O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Xufyona Iqtisodiyot»


Xufyona iqtisodiyotning turlari va belgilari


Download 170.7 Kb.
bet5/9
Sana28.10.2023
Hajmi170.7 Kb.
#1728600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Anvarjon Kurs ishi

1.2.Xufyona iqtisodiyotning turlari va belgilari
Tadqiqotchilarning katta bir qismi xufyona faoliyat va xufyona iqtisodiyotni o’rganishga huquqiy jihatdan yondashadilar. Ushbu yondashuv tarafdorlari xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishda qonunning buzilishini asosiy mezon qilib oladilar. Xufyona iqtisodiyotni ikkiga ajratadilar: kriminal («qora») va nokriminal («kul rang»). Bunda biror bir faoliyatni davlatdan yashirish faktini ikki turdagi motiv bilan bog’liq, deb hisoblaydilar. Shunday qilib nokriminal («kul rang») iqtisodiyotda daromadlar (yoki xarajatlar) yashiriladi, kriminal («qora») iqtisodiyotda faoliyatning o’zi yashiriladi. O’z navbatida kriminal iqtisodiyot doirasida ikkita tarkibiy qism ajratiladi: noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyati va iqtisodiy jinoyatchilik.
Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga biznes ko’rinishida tashkil etilgan, qonun yo’li bilan taqiqlangan faoliyat turlarini kiritish mumkin. Noqonuniy (yashirin) ishlab chiqarish faoliyatiga quyidagilarni kiritish mumkin:
- qurol ishlab chiqarish va sotish;
- narkobiznes;
-qimor o’yinlari;
-kontrabanda;

Xufyona iqtisodiyot

-fohishabozlik va b.







Kriminal («qora»)

Nokriminal («kulrang»)






Noqonuniy iqtisodiy faoliyat

Iqtisodiy jinoyatchilik



2-rasm. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan huquqiy yondashuv8
Iqtisodiy jinoyatlar iqtisodiy sohadagi jinoyatlar bo’lib, ular ishlab chiqarishga bevosita aloqasi bo’lmagan va g’arazli maqsadlarni ko’zlab qilingan iqtisodiy jinoyatlardir:

  • g’arazli maqsadlarda xizmat mansabini suiste’mol qilish (poraxo’rlik);

  • firibgarlik;

  • o’g’rilik;

  • ta’magirlik (reket) va b.

Yu.N.Popov va M.E.Tarasovlarning yozishicha, kriminal iqtisodiyotning ushbu turi iqtisodiyotga bevosita tegishli bo’lmay, jinoyatchilikning bir turi hisoblanadi. Bundan tashqari, xufyona iqtisodiyot sohasi o’zining yuqori daromadliligi va sub’ektlarining huquqni himoya qilish organlariga murojaat qila olmasliklari bois, iqtisodiy jinoyatchilik uchun yaxshi muhit bo’lib hisoblanadi. Xufyona iqtisodiyotni turlarga ajratishga bo’lgan statistik yondashuv xufyona iqtisodiyotni rasmiy statistikadan yashrilgan faoliyat sifatida tavsiflaydi (11.3-rasm). Rasmiy iqtisodiyot – bu davlat tomonidan kuzatiladigan va nazorat qilinishi mumkin bo’lgan iqtisodiyot bo’lsa, yashirin yoki norasmiy iqtisodiyot – rasmiy hisobotlarda va rasmiy shartnomalarda aks ettirilmaydigan xo’jalik munosabatlari yig’indisi bo’lib hisoblanadi.

Xufyona (norasmiy) iqtisodiyot




Yashiriladigan

Hisobga olinmaydigan


Soxta





Nokriminal («kulrang»)


Kriminal («qora»)


Download 170.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling