O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


An‟anaviy va elektron innovatsion marketingning oqilona uyg„unlashuvini ta‟minlash


Download 337.32 Kb.
bet43/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

An‟anaviy va elektron innovatsion marketingning oqilona uyg„unlashuvini ta‟minlash


Internet-loyihani amalga oshirishni boshlash haqida qaror qabul qilishda shuni hisobga olish kerakki, Internet tizimi bu – innovatsion marketingning oddiy bir yangi vositasigina emas, balki korxonada marketing majmuini kengaytirish vositasi hamdir. Eng yangi axborot texnologiyalarining ulkan rol o’ynashiga qaramay, elektron marketing an‘anaviy marketing o’rnini bosmasdan, uni faqat to’ldirib turadi, shu tariqa marketing faoliyati majmuini kengaytiradi, ya‘ni amaliyotda integratsiyalangan yondashuv qo’llaniladi.Shu sababli kompaniya faoliyatining muvaffaqiyati an‘anaviy va elektron innovatsion marketing oqilona uyg’unlashuviga erishish bilan belgilanishi lozim. Bu uyg’unlashuvning oqilonaligi quyidagi asosiy omillar bilan izohlanadi.

      1. Internet-loyiha haqiqatda muvaffaqiyatli bo’lishi uchun u faqat kompaniya umumiy korporativ strategiyasi doirasida yaratilishi va uning tarkibiy qismlaridan birini ifodalashi lozim. Hozirgi paytda ko’plab kompaniyalar ushbu qoidaga amal qilmayapti, bu esa real zarurat bo’lmagani holda sezilarli kapital qo’yilmalar kiritishni talab qiladigan yirik miqyosli loyihalar yaratishga yoki aksincha, bunda firma kichikkina axborot veb-sahifasi ochish bilan cheklanadigan internet-loyihalarni etarli darajada moliyalashtirmaslikka olib keladi.

      2. An‘anaviy va internet-marketing nisbati universal bo’lmasligi, kompaniyaning bozor ulushi va uning tarmoqdagi o’sish sur‘atiga qarab farqlanishi lozim. Qoidaga ko’ra, umumiy korporativ strategiya tanlash Boston matritsasi asosida amalga oshiriladi. Ushbu yondashuvga ko’ra barcha firmalar yuqorida ko’rsatilgan ikki ko’rsatkich bo’yicha to’rt guruhga taqsimlanadi. Internet-loyiha kompaniyaning umumiy strategiyasiga muvofiq ishlab chiqilishi lozim ekanligini ham hisobga olib, marketing ikki yo’nalishi o’rtasida resurslar taqsimlash sohasida strategiya shakllantirishda shuningdek, Boston matritsasidan foydalanish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, Boston matritsasi innovatsiyalar strategiyasini shakllantirishda ham foydalaniladi, istalgan internet-loyiha esa aynan innovatsion xarakterga ega bo’ladi.

      3. Mablag’larni an‘anaviy va elektron marketing o’rtasida taqsimlash hamda internet-loyihani amalga oshirish va uning ko’lamlari haqida qaror qabul qilishda firma tomonidan bir qator mezonlar baholanishi lozim bo’lib, ularning asosiylari quyidagilar hisoblanadi:

  • real va elektron bozordagi raqobat darajasi va uning o’zgarish tendensiyalari;

  • loyiha tashkilotning maqsad va vazifalariga, shuningdek, uning moliyaviy imkoniyatlariga mos kelishi;

  • real va elektron bozorlar sig’imi nisbati;

  • internet-loyiha ishlab chiqish va amalga oshirish qiymati;

  • vaqt jihati: kompaniya elektron marketingni amalga oshirishdan foyda ola boshlaydigan paytgacha zarur bo’lgan vaqt;

  • internet-marketingga qo’yilmalar o’zini qoplamasligi bilan bog’liq risk;

  • mos keluvchi kasbiy daraja va malakaga ega bo’lgan qo’shimcha mutaxassislar jalb qilishga ehtiyoj;

  • qo’shimcha texnik va texnologik ta‘minotga ehtiyoj va uni xarid qilish xarajatlarini baholash.

      1. Hozirgi paytda Internet tizimida savdoni tashkil qilishda kompaniyalar xaridorlarni to’g’ridan-to’g’ri ham, vositachilar orqali ham topmoqda, bunda ko’plab firmalar Internetda odatiy taqsimot kanallaridan foydalanishga harakat qilmoqda. Internet bu – real bozordan farq qiladigan va o’ziga xos xususiyatlariga ega bo’lgan bozor ekanligi sababli internetda faqat interaktiv muhitda ishlashga ixtisoslashgan elektron vositachilar bilan ishlash eng samarali hisoblanadi. Real bozorda an‘anaviy taqsimot kanallaridan foydalanishda Internet vositachilar bilan o’zaro aloqalarni engillashtirish uchun va qo’shimcha axborot manbasi sifatida qo’llanishi lozim.

      2. Internet tizimi orqali sotuvni tashkil qilishda firmalar e‘tiborga olishi lozim bo’lgan yana bir muammo vujudga keladi. Bugungi kunda xorijiy internet- magazinlarda tovar va xizmatlarning barcha turlari taklif etilmoqda. Biroq agar g’arb mamlakatlarida tarmoqa taklif etilayotgan barcha mahsulotlarga xaridorlarda talab mavjud bo’lsa, bizning mamlakatimizda asosan dasturiy ta‘minotna talab yuqori sanaladi.

      3. Muzokaralar olib borishda shaxsiy uchrashuvlar va internet-texnologiyalardan foydalanishni uyg’unlashtirish zarur. Xususan, yakuniy muzokaralarni internetdan tashqarida o’tkazish maqsadga muvofiq, bunda hamkorlarda qulay taassurot qoldirish va psixologik omil katta ahamiyatga ega bo’ladi. Strategik ahamiyatga ega bo’lgan muhim masalalarning muhokamasini ham odatiy usul bilan amalga oshirish yaxshiroq bo’ladi.

      4. Reklama kampaniyalari o’tkazishda shubhasizki, boshqa mediakanallar bilan taqqoslaganda Internet ustunliklarga ega bo’ladi, biroq u an‘anaviy kanallarning o’rnini bosa olmaydi. Internet tizimidan foydalanuvchilar soni mamlakat aholisi umumiy sonining ma‘lum bir foizinigina tashkil qilishi sababli faqat internet-reklama bilan chegaralanish yoki undan asosiy fosita sifatida foydalanish maqsadga muvofiq emas. Internet-reklamaga mablag’lar an‘anaviy va internet-bozor hajmining

nisbatiga, kompaniya oldida bozorlarni kengaytirish bo’yicha turgan vazifalarga qarab proporsional ravishda taqsimlanishi lozim.
Korxonada innovatsion marketing samaradorligini belgilab beradigan eng muhim omillar qatoriga elektron va an‘anaviy marketing uyg’unlashuvidan tashqari innovatsion marketing tizimi ushbu elementlarini alohida optimallashtirishni ham kiritish zarur. Elektron marketing mahalliy korxonalar uchun hali yangilik hisoblanishini hisobga olib, ushbu yo’nalishni takomillashtirish bugungi kunda eng dolzarb hisoblanadi.
Bozorni segmentlash muammosi internet-marketing uchun muhim ahamiyat kasb etadi, chunki Internet kompaniyalarga bozor segmentini tashkil qiladigan maqsadli doiraga o’z ta‘sirini maksimal darajada aniq mujassamlantirishga imkoln beradi. Segmentlash usulini to’g’ri tanlash shartida Internet bu jarayonni ancha soddalashtirish imkonini beradi. Bundan tashqari, yoki umuman xarajatlar talab qilinmaydi, yoki ular minimal bo’ladi; bunda segmentlashni juda tez o’tkazish, ya‘ni vaqtni ham tejash mumkin.
Shunday qilib, firma maqsadli doiraga yo’naltirilishi va uning hajmiga qarab, taxmin qilinayotgan bozor hajmini, demak, kutilyotgan sotuv hajmini ham aniqlashi mumkin.
Internet-savdoning an‘anaviy savdodan muhim bir farqi sotuvchi tomonidan xaridorga nisbatan ruhiy ta‘sir ko’rsatish imkonining yo’qligi hisoblanadi. Internet orqali xarid qilishda foydalanuvchi faqat kompyuter bilan muloqot qiladi va taklif etilayotgan tovar tavsifnomasini diqqat bilan o’rganish uchun etalicha vaqtga ega bo’ladi.



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling