O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet55/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Hujjatlarni tekshirish turlari 
Mohiyatiga ko’ra 
tekshirish 
Shaklan
tekshirish 
Arifmetik
tekshirish 
Qarama-qarshi 
tekshirish


102 
qabul qilingan hujjatlar buxgalteriyada qayta ishlanadi.
17-rasm. Hujjatlarni buxgalteriyada qayta ishlash bosqichlari 
Hujjatlarni guruhlash - bu ularni mazmuniga ko‘ra bir xil guruhlarga 
to‘plashdir. U bir xil hujjatlar bo‘yicha umumiy xulosa chiqarish imkonini beradi. 
Bu esa guruhlangan ma’lumotlarni ishlatishni ancha osonlashtiradi. 
Guruhlashning maqsadi har xil mablag‘lar yoki manbalar bo‘yicha ma’lum 
davr uchun yig‘ma (umumlashgan) ma’lumotlarga ega bo‘lishdan iborat. Shu bilan 
birga dastlabki hisobni yuritish ham soddalashadi. Masalan, materiallar harakatiga 
doir hujjatlar har bir nomenklatura raqamining kirimi va chiqimi bo‘yicha; kassa 
hujjatlari pul mablachlarining maqsadli tushumi va sarflanishi bo‘yicha va h.k. 
guruhlanishi mumkin. Hujjatlarni guruhlash maxsus jamlovchi yoki guruhlovchi 
vedomostlarda amalga oshiriladi.
Jamlovchi vedomostlar dastlabki hujjatlarning buxgalteriyaga kelib 
tushishiga qarab to‘ldiriladi. Hisobot davri oxirida ularda tegishli ko‘rsatkichlar 
bo‘yicha jami hisob-kitob qilinadi. Masalan, sotilgan mahsulotlarni xaridorlar 
bo‘yicha jo‘natish jamlama vedomosti. 
Guruhlovchi vedomostlar buxgalteriya hisobida aks ettiriladigan xo‘jalik 
muomalalari to‘g‘risidagi ma’lumotlarni bir tizimga keltirish uchun tuziladi. Ular 
ma’lum belgilari bo‘yicha tanlangan hujjatlardan ma’lumotlarni o‘tkazish bilan bir 
vaqtda to‘ldiriladi. Masalan, butun korxona bo‘yicha hisoblangan ish haqi va 
ushlanmalar turlari bo‘yicha guruhlash vedomosti.
Hujjatlarni taksirovka qilish ularda ko‘rsatilgan natural va mehnat 
o‘lchovlarini umumlashtiruvchi pul o‘lchoviga o‘tkazishni nazarda tutadi.
Agar xo‘jalik muomalasi natural o‘lchovlarda (metr, kg, dona va h.k.) 
ifodalangan bo‘lsa, ularning miqdori bir birligining bahosiga ko‘paytiriladi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling