Internet-magazin o’zi nima?


Download 16.95 Kb.
Sana02.01.2022
Hajmi16.95 Kb.
#192039
Bog'liq
AKT referat


Mavzu: O’zbekistonda internet magazini va ularning asosiy ko’rsatkichlari

Reja:


  1. Internet magazin haqida tushuncha

  2. Internet magazinining afzalliklari va noqulayliklari

  3. O’zbekistonda Internet do’konlar va ularning faoliyati

Internet-magazin o’zi nima?

Vaqt o'tishi bilan oddiy (oflayn) do'konlar kamroq mashhur bo'lib, xaridorlar uchun noqulay bo'ladi. Ko'plab mahsulotlarni Internet orqali osongina sotib olish mumkin.

Internet-magazin — elektron savdo-sotiq shakli, tovarlarni Internet orqali sotishga mo’ljallangan veb-sayt. Internet-do’kon xaridorlari onlayn tarzda (kompyuter yoki smartfonda) tovarlarni tanlashlari, xarid uchun buyurtmani rasmiylashtirishlari, to’lov va yetkazib berish usullarini tanlashlari (elektron to’lov tizimi orqali to’lashlari ham) mumkin.

Internet-do’kondagi tovarlar katalog tarzida taqdim etiladi (xuddi oddiy do’kondagi polkalardek), turli kategoriyalarga ajratiladi va tovar fotosurati, narxi, qisqacha ma’lumotlari va boshqa xususiyatlariga ega bo’ladi (xuddi oddiy do’kondagi bo’limlardek). Saytga tashrif buyurgan shaxs (xaridor) tovar xususiyatlari bilan tanishib chiqib, o’ziga keraklisini “Savatcha”ga solish imkoniyatiga ega (oddiy do’kondagi savatchadek). Keyin “Savatcha”ga o’tib, o’zi tanlagan tovarlarni, ularning summasini ko’rishi mumkin. “Savatcha”da tovarlar miqdorini o’zgartirishi, ortiqchasini chiqarib tashlashi, yetkazish usulini tanlashi mumkin. Shundan keyin “Buyurtmani rasmiylashtirish” sahifasida o’zining shaxsiy ma’lumotlarini qoldiradi va to’lov usulini tanlaydi (buyurtma beradi).

Internet-do'konning afzalliklari yuzada, garchi ular hali ko'pchilik uchun tushunarli bo'lmasa-da. Savdoning barcha bosqichlari eng kam xarajat bilan amalga oshiriladi:


  • Onlayn vitrinalar xaridorlarga sizning mahsulotingizni ko'rishga, taklif etilayotgan mahsulotlar turini baholashga imkon beradi va shu bilan xaridorni sotib olishga undaydi.



  • Mavjud va potentsial mijozlar osongina shakllantiriladi.



  • Ob-havo va boshqa omillarga qaramay, do'koningiz kunning istalgan vaqtida ochiq (dam olish kunlarida ham). Shuningdek, istalgan vaqtda mijoz mahsulotning konfiguratsiyasi, uning narxi va boshqa jihatlari bo'yicha maslahatlar olishi mumkin. 



  • Ko'p ishchilarni ushlab turish va ularga ish haqini to'lashning hojati yo'q. Internet-do'konning o'zi mahsulotni namoyish qiladi, u haqida ma'lumot beradi, buyurtma oladi.



  • Ushbu do'kon yanada raqobatbardosh, chunki mijozlarga xizmat ko'rsatish nuqtai nazaridan ancha qulay va muvofiqdir.


Internet-do’konda savdo masofadan amalga oshiriladi. Bu holat ayrim tovarlar sotilishiga cheklovlar kiritilishiga sabab bo’ladi. Masalan, O’zbekistonda ham internet-do’konlarda alkogol mahsulotlar, zargarlik buyumlari va ayrim boshqa tovarlar internet orqali erkin sotilishi qonunchilik bilan taqiqlangan yoki cheklangan.

O‘zbekistonda, elektron tijoratni rivojlantirishdagi qator qiyinchiliklar tufayli, to‘laqonli internet-do‘kon deb atash mumkin bo‘lgan loyihalar hozircha juda kam (foydalanuvchi mahsulotni tanlasa, biroq pulini mahsulot yetkazib berilganidan so‘ng naqd ko‘rinishda to‘lasa, bu — oddiy vitrina, buyurtma uchun saytning o‘zida to‘lovni amalga oshirish mumkin bo‘lsa — do‘kon ).

Hozirda Click, UzCard, Mbank to‘lov tizimlari rivojlanib borishi bilan “haqiqiy” internet-do‘konlar paydo bo‘la boshlaydi. Tadbirkorlarga to‘lov tizimlaridan nima kerak? Asosan, komissiya uchun past foiz. Hozirda to‘lov tizimlarining eng kam foizi 6 foizdan boshlanadi, ushbu summaga to‘lovni amalga oshiradigan banklar foizlari ham kiritilgan. Xorijda bu internet orqali sotiladigan mahsulot va xizmatlar narxini ko‘taradigan juda katta foiz deb hisoblanadi. Eng ko‘pi bilan 2—3 foiz ko‘rsatkichga erishilsa, bu elektron savdo-sotiq rivojlanishiga katta turtki bergan bo‘lardi.

Oziq-ovqatlarni yetkazib berish bo‘yicha birinchi internet-do‘kon bo‘lib ko‘p yillar davomida Korzinka.uz xizmati hisoblanib keldi. Yaqinda loyiha yangi sayt bilan qaytadan ishga tushirildi, u yerda ushbu supermarketlar tarmog‘idagi mahsulotlarni buyurtma qilish mumkin, biroq to‘laqonli do‘kon (onlayn tarzda to‘lash mumkin bo‘lgan) tarmoqda hozircha yo‘q. Buyurtmalar uchun to‘lov ular yetkazib berilganidan so‘ng hozircha faqat naqd ko‘rinishda amalga oshiriladi. Yetkazib berish taksi xizmati orqali bo‘ladi.

Arba.uz servisi qulay xizmatni taqdim etadi — to‘lov naqd pul, plastik karta va saytning o‘zida Click.uz tizimi orqali qabul qilinadi. Loyiha haqida yaxshi fikrlar bildirilgan, uning o‘z yetkazib berish xizmati va mijozlar uchun turli aksiyalari bor.

Arba.uz — uy uchun oziq-ovqat va mahsulotlar yetkazib berish bo‘yicha hozircha yagona “haqiqiy” internet-do‘kon deyish mumkin. Bir yil avval bozorda yana bir loyiha eSavdo.uz mavjud edi, u ham to‘lovni onlayn tarzda qabul qilib, katta turdagi mahsulotlarni taqdim etar edi, biroq ayni paytda loyiha yopilgan.

Juda ko‘plab savdo maydonchalari bozorga chiqqach, turli sabablarga ko‘ra yopilib ketdi. Yaqinda O‘zbekiston bozorida 3—4 oy ishlashga ulgurgan Kaymu.uz xalqaro loyihasi yopildi.

Xulosa


Xulosa o’rnida shuni aytib o’tishim mumkinki, hayotimizda innovatsion texnologiyalar tobora rivojlanib borishi natijasida internet magazinlar paydo bo’lib savdo imkoniyatlarimiz ham kengaydi. Rivojlangan mamlakatlarda internet magazinlar hozirgi kunda keng rivojlangan va aholi ham internet magazinlardan kundalik hayotlarida keng foydalanmoqda. Haqiqatan ham internet magazinlar bizlarga juda ko’plab qulayliklar yaratadi va hayotimizni yengillashtirishga xizmat qiladi. Lekin O’zbekistonda internet magazinlar yetarlicha rivojlanmagan. Mamlakatimizda internet magazinlar ma’lum miqyosda faoliyat olib bormoqda, lekin, asosan, markazlashgan hududlarda va sifat darajasidan ham kafolatga javob beradi deb aytib bo’lmaydi. O’zbekistonda ham internet magazinlar faoliyatini rivojlantirish uchun qator ishlar olib borilsa, bu hamma uchun, internet magazinini tadbirkorlar uchun ham, biz foydalanuvchilar uchun ham foydali bo’lardi deb o’ylayman.

Foydalanilgan adabiyotlar:

https://www.texnoman.uz/

http://uzinfobiz.ru/



https://sim-sim.uz/

https://daryo.uz/
Download 16.95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling