Brendni joylashtirish (Brand Positioning) – bu bozorda tovar tomonidan raqobatchi tovarlarga nisbatan egallangan joy, shuningdek, xaridorlar ehtiyojlari va o’zlashtirishi to’plami, ya‘ni brendning raqobatchilardan «chetlashish» uchun foydalaniladigan yakka tartibdagi qismidir.
Rebrending – bu iste‘molchilar ongida ro’y berishi lozim bo’lgan o’zgarishlar, brend qiyofasini (brendnomi, logotipi, ramzlari, kompaniya transporti yoki tovarlaridagi rang va h.k.) o’zgartirishdir.
Bozorda standart test o„tkazish – yangi mahsulot to’liq ko’lamda mahsulot chiqarishda sotuv sharoitlariga o’xshash bo’lgan sharoitlarga qo’yiladigan holadtda bozorda sinov o’tkazishdir. Standart test o’tkazishdan maqsad olingan natijalardan mamlakat miqyosida sotuv hajmini bashorat qilish uchun foydalanish hamda ushbu mahsulotni ishlab chiqarish va uning marketingi bilan bog’liq muammolarni aniqlash hisoblanadi.
Bozorda nazorat testi o„tkazish – belgilangan haq to’lash evaziga mahsulot sotishning turli usullarini sinab ko’rishga rozi bo’lgan maxsus magazinlar panellari barpo etishdir. Bozorda nazorat testi o’tkazishni amalga oshiruvchi tashkilot o’z rejalariga muvofiq magazinlar soni va geografik joylashuvini belgilaydi, mahsulotning savdo zalida joylashtirilishini, narxlarni, mahsulotni siljitishning tanlangan usullarini nazorat qiladi. Olingan natijalar tahlili ularning talabga ta‘sirini aniqlash imkonini beradi.
Imitatsion bozor testlari o„tkazish – mahsulotni real sharoitlarni imitatsiya qiladigan (o’xshatadigan) sharoitlarda sinab ko’rish, masalan, tashkilot tanlab olgan iste‘molchilarning ularga ajratilgan pullarga oddiy magazinda yoki ushbu tashkilotning magazin-laboratoriysida tovarlar xarid qilishidir.
Talabni shakllantirish – innovatsion korxonaning potensial xaridorlar tovar, uning xususiyatlari, texnik darajasi, iqtisodiy ko’rsatkichlari, kafolatlari, narxi, xarid bilan bog’liq qo’shimcha xizmatlar, servis haqida, shuningdek, sotuvchining ishonchliligi, uning nufuzi va yutuqlari haqida to’liq xabardorligi borasida maqsadli yo’naltirilgan harakatlaridir.
Do'stlaringiz bilan baham: |