O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet58/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Ishchi inventarlash komissiyalari: 
- saqlash va ishlab chiqarish joylarida boyliklar va pul mablag‘larini 
inventarlashni amalga oshiradi; 
- xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalteriyasi bilan birgalikda inventarlash 
natijalarini aniqlashda ishtirok etadi va kamomadlar hamda qayta navlarga ajratish 
chog‘idagi ortiqcha chiqishlarni hisobga olish hamda tabiiy yo‘qolish me’yorlari 
doirasida kamomadlarni hisobdan o‘chirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqadi; 
- tovar-moddiy boyliklarni qabul qilish, saqlash va berishni tartibga solish, 
hisobga olishni yaxshilash va ular saqlanishini nazorat qilishni tartibga solish 


109 
masalalari, shuningdek, me’yordan ortiqcha va ishlatilmaydigan moddiy 
boyliklarni sotish bo‘yicha takliflar kiritadi; 
- quyidagi hollarda: 
a) 
xo‘jalik 
yurituvchi 
subyekt 
rahbarining 
buyrug‘iga 
muvofiq 
inventarlashni o‘z vaqtida o‘tkazish va uni o‘tkazish tartibiga rioya qilish uchun; 
b) hisob-kitoblarda tekshirilayotgan asosiy vositalar, tovar-moddiy boyliklar, 
pul mablag‘lari va vositalarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risidagi ma’lumotlar 
ro‘yxatga to‘liq va aniq qayd etilishi uchun; 
c) tovar-moddiy boyliklarning ular narxi belgilanadigan farqlovchi belgilari 
(turi, navi, rusumi, hajmi, preyskurant bo‘yicha tartib raqami, artikuli va h.k.) 
ro‘yxatda to‘g‘ri ko‘rsatilishi uchun; 
d) belgilangan tartibga muvofiq inventarlash materiallari to‘g‘ri va o‘z 
vaqtida rasmiylashtirilishi uchun javob beradi. 
Inventarlash komissiyalari a’zolari tovarlar, materiallar va boshqa boyliklar 
kamomadi va ishlatib yuborgani yoki ortiqcha chiqqanini yashirish maqsadida 
ro‘yxatga boyliklarning haqiqatdagi qoldiqlari to‘g‘risida ataylab noto‘g‘ri 
ma’lumotlarni kiritganlik uchun belgilangan tartibga muvofiq javobgarlikka 
tortiladilar. Mol-mulkning haqiqatdagi mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin 
inventarlash komissiyasi inventarlash paytidagi eng so‘nggi kirim-chiqim 
hujjatlarini yoki moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi 
hisobotlarni olishi kerak. 
Inventarlash komissiyasining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-
chiqim hujjatlariga “inventarlashgacha ...da (sana)” deb ko‘rsatgan holda viza 
qo‘yadi, bu esa buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarlashni 
boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi 
kerak. 
Moddiy javobgar shaxslar inventarlash boshlanishiga qadar mol-mulkka doir 
barcha kirim-chiqim hujjatlari buxgalteriya yoki komissiyaga topshirilgani va ular 
javobgarligiga kelib tushgan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa 


110 
chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib 
olishga hisobot beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari 
bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar. 
Inventarlashni o‘tkazish oldidan ishchi inventarlash komissiyalari a’zolariga 
buyruq, komissiya raislariga esa plombir topshiriladi (inventarlash komissiyasi 
ishlaydigan butun ish vaqtida plombir komissiya raisida saqlanadi). Buyruqda 
inventarlashni o‘tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi. 
Agar mol-mulkni inventarlash bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy 
boyliklar saqlanayotgan xona inventarlash komissiyasi ketayotganida muhrlanishi 
kerak. Inventarlash komissiyalari ishida tanaffus bo‘lganda (tushlik vaqti, tunda, 
boshqa sabablarga ko‘ra) ro‘yxatlar inventarlash o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi 
yashikda (javon, seyfda) saqlanishi shart. 
Haqiqatdagi qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning (kassirlar, 
xo‘jalik, savdo korxonasi, omborxona, tayyorlov punkti va hokazolar mudirlari) 
albatta ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi. 
Inventarlash paytida boyliklarning mavjudligi albatta sanash, tarozida 
tortish, o‘lchash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallar va 
tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori istisno tariqasida hujjatlar asosida
ushbu boyliklar bir qismini albatta naturada (tanlab olib) tekshirish bilan 
aniqlanishi mumkin. Qoplanmagan mahsulotlar og‘irligi (yoki hajmi)ni o‘lchash 
va 
texnik 
hisob-kitoblar 
asosida 
aniqlashga 
yo‘l 
qo‘yiladi; 
o‘lchash 
dalolatnomalari va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Tarozida tortiladigan 
ko‘p miqdordagi tovarlar inventarlanganda tarozida tortish qaydnomalarini ishchi 
inventarlash komissiyasining a’zolaridan biri va moddiy javobgar shaxs yuritadi. 
Ish kuni oxirida (yoki tarozida tortish tugagach) ana shu qaydnomalar ma’lumotlari 
solishtiriladi va chiqarilgan yakun inventarlash ro‘yxatiga qayd etiladi. Tarozida 
tortish qaydnomalari ro‘yxatga ilova qilinadi. 
Inventarlanadigan boyliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori 


111 
ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha va hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida 
ko‘rsatiladi. 
Ro‘yxatlarga ishchi inventarlash komissiyasining barcha a’zolari va moddiy 
javobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat oxirida moddiy javobgar shaxslar 
komissiya boyliklarni ularning hozirligida tekshirganini, komissiya a’zolariga 
nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar 
mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar. 
Boyliklarning haqiqatda mavjudligini tekshirish paytida moddiy javobgar 
shaxslar o‘zgargan taqdirda boyliklarni qabul qilgan shaxs inventarlash 
ro‘yxatlariga ularni olganligi, topshirgan shaxslar esa ularni topshirganligi 
xususida imzo chekadilar. 
Xo‘jalikka tegishli bo‘lmagan, biroq unda joylashgan boyliklarga alohida 
ro‘yxatlar tuziladi. 
Inventarlash paytida inventarlash bo‘yicha birlamchi hisob hujjatlarining 
tasdiqlangan namunaviy shakllari qo‘llanilishi kerak. 
Ish hayvonlari va mahsuldor mollar, parranda va asalari oilalari, ko‘p yillik 
o‘simliklar, ko‘chatzorlar inventarlanganda qishloq xo‘jalik korxonalari uchun 
tasdiqlangan ro‘yxat shakllari qo‘llaniladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   54   55   56   57   58   59   60   61   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling