O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti «Xufyona Iqtisodiyot»


I. Bob. Xufyona iqtisodiyot: mohiyati va kelib chiqish sabablari


Download 170.7 Kb.
bet3/9
Sana28.10.2023
Hajmi170.7 Kb.
#1728600
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Anvarjon Kurs ishi

I. Bob. Xufyona iqtisodiyot: mohiyati va kelib chiqish sabablari.
1.1 Xufyona iqtisodiyotning mazmuni va vujudga kelish sabablari
Xufyona iqtisodiyotga bo’lgan kompleks yondashuv uni quyidagicha ta’riflash imkonini beradi. Xufyona iqtisodiyot bozor xo’jaligining ob’ektiv va doimo mavjud bo’luvchi tizimi bo’lib, uning doirasida xo’jalik yurituvchi sub’ektlar nohalol raqobat usullari orqali iqtisodiy manfaat olishga harakat qiladilar, ya’ni, o’z tashabbuslari yoki tashqi shart-sharoitlar ta’sirida qonunga, ish yuritish etikasiga, biznes bilan hokimiyat o’rtasidagi o’yin qoidalariga, jamiyatning ma’naviy – ahloqiy me’yorlariga zid bo’lgan xatti – harakatlarni amalga oshiradilar2. Bundan kelib chiqadiki, xufyona va norasmiy faoliyat olib borishdan oxir- oqibat tadbirkor o’ziga ham, davlatga ham zarar keltiradi. Birinchidan, «xufyona iqtisodiyotda» faoliyat ko’rsatayotgan korxona (firma) bozorni qo’llab- quvvatlovchi institutlardan foydalana olmaydi. Ikkinchidan, korxona o’z faoliyatini fosh bo’lib qolish va jazo olishning doimiy xavfi ostida olib boradi va bu uning xo’jalik faoliyatiga ta’sir ko’rsatadi. O’z resurslarini yashirib korxona ulardan samarali foydalana olmaydi. Uchinchidan, norasmiy tarzda faoliyat ko’rsatayotgan korxona ishlab chiqarishga katta kapital sarflay olmaydi, ya’ni fosh bo’lib qolishdan cho’chib faoliyatni kengaytira olmaydi. Va nihoyat, to’rtinchidan, davlat olishi mumkin bo’lgan soliq tushumlarini ololmaydi.
O’zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. Karimovning “O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” asarining Korruptsiya va jinoyatchilik muammolariga bag’ishlangan qismida “O’tish davrida yangi iqtisodiy mexanizmlar shakllantirilayotgan bir paytda aholining asosiy ko’pchiligi bozor sharoitida yashashni endigina o’rganayotganligidan va uning ob’ektiv qonunlarini payqay boshlaganligidan foydalanib, amalga oshirilayotgan iqtisodiy jinoyatlar toifasi”3 mamlakat iqtisodiyotga katta tahdid solishi mumkinligi ta’kidlab o’tilgan. Unda “xufyona” deb atalayotgan iqtisodiyot voqelik sifatida qanday sharoitda vujudga kelganligiga ham to’xtalib o’tilgan. Asarda yozilishicha, bunday iqtisodiyot “ishlab chiqarish sohasidagi qonunlarni qo’pol ravishda buzib, o’ziga xon – o’ziga bek bo’lib olgan edi. Chunki unga eng yaqin raqobatchi bo’lgan davlatning iqtisodiy tuzilmalari qotib holgan ko’rsatmalar va taqiqlar bilan cheklab qo’yilgan edi. Sovet davrida bu hodisa haddan tashqari kuchaydi, xunuk holga keldi va O’zbekistonga meros bo’lib qoldi”4.
«Xufyona» iqtisodiyotning sobiq Ittifoqda shakllanish shart-sharoitlarini kuzatish shuni ko’rsatdiki, u 80-yillarning o’rtalariga kelib, keng ko’lam yozdi (yashirin xizmat sohasi, tovarlarni davlat chakana tarmoqini chetlab sotib olish, davlat moddiy texnik ta’minoti tizimini chetlab, korxonalarni ta’minlash) xufyona sektor ishlab chiqarishda ham shakllana boshladi. Xuddi shunga o’xshash xufyona iqtisodiyot Sharqiy Evropa mamlakatlarida ham mavjud edi. Lekin ularda ochiq mayda tadbirkorlik (cheklangan darajada bo’lsa ham) kanallari mavjudligi tufayli, «xufyona» iqtisodiyotning ko’lami juda ham katta emas edi.
Respublikasining Birinchi Birinchi Prezidenti I.Karimovning «O’zbekiston XXI asr bo’sag’asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ta’kidlanganidek, “xufyona iqtisodiyot”ning mavjud bo’lishi uyushgan jinoyatchilikni keltirib chiqaradi. Davlat hokimiyati tuzilmalarining turlibo’g’inlari va turli darajalari vakillari ham uning yo’ldan ozdiruvchi ta’siriga tushib qoladi”.5
Xufyona faoliyatning kelib chiqishiga sabab bo’ladigan omillar orasida bozor xo’jaligiga xos bo’lgan iqtisodiy omillar alohida o’rin tutadi.Institutsionalizm tarafdorlarining qarashlaricha, xo’jalik sub’yektlarining faoliyatlari qonun doirasida olib borilgan taqdirda transaktsion xarajatlarining yuqoriligi yashirin iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga undaydi. Bunday xarajatlarga quyidagilar kiritiladi:
- qonun doirasida faoliyat olib borish uchun qilinadigan xarajatlar (yuridik shaxs sifatida ro’yxatdan o’tish, litsenziya olish, yuridik adres olish va boshqa rasmiyatchiliklarni amalga oshirish uchun qilinadigan sarf-xarajatlar);
- qonun doirasida faoliyatni davom ettirish (soliqlar to’lash, mehnat munosa-batlari sohasida qonuniy talablarni bajarish, zarur bo’lganda nizolarni sud orqali hal etish uchun sarflanadigan xarajatlar).


Download 170.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling