O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov
Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi
Download 3.25 Mb. Pdf ko'rish
|
Buxgalteriya
9.3. Buxgalterlarni milliy va xalqaro sertifikatlash tizimi Buxgalter sertifikati - buxgalteriya hisobi sohasida faoliyatni amalga oshirish uchun buxgalterning professional malakasini tasdiqlaydigan hujjat (bundan keyin - sertifikat). Buxgalterlarni sertifikatlash ikki darajadan iborat: 1-daraja – “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” – “Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi” va “Soliq solish” fanlari bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda Nizomga 1-ilovaga 22 binoan shaklda beriladi. 2-daraja – “Sertifikatlangan professional buxgalter” - 1-darajali sertifikat mavjud bo‘lganda va “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi” va “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda yoki barcha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganda 1-darajali sertifikat mavjud bo‘lmaganda Nizomga 2-ilovaga 1 binoan shaklda beriladi. Sertifikat egasi respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lishi, respublika buxgalterlar va auditorlar jamoat birlashmalarining Buxgalterlar odob-ahloq kodeksiga rioya etishi va sertifikat olingan yildan keyingi yildan boshlab har yili mazkur Nizom bilan belgilangan dastur bo‘yicha malaka oshirish kursini o‘tashi shart. Imtihonlarni tashkil etish va o‘tkazish respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlari ta’sis etadigan mustaqil Imtihon markazi tomonidan shartnomaviy shartlarda amalga oshiriladi. Imtihonlarni o‘tkazish jadvali va qiymatini har yili respublika buxgalterlar va auditorlar professional 22 “O’zbekiston buxgalterlarini sertifikatlash to’g’risida” Nizom "Buxgalterlar va auditorlar imtihon markazi" MChJ ishtirokchilari umumiy yig’ilishi majlisining 2015 yil 21 noyabrdagi 3-son bayonnoma qarori bilan tasdiqlangan. 172 jamoat birlashmalari tasdiqlaydi. «Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter» sertifikatini olishga da’vogar quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak: 1) o‘rta yoki oliy ma’lumot, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasasida olingan va O‘zbekiston Respublikasida qonun hujjatlariga muvofiq e’tirof etilgan ma’lumotning mavjudligi; 2) ta’lim muassasasini bitirgandan keyin buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida yoki ushbu sohalarda dars berish bobida uni bitirgandan keyingi besh yilning kamida bir yili mobaynida amaliy ish (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) stajining mavjudligi; 3) «Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi» va «Soliq solish» fanlariga doir imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish (basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa); 4) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan biriga a’zo bo‘lish. “Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olishga da’vogar quyidagi malaka talablariga javob berishi kerak: 1) Oliy iqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday ma’lumotning mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim muassasasini bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida ikki yili davomida amaliy ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish; yoki oliy noiqtisodiy ma’lumotning, shu jumladan xorijiy davlatning oliy ta’lim muassasasida olingan va qonun hujjatlariga muvofiq O‘zbekiston Respublikasidagi oliy ma’lumotga ekvivalent deb e’tirof etilgan xuddi shunday ma’lumotning mavjudligi hamda buxgalteriya hisobi, audit, soliq maslahati, soliq nazorati sohalarida yoxud ushbu sohalarda dars berish bobida oliy ta’lim 173 muassasasini bitirgandan keyin oxirgi o‘n yilning kamida uch yili davomida amaliy ish stajiga (shu jumladan o‘rindoshlik bo‘yicha) ega bo‘lish; 2) basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa “Milliy qonun hujjatlari bo‘yicha buxgalteriya hisobi”, “Soliq solish”, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish. “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” sertifikati mavjud bo‘lganda, basharti birinchi va oxirgi imtihonlarni topshirish sanalari o‘rtasida ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha imtihonlarni muvaffaqiyatli topshirish; 3) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat tashkilotlaridan biriga a’zo bo‘lish. “Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatini olish uchun, basharti imtihonlarni topshirish paytidan boshlab ko‘pi bilan besh yil o‘tgan bo‘lsa, “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob”, “Soliq solish”, “Boshqaruv hisobi”, “Tadbirkorlik faoliyatini huquqiy tartibga solish” fanlari bo‘yicha CIPA dasturi (basharti imtihonlar 2014 yil martga qadar, mart ham kiradi, topshirilgan bo‘lsa) yoki “MHXS bo‘yicha moliyaviy hisob” va “Boshqaruv hisobi” fanlari bo‘yicha boshqa xalqaro e’tirof etilgan sertifikatsiya dasturlari (ASA, ASSA, CPA, SGA, CIMA va boshqalar) bo‘yicha imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to‘g‘risidagi hujjat, e’tirof etiladi. Sertifikat olish uchun da’vogar respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalaridan biriga ariza taqdim etadi, unga quyidagi hujjatlar ilova qilinadi: a) belgilangan shaklda to‘ldirilgan anketa; b) pasport nusxasi; c) notarial yoki uni bergan ta’lim muassasasi tomonidan tasdiqlangan ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi; 174 d) notarial yoki ish beruvchi tomonidan tasdiqlangan mehnat daftarchasidan ko‘chirma yoki nusxa (o‘rindoshlik bo‘yicha ish staji mavjud bo‘lganda bu haqda mehnat daftarchasidagi yozuv bilan); e) ikki fotosurat (3 x 4 o‘lchamli); f) tegishli imtihonlar muvaffaqiyatli topshirilganligi to‘g‘risida guvohnoma yoki (tegishli imtihonlar hisobga olinganda) auditorning malaka sertifikatining notarial yoki sertifikat bergan tashkilot tasdiqlagan nusxasi, buxgalter xalqaro sertifikati nusxasi; j) hujjatni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasi tasdiqlagan a’zolikni tasdiqlaydigan hujjat nusxasi. Auditor malaka sertifikati yoki buxgalter xalqaro sertifikati tegishli sertifikat olingan yoki uzaytirilgan yildan keyingi yildan boshlab malakaning har yili oshirilishini tasdiqlaydigan guvohnoma mavjud bo‘lganda hisobga qabul qilinadi. Hujjatlar da’vogar tomonidan shaxsan yoki olinganligi to‘g‘risidagi bildiruvnoma bilan pochta aloqasi vositasi orqali taqdim etiladi. Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmalarida arizalarni ro‘yxatdan o‘tkazish reestrda belgilangan tartibda ip o‘tkazib tikilgan va raqamlangan, vakolatli shaxsning imzosi bilan tasdiqlangan kitobda amalga oshiriladi, parallel ravishda reestr mundarijasi elektron ifodalovchida aks ettiriladi. “Sertifikatlangan amaliyotchi buxgalter” yoki “Sertifikatlangan professional buxgalter” sertifikatlarining amal qilishini tugatish uchun quyidagilar asos hisoblanadi: a) sertifikat egasining arizasi; b) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasidagi a’zolikni tugatish; c) har yilgi buxgalterlar malakasini oshirish kurslarida uch yil mobaynida o‘qimaslik; d) Buxgalterlar odob-ahloq kodeksini buzish. Sertifikatning amal qilishi uni tugatish to‘g‘risida qaror qabul qilish sanasidan 175 boshlab tugatiladi. Sertifikatlar quyidagi hollarda bekor qilinadi: a) respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining sertifikat berish to‘g‘risida qarori noqonuniyligi; b) qalbaki hujjatlardan foydalangan holda sertifikat olish dalili; c) da’vogar tomonidan o‘n ikki oy mobaynida sertifikat olinmaganligi. Respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qarori asoslangan bo‘lishi, Imtihon markazi ushbu qaror haqida xabardor qilinishi va mazkur qaror respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasining veb-saytlarida e’lon qilinishi kerak. Sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror besh kun (ish kuni) ichida sertifikat egasiga yuboriladi. Sertifikat egasi tomonidan sertifikatning amal qilishini tugatish yoki bekor qilish to‘g‘risidagi qaror olingan kundan boshlab o‘n ish kuni mobaynida sertifikatning asli uni bergan respublika buxgalterlar va auditorlar professional jamoat birlashmasiga yo‘q qilish uchun qaytariladi. Sertifikatlarining amal qilishi yo‘l qo‘yilgan qoidabuzarliklar uchun tugatilgan yoki bekor qilingan jismoniy shaxslar uning amal qilishi tugatilgan yoki bekor qilingan paytdan boshlab uch yil mobaynida sertifikatlarni takror olish uchun imtihon topshirish va ariza berishga qo‘yilmaydi. Faoliyati maxsus qonun hujjatlari bilan tartibga solinadigan qasamyod qilgan buxgalterlardan tashqari, ushbu hamjamiyatga byudjet tashkilotlarining boshqaruv buxgalterlari, ichki auditorlari va buxgalterlari ham kiradilar. Ular ham tegishli Boshqaruv buxgalterlari institutining (SMA) va Ichki auditorlar institutining (IIA) kasbiy sertifikatsiyasidan o‘tadilar. Shu tariqa, buxgalter (accountant) oliy ma’lumotdan tashqari, sertifikat yoki litsenziyaga ega bo‘lgan va qonun hujjatlarining uning kasbi uchun belgilangan talablarini bajaruvchi mutaxassisdir. Uning kasbiy maqomi muayyan jihatlarda 176 advokat yoki shifokorning maqomiga o‘xshash. To‘g‘ri, kapitalni ochiq moliya bozorida jalb etmaydigan kichik kompaniyalar yoki yopiq korporatsiyalar moliyaviy hisobot tuzish uchun qasamyod qilgan buxgalterlarni shtatga qabul qilishga majbur emaslar. Biroq ularning ko‘pchiligi buxgalterlik firmalarining xizmatlaridan foydalanadilar, ular, moliyaviy hisobot auditidan tashqari, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq deklaratsiyalarini tuzish xizmatlarini ko‘rsatadilar. Qo‘shma Shtatlardagi buxgalterlarning asosiy qismi, ularning umumiy soni, AQSh Mehnat statistikasi byurosining ma’lumotlariga ko‘ra, 2012 yilda qariyb 1,3 mln kishini tashkil qilgan, buxgalterlik firmalarida band bo‘lib, ular buxgalterlarning professional tarmoq tashkilotlariga birlashishlari mumkin. Bunday firma mustaqil yuridik shaxs hisoblanadi va o‘zining majburiyatlari bo‘yicha mustaqil javobgar bo‘ladi. Biroq buxgalterlar professional tarmoq tashkilotlarining barcha a’zolari umumiy brend ostida birlashganlar va yagona sifat standartlarini qo‘llaydilar. Kichik firmalarning ko‘pchiligi buxgalteriya hisobini yuritish, soliq deklaratsiyalarini, biznes rejalarini tuzish va boshqa ishlar bilan shug‘ullanadi. Aksiyalari fond birjalari listingida qayd etiladigan ochiq turdagi aksiyadorlik jamiyatlarining auditorlik tekshiruvlari Katta to‘rtlik (Deloitte, PWC, Ernst & Young, KPMG) professional buxgalterlik tarmoq tashkilotlarining amaldagi monopoliyasidir. 2013 yilgi ularning hisobotlari ma’lumotlariga ko‘ra ular ichida eng yirigi Deloitte hisoblanadi. Ushbu tarmoq kompaniyalarining jami tushumi 32,4 mlrd AQSh dollarini, ishlovchilari soni 200 ming kishini tashkil etadi. Katta to‘rtlikda ommaviy kompaniyalarning auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazishga rasman monopoliya yo‘q. Biroq SECning moliyaviy hisobotlar sifati va ochib berishga doir talablari shunchalik yuqoriki, bunday kompaniyalarning auditorlik tekshiruvini faqat Katta to‘rtlik kompaniyalari uddalay oladi. Bugungi kunda O‘zbekistonda Katta to‘rtlikka o‘xshash buxgalterlarning tarmoq tashkilotlarini tashkil etish va ularning faoliyat yuritishi borasida AQSh tajribasidan nusxa ko‘chirishdan ma’no bo‘lmasa kerak. Biroq bosh buxgalterlarni 177 tayyorlash va sertifikatlashtirish tajribasini o‘zlashtirish mumkin. Ushbu yo‘nalishda dastlabki qadamlar qo‘yilmoqda – buxgalterlarni milliy sertifikatlash rejalashtirilayapti. Fikrimizcha, «auditor» va «qasamyod qilgan buxgalter» tushunchalarini birlashtirish hamda Qo‘shma Shtatlarda amal qilayotganiga o‘xshash O‘zbekistonda qasamyod qilgan buxgalterlar institutini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Auditorlarga qo‘yiladigan malaka talablari qasamyod qilgan buxgalterlarga qo‘yiladigan talablarga o‘xshash bo‘lishi kerak. Xususan, qasamyod qilgan buxgalterga kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur litsenziyasi bo‘lgan auditorlik kompaniyalari tarkibida auditorlik tekshiruvlarini o‘tkazish imkoniyatini berish kerak. O‘zbekiston qasamyod qilgan buxgalterlar instituti professional sertifikatsiyani o‘tkazishi va malaka imtihonlarini tashkil etishi, buxgalteriya hisobi milliy standartlari va boshqa professional standartlarni ishlab chiqishi mumkin. Bunda u davlat unitar korxonasi sifatida faoliyat yuritishi mumkin. Aksiyadorlik jamiyatlari, davlat ulushi bo‘lgan korxonalarda faqat qasamyod qilgan buxgalterlar bosh buxgalter bo‘lishi maqsadga muvofiq ko‘rinadi. Bu, bir tomondan, bosh buxgalterlarning korxonalar ijro menejmentidan mustaqilligini oshiradi, boshqa tomondan esa, hisobning ochiq-oshkoraligini belgilashdagi motivatsiyasini oshiradi, firibgarlik va xatolar uchun javobgarlikni kuchaytiradi. Download 3.25 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling