Hududiy mehnat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlariga kiradiga yonalishlarni ko’rsating?


Download 95.5 Kb.
bet1/10
Sana20.12.2022
Hajmi95.5 Kb.
#1039739
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
TEST yangi


TEST
1.Ish beruvchilarning aholining ijtimoiy ehtiyojmand toifalari uchun ish o‘rinlarining belgilangan eng kam miqdoridan ortiq qo‘shimcha ish o‘rinlarini tashkil etish, shuningdek ularni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir xarajatlari qaysi mablag’ xisobidan kompensatsiya qilinadi?
A.O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hududiy jamg‘armalarining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan kompensatsiya qilinadi.
B. O‘zbekiston Respublikasi Bandlikka ko‘maklashish davlat jamg‘armasi mablag‘lari, Bandlik va mehnat munosabatlari vazirli mablag’lari hisobidan.
C. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari huzuridagi yangi ish o‘rinlarini tashkil etishni rag‘batlantirish hisobidan.
D. Hududiy jamg‘armalarining mablag‘lari hamda qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa mablag‘lar hisobidan.
2. Hududiy mehnat organlarining aholi bandligi sohasidagi vakolatlariga kiradiga yonalishlarni ko’rsating?
A. aholi bandligiga ko‘maklashishga doir hududiy dasturlarning bajarilishi yuzasidan monitoringni, ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish jarayonlari monitoringini amalga oshiradi; aholi bandligi masalalari yuzasidan mahalliy davlat hokimiyati organlariga va mahalliy mehnat organlariga uslubiy hamda amaliy yordam ko‘rsatadi;
B. ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni ishga joylashtirish, shuningdek aholini haq to‘lanadigan jamoat ishlariga jalb etish yuzasidan choralar ko‘radi; tegishli hududda ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishga doir har yilgi davlat buyurtmasini shakllantiradi;
C. ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni kasbga tayyorlash, qayta tayyorlash hamda ularning malakasini oshirish uchun kasbga o‘qitish markazlari (kasb-hunar ta’limi muassasalari) bilan to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar tuzadi; tegishli hududda davlat boshqaruvi organlarining va boshqa tashkilotlarning aholi bandligi sohasidagi faoliyatini hamda hamkorligini muvofiqlashtiradi;
D. aholi bandligiga ko‘maklashishga doir hududiy dasturlarni ishlab chiqish va amalga oshirishda ishtirok etadi, ularning bajarilishi yuzasidan monitoringni amalga oshiradi; ish qidirayotgan shaxslarni va ishsiz shaxslarni haq to‘lanadigan jamoat ishlariga belgilangan tartibda yuboradi;

Download 95.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling