O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-rasm. Tovarning hayotiylik davri tezlashuvi17


Download 337.32 Kb.
bet45/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

6.3-rasm. Tovarning hayotiylik davri tezlashuvi17




Tovar raqobatbardoshligi
Tovarni xarid qilish jarayonida tanlovni amalga oshirar ekan, xaridor bu tovarni mazkur bozordagi unga o’xshash bo’lgan boshqa tovarlardan ajratib turuvchi xislatlarini belgilab beradi. Aynan shu tovarni sotib olar ekan, xaridor shu tariqa uning jozibadorligini, o’zining muayyan ehtiyojini qondirish darajasini hamda bu tovarni sotib olish va undan foydalanish bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarga tayyorlik darajasini baholaydi.
Xaridorning muayyan ehtiyojlarini qondirishda raqobatchi tovarlarga nisbatan uning ustunligini ta‘minlovchi sifat va qiymat tavsifnomalari yig’indisi tovarning raqobatbardoshlik darajasini belgilab beradi.
Elektron tijoratning rivojlanishi, bozorlarning globallashuv tendensiyalari kuchayishi raqobatni kuchaytiruvchi manbalardan biri bo’lib xizmat qiladi. Uning
17Абдухалилова Л.Т. Интернет маркетинг. –Т.: ТДИУ, 2011. 265 б.
o’sishi korxonalar oldiga o’z tovarlari raqobatbardoshligini oshirish, ularning raqobatli ustunligini yaratish vazifasini qo’yadi.
Ustunlik taqqoslagandan seziladi, shuning uchun nisbiy tavsifnoma hisoblanadi va turli omillar bilan izohlanadi. Ustunlik omillarini ikkita keng toifaga taqsimlash mumkin — tashqi va ichki raqobatli ustunlik - ular tovar va firmaning o’z raqobatchilari bilan kurashish qobiliyatini tavsiflaydi.
Tashqi raqobatli ustunlik tovarning «bozor kuchi»ni aks ettiradi. Bu kuch uni raqobatchilarga nisbatan qimmatroq narxda sotish va unga o’xshash boshqa tovarlardan norozi xaridorlar ehtiyojlarini qondirish imkoniyatini asoslab beradi. Ichki raqobatli ustunlik esa tovar tannarxi raqobatchilarga nisbatan pastroq bo’lib, mahsuldorlik yuqoriligi va ishlab chiqarish xarajatlaridagi ustunlikka asoslanadi.
Shunday qilib, tovar raqobatbardoshligi uning iste‘molchilar uchun jozibadorlik darajasi sifatida ko’rib chiqilishi mumkin bo’lib, bu ularning bir qator talablari majmuini qondirish imkoniyatini belgilab beradi. Xaridor tovardan foydalanish natijasida undan olinuvchi foydali samarani va uni sotib olish va ekspluatatsiya qilish bilan bog’liq xarajatlarni baholar ekan, tovarni tanlab olishni asoslab beradi. SHu sababdan tovar raqobatbardoshligi iste‘molchi tomonidan tovar narxi, sifati va unga ko’rsatiladigan servis darajasini taqqoslash yo’li bilan aniqlanadi. Tovarning marketing muhiti kabi ko’rsatkich ham taqqoslanishi lozim.
Tovarning raqobatbardoshlik va jozibadorlik omillarini aks ettiruvchi tasnifiy sxemani narx — sifat — servis — marketing muhiti zanjiri sifatida ifodalash mumkin (6.1-jadval).

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling