O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Yig‘ma hujjat deb dastlabki hujjatlar asosida tuziladigan hujjatlarga aytiladi. 
Ularda tegishli dastlabki hujjatlar asosida rasmiylashtirilgan muomalalar aks 
ettiriladi. Yig‘ma hujjatlarga yuqorida ko‘rib chiqilgan bo‘nak hisoboti, 
umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash vedomostlari, kalkulyatsiyalar va 
boshqalar kiradi. 
Bu hujjatlarning barchasida, dastlabki hujjatlardan olinganlardan tashqari 
yangi ma’lumotlar (hissador shaxs tomonidan amalga oshirilgan barcha 
xarajatlarning umumiy summasi, taqsimlash obyektlariga olib boriladigan 
taqsimlanadigan xarajatlar summasining qismlari, xarajatlar moddalari va 
boshqalar) ham mavjuddir. 
Demak, yig‘ma hujjatlar, birinchidan, dastlabki hujjatlarning ma’lumotlarini 


96 
umumlashtirish va yig‘ma ko‘rsatkichlarni olish uchun, ikkinchidan hisobga 
olinayotgan muomalalar to‘g‘risida qo‘shimcha ma’lumotlar olish maqsadida 
dastlabki hujjatlar ma’lumotlarini umumlashtirish va bu muomalalarni yangi 
bo‘limlarga ajratilgan xolda aks ettirish uchun xizmat qiladi. 
Shundan kelib chiqqan xolda, yig‘ma hujjatlardan muomalalar haqidagi 
dastlabki ma’lumotlarni ishlash vositasi sifatida foydalaniladi, desak bo‘ladi. 
Muomalalarni qamrab olish usuliga qarab, hujjatlar birgalik va 
jamg‘aruvchilarga bo‘linadi. 
Birgalik hujjatlar bitta yoki bir vaqtning o‘zida bir nechta muomalalarni aks 
ettiradi. Bu xarajatlarning farq qilib turadigan xususiyatlari shundan iboratki, ular 
tuzilib bo‘lganlaridan keyinroq buxgalteriya topshirilishi va buxgalteriya yozuvlari 
uchun ishlatilishi mukin. 
Birgalik hujjatlarga kirim orderlari, qabul qilish - topshirish dalolatnomalari, 
to‘lov talabnomalari, kassa orderlari va hakozolar kiritilishi mumkin. 
Jamg‘aruvchi hujjatlar korxonada har xil vaqtlarda (bir hafta, dekadada, 
oyda) amalga oshirilayotgan bir turdagi muomalalarni rasmiylashtirish uchun 
xizmat qiladi. Ular korxonada qisqa vaqt ichida ko‘plab sodir bo‘ladigan 
muomalalar bo‘yicha yozib boriladigan hujjatlar sonini qisqartirish maqsadida 
tuziladi. 
Yuqorida ko‘rib chiqilgan hujjatlardan bo‘nak hisoboti jamg‘aruvchi 
hisobotdir. Undan hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak olingandan boshlab o‘tgan 
davr ichida qilingan xarajatlar aks ettiriladi. 
Boshqa jamg‘aruvchi hujjatlar ham uchrab turadi. Ularga masalan, limit-
zabor kartasi, ish vaqtini hisobga oladigan tabel, bajarilgan ishlar vedomosti va 
hokazodan iborat. Jamg‘aruvchi hujjatlardan foydalanish sintetik schyotlar 
bo‘yicha yozuvlar bir oyda bir marta barcha bir turdagi hujjatlarning umumiy 
yakuni bilan aks ettiriladigan xollarda borgan sari keng tarqalib bormoqda. 
Ba’zi mualliflar hujjatlarni shuningdek boshqa belgilari, masalan, boshqaruv 
funktsiyalari, qatorlar soni, tuziladigan joyi va shu kabilar bo‘yicha ham 


97 
guruhlaydilar. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling