O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet43/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

tannarxfoydasavdokreditmoliyalarni qo‘llash katta ahamiyatga egadir.
Buxgalteriya hisobining obyektlarini pulda o‘lchash ishlab chiqarishning 
rivojlanishi haqida umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni olish, korxonalarning 
mahsulot ishlab chiqarish harajatlarini uni sotishdan olingan tushum bilan 
solishtirish, tijorat hisob - kitobi printsplariga rioya qilishi ustidan nazorat etish 
imkonini beradi. Faqat qiymat o‘lchovdan foydalangan holdagina ijtimoiy ishlab 
chiqarishning samaradorligi – muayyan korxonada yangitdan yaratilgan qiymat 
miqdori haqida umumiy ma’lumot olish mumkin. 


76 
Xo‘jalik faoliyatining tartibga solinishi talab va taklif ta’siri ostida 
kechadigan bozor iqtisodiyoti sharoitida mulklar va majburiyatlar haqqoniyligi va 
birligining asosiy tamoyillari ularni baholashning to‘g‘riligini belgilaydi.
Mulklar va majburiyatlar hamda xo‘jalik jarayonlarini baholash mamlakat 
hududida amal qilayotgan milliy valyuta, ya’ni so‘mda amalga oshiriladi. Agar 
ular xorijiy valyutada ifodalangan bo‘lsa, u holda uni xo‘jalik muomalasi sodir 
bo‘lgan sanadagi O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki o‘rnatgan rasmiy kurs 
bo‘yicha so‘mga aylantiriladi. Bir vaqtning o‘zida ko‘rsatilgan yozuvlar hisob-
kitob va to‘lov hujjatlarida xorijiy va milliy valyutada aks ettiriladi.
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning aktiv va majburiyatlarini baholash tartibi, 
usullari tegishli buxgalteriya hisobining milliy andozalari (BHMS) bilan 
belgilanadi. 
Aktivlar va majburiyatlarni baholashda ularni sotib olingan narxi yoki ishlab 
chiqarish xarajatlarini baholash uchun asos bo‘lib hisoblanadi. 
4-son BHMSga asosan tovar - moddiy qiymatliklar tannarx bahosida 
yoki sof sotish bahosida, shu baholarning qaysi biri kam bo‘lsa, shu qiymatda 
baholanadi. 
Sotib olingan tovar – moddiy qiymatliklarning tannarxi sotib olish 
xarajatlarini, transport – tayyorlov xarajatlarini va saqlash joylariga olib kelish 
xarajatlarini o‘z ichiga oladi. 
Ishlab chiqarilgan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar tannarxi, to‘g‘ri 
ishlab chiqarish xarajatlari (material, ishchilarning ish haqi, ijtimoiy sug‘urtaga 
ajratma) va egri ishlab chiqarish sarflaridan tashkil topadi. 
Xizmat ko‘rsatish sohasidagi korxonalarning bajargan ish va xizmatlarini 
tannarxi xizmat ko‘rsatish va ishlarni bajarish uchun bevosita sarflanadigan 
xodimlarning ish haqlari, xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq bo‘lgan ustama 
xarajatlardan, shuningdek bevosita xizmat ko‘rsatish uchun sarflanadigan material 
xarajatlardan tashkil topadi. 
Basharti, tovar - moddiy qiymatliklar shikastlangan yoki narxi pastga 


77 
tushgan bo‘lsa, ularni qiymatini tiklab bo‘lmaydi. Bunday hollarda tovar - moddiy 
qiymatliklar sotish bahosida baholanadi. 
Amalda, bunday tovar - moddiy qiymatliklar xo‘jalikda ko‘proq yig‘ilib 
qolgan va aylanishi sekinlashgan hollardagina moliyaviy hisobotda aktivlar 
sotilishidan kutilayotgan summani ko‘p ko‘rsatmaslik uchun ularning qiymati 
pasaytiriladi. 
To‘liq yoki qisman eskirgan, narxi pastga tushgan material, xom- 
ashyolardan tayyorlangan mahsulot (bajarilgan ish va xizmat)lar bozor (joriy) 
baholarda sotiladigan bo‘lsa, bunday tovar - moddiy qiymatliklarning qiymati sof 
bozor bahosigacha pasaytirilmaydi. Shu bilan buxgalteriya hisobini yuritishda 
muhimlilik tomoyillari ta’minlanadi. 
Asosiy vositalar ularni takror ishlab chiqarishda dastlabki qiymati
(Boshlang‘ich qiymat) bilan birga qoldiq va tiklash qiymati bo‘yicha hisobga 
olinadi. Qoldiq qiymati hisobda asosiy vositalarning real bahosini, ya’ni dastlabki 
qiymatidan eskirish summasini chegirib tashlagan holda hisoblash uchun 
qo‘llaniladi. Tiklash qiymati hozirgi haqiqiy xarajatlarni, ularning haqiqiy 
tannarxini tavsiflaydi. Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini tiklash qiymatiga 
o‘tkazish qayta baholash orqali amalga oshiriladi.
Asosiy vositalar obyektlarini baholash usullari 5-son“Asosiy vositalar” 
nomli BHMSda belgilangan (O‘zR MVning 114-sonli buyrug‘i 9.10.2003 y., O‘zR 
AVda 20.01.2004 y. 1299-raqam bilan ro‘yxatga olingan). 
Boshlang‘ich qiymat - to‘langan va qoplanmaydigan soliqlarni (yig‘imlarni), 
shuningdek aktivni undan mo‘ljal bo‘yicha foydalanish uchun ishchi holatiga 
keltirish bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan yetkazib berish va montaj qilish, o‘rnatish, 
ishga tushirish va istalgan boshqa xarajatlarni hisobga olgan holda, asosiy 
vositalarni tiklash (qurish va qurib bitkazish) yoki xarid qilish bo‘yicha haqiqatda 
qilingan xarajatlarning qiymati. 
Asosiy vositalar buxgalteriya hisobiga dastlabki qiymati bo‘yicha, ya’ni 
ularni sotib olish, qurish va tayyorlash uchun qilingan haqiqiy xarajatlar bo‘yicha 


78 
qabul qilinadi:
a) korxona ustav kapitaliga ta’sischilar tomonidan qo‘shilgan ulushlar – 
tomonlarning kelishuvi bo‘yicha; 
b) korxonaning o‘zida tayyorlangan hamda boshqa korxonalar va 
shaxslardan sotib olinganda – barpo etish (qurish, qo‘shimcha qurish va h.k.) yoki 
ushbu obyektlarni sotib olish bo‘yicha qilingan haqiqiy xarajatlardan kelib chiqqan 
holda, to‘langan va qoplanmaydigan soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni hamda 
tashib keltirish, montajlash, o‘rnatish, ishga tushirish va aktivni ishchi holatiga 
keltirish bilan bog‘liq istalgan boshqa xarajatlarni ham qo‘shgan holda; 
c) boshqa korxonalar va shaxslardan tekinga hamda davlat organlarining 
subsidiyasi sifatida olinganda – kirim qilish sanasidagi bozor bahosi yoki qabul 
qilish – topshirish hujjatlarida ko‘rsatilgan qiymat bo‘yicha baholanadi. 
Joriy qiymat - ma’lum sanadagi amal qilayotgan bozor narxlari bo‘yicha 
aktivlarning qiymati yoki xabardor qilingan, bitimni amalga oshirishni xohlovchi, 
mustaqil taraflar o‘rtasida bitimni amalga oshirishda aktivni sotib olish yoki 
majburiyatlarni bajarish uchun etarli bo‘lgan summa. 
Qoldiq (balans) qiymat - jamlangan amortizatsiya summasini chegirgan 
holda asosiy vositalarning boshlang‘ich (tiklash) qiymati. 
Tugatish qiymati - asosiy vositalarning chiqib ketishi bo‘yicha kutilayotgan 
xarajatlarni chegirgan holda kutilayotgan foydali xizmat muddati oxirida asosiy 
vositalarni tugatish chog‘ida olinadigan aktivlarning faraz qilinayotgan summasi. 
Tiklash qiymati – bu hozirgi sharoitda asosiy vositalarni (hozirgi baholarda, 
zamonaviy texnikalar va h.k.) qayta barpo etish qiymati. Bu qiymati asosiy 
vositalarning qayta baholash yo‘li bilan aniqlanadi. 
Asosiy vositalarning dastlabki qiymatini o‘zgartirish qo‘shimcha qurish, 
qo‘shimcha jihozlash, rekonstruktsiyalash va qisman tugatish hamda qayta 
baholash 
hollarida 
ruxsat 
etiladi. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasining 31.12.2001 y. 490-sonli “O‘zbekiston Respublikasining 2002 yil 
uchun asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari va davlat byudjeti parametrlari 


79 
to‘g‘risida”gi Qaroriga muvofiq xo‘jalik yurituvchi subyektlar mulkchilik 
shaklidan qat’iy nazar har yili 1 yanvar holatiga asosiy vositalarni ularning 
qiymatini joriy baholarga muvofiqlashtirish uchun qayta baholaydilar. Qayta 
baholash natijasida asosiy vositalarning oshgan (pasaygan) summasi 0100 “Asosiy 
vositalarni hisobga oluvchi schyotlar” (0110-0190) debeti(krediti) bo‘yicha 8510 
“Uzoq muddatli aktivlarni qayta baholash bo‘yicha tuzatishlar” schyoti bilan 
korrespondentsiyalanadi. 
Xarid qilish chog‘ida qiymati chet el valyutasida aniqlangan asosiy 
vositalarni baholash chet el valyutasini O‘zbekiston Respublikasi Markaziy 
Bankining, korxona tomonidan asosiy vosita obyektini sotib olish paytida amalda 
bo‘lgan kursi bo‘yicha qayta hisoblash yo‘li bilan amalga oshiriladi.
Amortizatsiyalanadigan qiymat - moliyaviy hisobotlarda faraz qilinayotgan 
(baholangan) tugatish qiymatini chegirgan holda ko‘rsatilgan aktivning 
boshlang‘ich (tiklash) qiymati summasi. 
Tovar-moddiy zaxiralar (TMZ) shikastlanganda, qisman yoki butunlay 
eskirganda, komplektlashga yoki sotuvni tashkil qilish xarajatlari oshganda, sotuv 
narxi pasaygan xolatlarda, tovar-moddiy zaxiralari o‘z tannarxidan past bahoda 
realizatsiya qiymatida baholanishi mumkin. 
Sof realizatsiya qiymati tovar sotilishining taxminiy qiymatidan tovarlarni 
sotuv oldidan tayyorlash va uni sotish xarajatlarining ayirmasidir. 
Tovar-moddiy zaxiralar (xom ashyo, materiallar, sotib olingan yarim tayyor 
mahsulotlar va b.) qabul qilishda oldin qat’iy hisob baholari bo‘yicha: normativ 
yoki reja tannarxi hisobot oyi oxiriga ularni tayyorlashning haqiqiy tannarxini 
hisoblash sharti bilan hisobga olinadi.
4-son “Tovar-moddiy zaxiralar” BHMSning 7-bandiga muvofiq, zaxiralar 
hisobdan chiqarilish paytida quyidagi 3ta usuldan biri bo‘yicha baholanadi (yangi 
tahriri, O‘zR MV 52-sonli buyrug‘i bilan 15.06.2006 y. tasdiqlangan, O‘zR AV 
1595 raqam bilan 17.07.2006 y. ro‘yxatga olingan): 


80 
13-rasm. Tovar-moddiy zaxiralarni baholash usullari 
Korxona tomonidan maxsus tartibda foydalaniladigan (qimmatbaho 
metallar, qimmatbaho toshlar va h.k.) va bir-birining o‘rnini bosmaydigan (ya’ni, 
ular oddiy tarzda bir-birini o‘rnini bosmaydi) hamda maxsus loyihalar uchun ishlab 
chiqarilgan va mo‘ljallangan (foydalaniladigan) tovar-moddiy zaxiralar tegishli 
birligining identifikatsiyalangan tannarxi bo‘yicha baholanadi. 
Ushbu usulda maxsus xarajatlar tovar-moddiy zaxiralarning alohida turlariga 
olib boriladi. Ushbu usul maxsus loyihalarga mo‘ljallangan buyumlar uchun, ular 
sotib olingan yoki ishlab chiqarilganidan qat’iy nazar, mos keladi.
AVECO usuli bo‘yicha tovar-moddiy zaxiralar har birligining qiymati 
shunga o‘xshash zaxiraning davr boshida o‘rtacha o‘lchangan qiymatidan va davr 
davomida sotib olingan yoki ishlab chiqarilgan o‘xshash zaxira birligining 
qiymatidan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Tovar-moddiy zaxiralar birligining qiymatini AVECO usuli bo‘yicha 
aniqlash shunga o‘xshash zaxiralar umumiy tannarhini ularning umumiy miqdoriga 
bo‘lish yo‘li bilan aniqlanadi. Bunda umumiy tannarh mos ravishda davr boshiga 
bo‘lgan tovar-moddiy zaxiralar tannarxi va miqdori va davr davomida olingan 
zaxiralarni tannarxi bilan miqdoridan tashkil topadi. O‘rtacha miqdor korxona 
tomonidan tanlangan usulga qarab, vaqti-vaqti bilan yoki zaxiralarning har bir 
yangi partiyasi olinishiga qarab, hisob-kitob qilinadi.
FIFO usuli – bu birinchi kirim qilingan baho bo‘yicha chiqim qilish.
FIFO usuli bo‘yicha hisobdan chiqarilayotgan tovar-moddiy zaxiralar 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling