O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsion risklar, innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili


Download 337.32 Kb.
bet35/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsion risklar, innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili


Innovatsion risklar, innovatsion faoliyat hozirgi sharoitlarda firmalar faoliyatining boshqa yo’nalishlaridan ko’ra ko’proq darajada risk bilan bog’liq, chunki uning natijasi ijobiy bo’lishini hech kim to’liq kafolatlay olmaydi. Innovatsion faoliyatning risk darajasi haqida shu holat ham dalolat beradiki, o’rtacha har o’nta venchur firmasidan atigi bir-ikkitasigina muvaffaqiyatga erishadi. Lekin shunga


qaramay, yuqori risk qoidaga ko’ra, uning yuqori darajada qoplanishi bilan birgalikda kuzatiladi: innovatsion loyiha joriy qilishdan foyda me‘yori boshqa faoliyat turlari hisobidan olinadigan foyda me‘yoridan odatda ancha yuqori bo’ladi.
Risk tahlili – obyekt xususiyatlari, strukturasi va mavjud risk haqida zarur axborot olishdir. To’plangan axborot mos keluvchi to’g’ri qarorlar qabul qilish etarli bo’lishi lozim. Tahlil risklarni aniqlash va ularni baholashdan iborat bo’ladi. Risklarni aniqlashda (sifat tarkibiy qismi) ushbu innovatsion faoliyatga xos bo’lgan barcha risklar aniqlanadi. Dastlab risklar aniqlanadi va baholanadi, so’ngra ularning samaradorligini taqqoslashda ularga ta‘sir etadigan usullar aniqlanadi, riskka ta‘sir etish usullari haqida qaror qabul qilinadi va olingan natijalar baholanadi.
Risklarni mantiqiy shkala yoki ballar tizimidan foydalanib baholash mumkin. Risklarni baholash bo’yicha ko’pchilik uslubiyatlar aynan balli tizim bo’yicha tashkil etiladi: ekspert risklar guruhidan har biri bo’yicha yoki alohida guruhdan har bir risk bo’yicha belgilangan miqdorda ballar qo’yadi, so’ngra risklar o’lchanadi va loyiha riskining umumiy bahosi chiqariladi. Ushbu baho asosida loyihaning risk guruhi haqida va uni moliyalashtirishning maqsadga muvofiqligi haqida xulosa chiqariladi. Loyiha riskining bahosi loyiha bo’yicha hisob-kitoblarda aks ettirilishi tshart: loyihaning barcha ko’rsatkichlari riskni hisobga olgan holda tuzatish kiritib hisoblab chikilgan bo’lishi lozim.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling