O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
- Bu sahifa navigatsiya:
- 6-BOB. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA 6.1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 1. Amortizatsiya qilinadigan qiymat qanday yuzaga keladi? 2. Asosiy vositalarni qanday baholash turlari mavjud? 3. Asosiy vositalarni qiymatini shakllanishida qanday baholar yuzaga keladi? 4. AVECO usul nimasi bilan qulay hisoblanadi? 5. Baholash nima va uning ahamiyati nimalardan iborot? 6. Boshqaruv qarorlarini qabul qilishga qarab xarajatlar qanday turkumlanadi? 7. Dastlabki qiymat nima? 8. Jahonda qo‘llaniladigan baholash turlari. 9. Joriy qimat qanday yuzaga keladi? 10. Kalkulyatsiya nima va uning ahamiyati nimadan iborot? 11. Kalkulyatsiya schyotlariga qaysilar misol bo‘ladi? 12. Materiallarni baholashni qanday turlari mavjud? 13. Mahsulot tannarxini kalkulyatsiya qilishdan maqsad nima? 14. Nomoddiy aktivlarni qanday baholari mavjud? 15. Tugatish qiymatini qo‘llashda nimaga e’tibor qaratiladi? 16. Xarajatlar nima va ular qanday turkumlanadi? 17. Xarajatlarni qanday turlari mavjud? 18. Xarid bahosi va dastlabki qiymat o‘rtasida qanday farq mavjud? 89 19. Aosiy vositalarning kirimi qanday amalga oshiriladi? 20. Ishlab chiqarish jarayoni hisobining vazifalari nimalardan iborat? 21. Ishlab chiqarish jarayonida nimalar ishtirok etadi? 22. Mahsulot sotish jarayoni hisobi qanday amalga oshiriladi? 23. Sotish jarayoni hisobi vazifalari nimalardan iborat? 24. Ta’minot jarayoni hisobining vazifalari nimalardan iborat? 25. Xarajatlarni qanday turlari mavjud? 90 6-BOB. HUJJATLASHTIRISH VA INVENTARIZATSIYA 6.1. Hujjatlar va ular haqida tushuncha Buxgalteriya hisobi uslubi elementlaridan biri hujjatlashtirish bo‘lib, uning ahamiyati xo‘jalikni yuritishda, boshqaruvni oqilona tashkil etishda, shuningdek hisob ishlarini yuritish oldiga qo‘yilgan vazifa hamda talablarga javob berishda zaruriydir. Buxgalteriya hisobi ishlarini tashkil qilish va yuritishda hujjatlardan foydalanish muhim hisoblanadi. Chunki, korxonada sodir bo‘lgan har bir xo‘jalik muomalasi hujjatlashtirilgan taqdirdagina, uning uzluksiz hisobga olinishi ta’minlanadi. Shu bilan birgalikda hujjatlardagi ma’lumotlar korxonada sodir bo‘ladigan xo‘jalik muomalalarining ishonchliligini ta’minlaydi. Xo‘jalik muomalalarini hujjatlashtirish korxonani operativ boshqarishga samarali ta’sir ko‘rsatadi, boshqaruv xodimlarining o‘z vazifalarini suiiste’mol qilmasdan, vijdonan bajarishini ta’minlaydi. Hujjatlashtirish buxgalteriya hisobi uslubining muhim usullaridan biri bo‘lib, uning mazmuni xo‘jalik muomalalarini yozma ravishda dastlabki qayd qilish va ularning haqiqatda sodir bo‘lganligini isbotlashdan iboratdir. Buxgalteriya hujjati - bu xo‘jalik muomalasi faktining haqiqatda mavjudligini yoki sodir bo‘lganligini yoki sodir bo‘lishi lozimligini isbotlovchi, mas’ul shaxslar imzosi bilan tasdiqlangan yozma guvohlikdir. Hujjatlar xo‘jalik muomalalari sodir bo‘lgan vaqtda yoki sodir bo‘lishi bilan tuzilishi va ularning mazmunini to‘liq aks ettirishi kerak. Buxgalteriya hisobida hujjatlarni tuzish, qabul qilish, saqlash va aks ettirish, shuningdek korxonada hujjatlar aylanishi tartibi maxsus Nizom 18 da belgilangan. Korxonada hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi shunday yo‘lga qo‘yilishi kerakki, u soxtalashtirish imkoniyatini, o‘z vaqtida kelib tushmasligi va ularni buxgalteriya hisobida kechiqib rasmiylashtirilishini istisno qilsin. Mazkur 18 O‘zbekiston Respublikasi Adliya Vazirligi tomonidan 14.01.2004 yilda 1297-son bilan rо‘yxatdan о‘tkazilgan. 91 masalada korxona rahbarlari tomonidan tegishli nazoratning yo‘qligi noxush oqibatlarga olib kelishi hamda pul va tovar-moddiy boyliklarning talon-taroj qilinishiga olib kelishi mumkin. Shuning uchun o‘tkazilayotgan xo‘jalik muomala- lariga doir hujjatlar harakati ustidan korxona rahbari tomonidan ham, bosh buxgalter tomonidan ham o‘zaro ikki tomonlama nazorat yo‘lga qo‘yilishi lozim. Buning uchun korxonada hujjatlarning aniq aylanishini yo‘lga qo‘yish va mas’ul ijrochilarni ko‘rsatgan holda hujjatlar oborotining turli bosqich chizmalar ko‘rinishida grafiklar yoki ishlar ro‘yxatini tuzish kerak bo‘ladi. Hujjatlar aylanishi grafigini amalga oshirish ustidan nazoratni bosh buxgalter amalga oshirishi kerak. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling