriya hisobi schyotlarini turkumlashdan asosiy maqsad amalga 
oshirilgan xo‘jalik muomalalarini umumlashtirish, olinadigan ma’lumotlarni 
soddalashtirishdan iboratdir. Shu bilan birga mablag‘lar harakati yuzasidan nazorat 
ishlarini to‘g‘ri tashkil qilishni ta’minlashdir. 
8-jadval 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling