O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

Buxgateriya rasmiylashtiruvchi hujjatlari, deb buxgalteriya xodimlari 
tomonidan hisob yozuvlarini tayyorlash hamda ularni engillashtirish, qisqartirish 
va soddalashtirish uchun yaratilgan hujjatlarga aytiladi. Bularga taqsimlovchi, 
hisob - kitoblar (masalan, kalkulyatsiya), turli tuman buxgalteriya ma’lumotlari va 
shu kabilar kiradi. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlariga misol sifatida asbob - uskunalarni 
saqlash va ishlatish xarajatlari, umumishlab chiqarish xarajatlarini taqsimlash 
vedomostini keltirish mumkin. Bu vedomostlarni tuzish uchun kerak bo‘lgan 
ma’lumotlar tegishli hujjatlar bilan tasdiqlangan xarajatlarni aks ettiruvchi 
“Umumishlab chiqarish xarajatlari” schyotidan olinadi. 
Buxgalteriya ma’lumotnomalari ma’lum summani bir schyotdan boshqa 
schyotga o‘tkazish kerak bo‘lganda schyotni yopishni rasmiylashtirish, hisob 
yozuvlarida, yo‘l qo‘yilgan xatoni to‘g‘irlash xollarida va hokazolarda tuziladi. 
Bunga bo‘lgan ehtiyoj juda ko‘p uchraydi, shuning uchun shunga o‘xshash 


94 
ma’lumotlarni tuzish buxgalteriya amaliyotida juda keng tarqalgan. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruvchi hujjatlarining turlaridan biri amalga 
oshirilgan muomalalar bo‘yicha schyotlar korrespondentsiyasi mazkur muomalani 
rasmiylashtirilgan asosiy hujjatning bosma ish qog‘ozi (blanki)ning shu maqsad 
uchun maxsus ajratilgan joyida yoki boshqa usul bilan ko‘rsatiladi. 
Buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlari mustaqil ahamiyatga ega bo‘lmaydi. 
Ulardan faqat tegishli boshqa isbotlovchi hujjatlar bilan birgalikdagina foydalanish 
mumkin. Ular hisobda hisob yozuvlarini osonlashtiruvchi va tayyorlovchi 
texnikaviy vosita hisoblanib, ko‘makchi ahamiyatga egadir. 
Aralash (kombinatsiyalashtirilgan) hujjatlar deb, bir nechta hujjatlar 
turining, ya’ni farmoyish va isbotlovchi, isbotlovchi va buxgalteriya 
rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilarini birga qo‘shib olib boradigan hujjatlarga 
aytiladi. 
Ular bir vaqtning o‘zida ham mazkur muomalani bajarish to‘g‘risida 
farmoyish, ham uning bajarilganligi haqida dalolat beruvchi (isbotlovchi) hujjat 
sifatida xizmat qilib, ushbu muomalaning bajarilganligini qayd qiladi va shu bilan 
birga ularni schyotilarda aks ettirish tartibi haqida ko‘rsatmalar beradi. 
Aralash hujjatlarga misol sifatida bo‘nak (avans) hisobotini keltirish 
mumkin. U hisobdor shaxs tomonidan olingan bo‘nakdan qilingan xarajatlarni 
ko‘rsatish uchun tuziladi. Bu xarajatlarning ro‘yxati ularni tasdiqlovchi hujjatlar 
ko‘rsatilgan xolda hisobdor shaxs tomonidan bo‘nak hisobotining orqa tomonida 
keltiriladi. Hisobotning yuz tomonida har xil ma’lumotlar - hisobdor shaxsning 
ismi, sharifi, unga berilgan summa va hokazo keltiriladi. Zarur bo‘lgan hollarda 
shu betning o‘zida buxgalteriya xodimi tomonidan alohida ajratilgan joyda 
xarajatlar qanday schyotlarda aks ettirilishi kerakligi ham ko‘srsatiladi. 
Bo‘nak hisobotida muomalaning mazmuni va buxgalteriya yozuvi haqidagi 
ma’lumotlarning mavjudligi uni aralash hujjati sifatida tafsiyalaydi. Chunki unda 
isbotlovchi hujjat va buxgalteriya rasmiylashtiruv hujjatlarining belgilari 
birlashtirilgandir. 


95 
Aralash hujjatlar tarkibiga shuningdek materiallarni chetga yoki qayta 
ishlovga berib yuborish haqidagi nakladnayalar, materiallarni ombordan berish 
uchun talabnomalar, kassa kirim va chiqim orderlari va boshqalar ham kiritiladi. 
Bir hujjat bir nechta hujjatlar turining belgilarini birga olib borish katta 
ahamiyatga egadir. U hisobdagi hujjatlashtirishni yaqqollashtiradi, hujjatlarni 
ishlashda ulardan foydalanish soddalashtiradi va engillashtiradi va provardida 
hisob bosma ish qog‘ozlariga sarflarni qisqartiradi. Zamonaviy buxgalteriya 
amaliyotida aralash hujjatlardan foydalanish ayniqsa keng tarqalgan. 
Tuzilish navbatiga qarab hujjatlar dastlabki (birlamchi) va yig‘ma 
hujjatlarga bo‘linadi. Dastlabki hujjat deb, sodir bo‘lgan muomalalarni dastlab aks 
ettiradigan 
hujjatlarga 
aytiladi. 
Ular 
mazkur 
muomalalar 
haqiqatda 
bajarilganligining hisboti bo‘lib hisoblanadi.
Dastlabki hujjatga misol sifatida materiallar talabnomalarini keltirish xizmat 
qilishi mumkin. Ular materiallarni ombordan berilishida tuziladi va omborchi 
tomonidan unga materiallarni berish to‘g‘risidagi farmoyishni bajarilganligi haqida 
guvohlik beradi. Dastlabki hujjatlar tarkibiga shuningdek qabul qilish - topshirish 
dalolatnomalari, nakladnayalar, tilxat, kvitantsiyalar va boshqalarni kritish 
mumkin. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling