O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Xufyona Iqtisodiyot»


Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati


Download 170.7 Kb.
bet2/9
Sana28.10.2023
Hajmi170.7 Kb.
#1728600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Anvarjon Kurs ishi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati

Kirish
Bugun jamiyatda raqamli texnologiyalarning ahamiyati tobora ortmoqda. Ularning keng joriy qilinishi va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari hozirgi zamonda har bir davlat uchun jiddiy hayotiy masalaga aylangan. Ekspertlar fikricha, kelgusi 3 yilda iqtisodiyotni raqamlashtirish orqali dunyodagi 22 foiz ish o‘rni axborot texnologiyalari yordamida yaratiladi.Prezidentimizning Oliy Majlisga Murojaatnomasida raqamli iqtisodiyotga faol o‘tish kelgusi 5 yildagi eng ustuvor vazifalardan biri sifatida belgilandi. Shuningdek, joriy yilning Ilm, ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili deb e’lon qilingani bejiz emas.
Davlat dasturida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash borasida Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi oldida o‘ta muhim va dolzarb vazifalar qo‘yilgan. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar to‘g‘risida axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri Shuhrat SODIQOV bilan suhbatlashdik.Raqamli iqtisodiyot, birinchi navbatda, korrupsiyadan xoli hududda ishlash imkoniyatini yaratadi. U “xufiyona iqtisodiyot”ning asosiy kushandasidir. Chunki raqamlar hamma narsani muhrlaydi, xotirada saqlaydi. Kerak paytda ma’lumotlarni tez taqdim etadi. Bunday sharoitda biror ma’lumotni bekitish, yashirin bitimlar tuzish, u yoki bu faoliyat haqida to‘liq axborot bermaslikning iloji qolmaydi.Buning natijasida esa iqtisodiyotga yo‘naltirilgan qonuniy mablag‘lar joy-joyiga sarflanadi. Ayniqsa, soliqlarning o‘z vaqtida to‘g‘ri hisoblanishi va to‘lanishi, byudjet taqsimoti oshkoraligi, ijtimoiy sohaga yo‘naltirilgan mablag‘lar, maktablar, shifoxonalar, yo‘llarga ajratilgan pullar to‘liq o‘z manziliga maqsadli yetib borishiga zamin yaratiladi. Shu bois, raqamli texnologiyalarni bizni taraqqiyotga eltadigan eng qisqa yo‘l, deya atash g‘oyat oqilona va odilona ta’rif bo‘ladi.
Mamlakat iqtisodiy xavfsizligini ta‘minlashda xufyona iqtisodiyot va korrupsiyaga qarshi kurash chora-tadbirlari muhim o‘rin tutadi. Kriminal elementlarning ishlab chiqarish va moliyaviy muassasalarga, turli soha, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlariga kirib borishi oqibatida milliy boylik, davlat budjeti daromadlarini taqsimlash na qayta taqsimlash jarayonida ular ishtirokining kengayib borishi milliy va shu jumladan, iqtisodiy xavfsizlikka jiddiy xavf soladi.
Xufyona iqtisodiyot, korrupsiya, uyushgan jinoyatchilik hamma mamlakatlarda va hamma davrlarda bo‘lgan. Iqtisodiy adabiyotlarda xufyona iqtisodiyotga turli xil ta‘riflar berilgan.
1. Xufyona iqtisodiyot —qonun asosida man qilingan faoliyat turlari.
2. Xufyona iqtisodiyot - iqtisodiy faoliyatning kuzatilmagan va yashirin faoliyat turi.
3. Xufyona iqtisodiyot rasmiy statistikada u yoki bu sabablarga ko‘ra hisobga olinmagan har qanday iqtisodiy faoliyat bo‘lib, unda ishlab chiqarilgan mahsulot va xizmatlar yalpi ichki mahsulot tarkibiga kiritilmaydi hamda soliqqa tortilishdan chetda qoladi.
«Xufiyona» iqtisodiyotning faoliyat ko‘rsatishida davlatning iqtisodiy xavfsizligiga imkoniyatdagi va aniq tahdid mavjud. «Xufiyona» iqtisodiyot aksariyat odatdagi, «normal» iqtisodiy jarayonlarning kechishiga – daromadning taqsimlanishi va shakllanishiga, xalqaro savdoga, investitsiya kiritish va umuman iqtisodiy rivojlanishga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. «Xufiyona» iqtisodiyotning xususiyatlarini aniqlashda ushbu muammo tadqiqotchilarini turli ta’riflarni muomalaga kiritishga undovchi har xil omillar inobatga olinadi. Bunday mezonlarga quyidagilar kiritiladi:
- davlatning fiskal (soliq)manfaatlari;
- YAMM miqdorining haqiqiybahosi;
- xo‘jalik yurituvchi subyektlar hamkorligi yoki xatti-harakatining xususiyati;
- yuridikko‘rsatkichlar.1
Xufyona iqtisodiyoti - bu amaldagi davlat qonunlari va jamoat qoidalarini chetlab o‘tib, o‘z-o‘zidan rivojlanadigan jamiyat fuqarolari o‘rtasidagi iqtisodiy munosabatlar. Ushbu biznesning daromadlari yashirin va soliqqa tortiladigan iqtisodiy faoliyat emas. Darhaqiqat, davlat organlarining daromadlarini yashirish yoki soliqlarni to‘lashdan bo‘yin tovlashga olib keladigan har qanday biznes xufyonali iqtisodiy faoliyat deb hisoblanishi mumkin.
Shuningdek, nemis adabiyotlarida ham xufiyona iqtisodiyotga oid turlicha yondashuvlar mavjud. Ularning ayrim tariflarida xufiyona iqtisodiyot moliyaviy sirli bitimlar sifatida talqin etilsa, yana bir boshqa ta’rifda xufiyona iqtisodiyot jinoiy faoliyat sifatida qaraladi. Uchinchi bir yondashuvda xufiyona iqtisodiyot barcha subyektlarning soliq to‘lashdan bo‘yin tovlashini qamrab oladi, deyiladi. To‘rtinchi hodisada xufiyona iqtisodiyot natijalari YAIMda inobatga olinadigan ham moliyaviy ope- ratsiyalar, ham iqtisodiy faoliyat tushuniladi. Nemis mutaxassislari xufiyona iqtisodiyotni YAIM tarkibiga kiritish tarafdori ekanligini qayd etish lozim.
Xufyonaga tushishning asosiy sababi yuqori soliq stavkalari bo‘lib kelgan va shunday bo‘lib qolmoqda. Respondentlar davlat apparati korruptsiyasini eng muhim “soliq bo‘lmagan omil” deb hisoblashadi: litsenziyalar, guvohnomalar, ruxsatnomalarni olishda “norasmiy to‘lovlar” hisobga olinmagan naqd pul olishni talab qiladi. Keyingi muhim sabab - bu xufyona sektoridagi sheriklarning ishi (xom ashyoni qog‘ozsiz sotib olish zarurati, “shaxsiy” asosda jalb qilingan kreditlar bo‘yicha foiz to‘lovlari va boshqalar).

Download 170.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling