O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti a. A. Karimov


Download 3.25 Mb.
Pdf ko'rish
bet86/179
Sana07.09.2023
Hajmi3.25 Mb.
#1673777
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179
Bog'liq
Buxgalteriya

To‘lov topshiriqnomasi — mijozning unga xizmat ko‘rsatuvchi bankka o‘z 
hisobvarag‘idan topshiriqnomada belgilangan summani mablag‘larni oluvchining 
hisobvarag‘iga o‘tkazish to‘g‘risidagi topshirig‘i nazarda tutilgan hisob-kitob 
hujjati. 
To‘lov topshiriqnomalari bilan tovarlar (ishlar, xizmatlar), soliqlar va 
boshqa majburiy to‘lovlar hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa 
to‘lovlar bo‘yicha hisob-kitoblar amalga oshirilishi mumkin.
To‘lov topshiriqnomalari bankka: 
a) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga bitta bank tomonidan 
xizmat ko‘rsatilganda, to‘lov topshiriqnomalari uch nusxada taqdim qilinadi. 
Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining: 
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; 
ikkinchi nusxasi — mablag‘larni oluvchining shaxsiy hisobvarag‘idan 
ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni oluvchiga taqdim qilinadi; 
uchinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan 
ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi; 
b) mablag‘larni to‘lovchi va mablag‘larni oluvchiga turli banklar tomonidan 
xizmat ko‘rsatilganda — to‘lov topshiriqnomalari ikki nusxada taqdim qilinadi. 
Bunda to‘lov amalga oshirilgandan so‘ng, to‘lov topshiriqnomasining: 
birinchi nusxasi — bankning kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi; 
ikkinchi nusxasi — mablag‘larni to‘lovchining shaxsiy hisobvarag‘idan 
ko‘chirmaga ilova qilingan holda mablag‘larni to‘lovchiga taqdim qilinadi. 
Mijozlardan umumiy foydalanishdagi telekommunikatsiya tarmoqlari orqali 
olingan elektron to‘lov topshiriqnomasi dasturiy nazoratdan o‘tkaziladi va bank 
amaliyot kunida qayta ishlash uchun uzatiladi. Elektron to‘lov topshiriqnomasi 
to‘lov amalga oshirilganidan so‘ng, ro‘yxat ko‘rinishida chor etiladi va bankning 


219 
kunlik hujjatlar yig‘majildiga tikib qo‘yiladi. 
Bank hisobvaraqlariga masofadan xizmat ko‘rsatish tizimi orqali yuborilgan 
elektron to‘lov topshiriqnomalarning qog‘oz ko‘rinishidagi asl nusxasi bankka 
taqdim etilmaydi. Elektron to‘lov topshiriqnomalarining rasmiylashtirilishi va 
ulardagi ma’lumotlarning to‘g‘riligi uchun mijoz javobgar hisoblanadi. 

Download 3.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling