O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet79/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

 
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar 
1. 
O‘zbekistonda buxgalteriya hisobini huquqiy-me’yoriy tartibga solish tizimi 
qanday? 
2. 
O‘zbekiston Respublikasi «Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida»gi qonunining 
mazmuni va ahamiyati nimadan iborat? 
3. 
Buxgalteriya hisobining milliy standartlari nima va ularning ahamiyati 
qanday? 
4. 
Nechta buxgalteriya hisobi milliy standarti mavjud va ularni qisqacha 
ta’riflang. 
5. 
Korxona hisob siyosatining mazmuni nimadan iborat? 
6. 
Buxgalteriya hisobining uslubiy, tashkiliy va texnik ta’minoti deganda nimani 
tushunasiz? 
7. 
Korxonada buxgalteriya hisobini tashkil etish bo‘yicha asosiy hujjatlarni 
aytib bering.
8. 
Buxgalteriya hisobiga rahbarlik qilish handay amalga oshiriladi? 
9. 
Buxgalteriya hisobini tashkil qilish prinsiplari nimalardan iborat? 
10. Buxgalteriya hisobini tashkil qilishning asoslari va ahamiyati nimada? 
11. Buxgalteriya hisobining qanday tizimlari mavjud? 
12. Buxgalteriya xizmati qanday vazifalarni bajaradi?
13. Korxonalarda buxgalteriya hisobini tashkil etishning qanday shakllarini 
bilasiz?
14. Bosh buxgalterning huquqi, majburiyatlari va javobgarligi nimalardan iborat?
 
 


201 
11-BOB. PUL MABLAG‘LARI VA VALYUTA OPERATSIYALARI 
HISOBI
 
11.1. Pul mablag‘lari va valyuta operatsiyalari hisobining vazifalari 
Xo‘jalik yurituvchi subyektlarda pul mablag‘lari hisobini to‘g‘ri va aniq 
tashkil qilinishi hamda uni takomillashtirish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan 
biri hisoblanadi. Xo‘jalik yurituvchi subyektning buxgalteriyasi, odatda, barcha 
to‘lov va hisob-kitob muomalalarini amalga oshiradi hamda ushbu muomalalarni 
qonunlarga muvofiq, o‘z vaqtida va to‘g‘ri rasmiylashtirish ustidan nazoratni 
amalga oshiradi.
25
Barcha mulkchilik shaklidagi korxonalarning pul mablag‘lari, hoh u o‘z 
mablag‘i bo‘lsin, hoh qarzga olingan bo‘lsin, kassada saqlanuvchi pul qoldiqlari va 
oborotda foydalaniladigan tushumning bir qismidan tashqari, uning bankdagi 
hisob-kitob schyotida saqlanishi lozim. Bank korxonaning hisobvaraqlaridan pulni 
o‘tkazish va berish to‘g‘risidagi hamda bank qoidalari va bank bilan korxona 
o‘rtasidagi shartnomada ko‘zda tutilgan boshqa muomalalarni o‘tkazish haqidagi 
farmoyishlarini bajaradi. 
Hisob-kitob muomalalarini bank orqali o‘tkazish korxonalarning o‘zlari 
belgilagan ish haqi fondlariga, xizmat safarlari va xo‘jalik xarajatlari limitlariga 
rioya qilishlarini har tomonlama nazorat qilish, korxonaning davlat byudjeti bilan 
soliqlar, yig‘imlar bo‘yicha o‘z vaqtida hisob-kitob qilishini, mol etkazib 
beruvchilarning hisobvaraqlari va to‘lov talabnomalariga o‘z vaqtida haq to‘lashni 
kuzatib borish, korxonaga turli maqsadlar uchun, muayyan ta’minot hisobidan 
ssudalar berish va mazkur ssudalarning belgilangan muddatda qaytarilishini 
kuzatish va hokazolar imkonini beradi. 
Buxgalteriya hisobi oldida pul mablag‘lari, to‘lovlar, hisob-kitoblar va 
kreditlarni hisobga olish borasida quyidagi asosiy vazifalar belgilangan: 

korxonaning pul mablag‘larini samarali boshqarish maqsadlari uchun zarur 
25
Financial and managerial accounting. 12e. Carl S.Warren, James M.Reeve, Jonathan E.Duchac. 2014. 62,63 p. 


202 
axborot bilan ta’minlash; 

mazkur sharoitlarni tartibga soluvchi me’yoriy hujjatlar talablariga rioya 
etgan holda naqd pulsiz o‘tkazishlar va naqd pullar vositasida zarur to‘lovlar va 
hisob-kitoblarni o‘z vaqtida amalga oshirish; 

hisob registrlarida to‘lov va hisob-kitob muomalalari pul mablag‘larining 
mavjudligi hamda harakatini to‘liq va tezkor aks ettirish, zero korxona pul 
mablag‘larining harakati korxona amaliy faoliyatining asosiy ko‘rsatkichlaridan 
biri hisoblanadi; 

pul mablag‘laridan korxonada ishlab chiqilgan limitlar va smetalarga 
muvofiq foydalanishning amaldagi qoidalariga rioya qilish; 

pul mablag‘lari va o‘zaro hisob-kitoblar holatining inventarizatsiyasini 
tashkil etish hamda belgilangan muddatlarda o‘tkazish; 

kassada, banklardagi hisob-kitob, valyuta va boshqa hisobvaraqlarda pullar 
mavjudligi va butligini nazorat qilish; 

qisqa muddatli investitsiyalar bilan bog‘liq muomalalarni o‘z vaqtida 
hisobga olish. 
Bosh buxgalter xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari bilan birgalikda 
quyidagilarni ta’minlashi kerak: kelib tushayotgan barcha pul mablag‘larining 
to‘liq hisobi, shuningdek, boshqa xizmatlar rahbarlari bilan birgalikda debitorlik 
qarzlarini undirish va kreditorlik qarzlarini uzish, to‘lov intizomiga rioya etish, pul 
mablag‘lari, to‘lovlar bo‘yicha o‘zaro hisob-kitoblar va majburiyatlar holatini 
belgilangan muddatlarda inventarlash, amaldagi qonunchilikka muvofiq undirish 
mumkin bo‘lmagan, da’vo qo‘zg‘ash muddati o‘tib ketgan qarzlarni buxgalteriya 
balanslaridan o‘chirish. 
Kompaniyalarning naqd va naqdsiz ko‘rinishdagi pul mablag‘larini samarali 
boshqarish uchun zarur axborotlar bilan to‘plash va o‘rganizsh. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling