O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-rasm. Yangi mahsulotni bozorga chiqarishning foyda hajmiga ta‟siri


Download 337.32 Kb.
bet48/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

6.4-rasm. Yangi mahsulotni bozorga chiqarishning foyda hajmiga ta‟siri


Yuqori texnologiyalar sohasida yangi mahsulotlar bilan bog’liq foyda va tushumlar ulushi yanada yuqori. Masalan, Hewlett-Packard (www.hp.com) kompaniyasi tushumlarining 77 %i oxirgi ikki yil ichida bozorga taklif qilingan mahsulotlarga to’g’ri keladi.
Mahsulotni bozorga muvaffaqiyatli chiqarishdan olinuvchi katta foyda keyingi avlod mahsulotlarini chiqarishning asosida yotuvchi tadqiqotlarni ertaroq boshlashga olib keladi. Buning aksincha, bozorga kech chiqish va foydaning kamligi kompaniya
salohiyatining qisqarishiga olib keladi.
Mahsulotning muvaffaqiyatga erishuvida muhim shartlardan yana biri kompaniyaning uni bozorga tezda chiqishini ta‘minlash qobiliyati hisoblanadi. Bu bosqichda vaqtni yo’qotish mahsulotni ishlab chiqish bosqichidagidan ham katta xavf tug’dirishi mumkin. Alfa va beta-versiyalarni taqdim etish mahsulotni bozorga chiqarish jarayonini tezlatishning samarali vositalaridan biri sanaladi. Bundan tashqari, bu versiyalarda yakuniy sanani belgilash ma‘lum vaqt o’tishi bilan mahsulotning tijorat variantini sotib olish uchun yaxshi rag’bat bo’lib xizmat qiladi.


    1. Internet vositalaridan xizmat ko„rsatish sohasini rivojlantirishda foydalanish


Tovar siyosati qo’llanuvchi o’ziga xos sohalardan biri xizmat ko’rsatish sohasi hisoblanadi. Xizmatlar qatoriga bir tomon ikkinchi tomonga taklif etishi mumkin bo’lgan har qanday faoliyatni – biron narsaga egalik qilishga olib kelmaydigan sezilmas harakatni kiritish mumkin. Uni taqdim etish, shuningdek, moddiy mahsulot bilan ham bog’liq bo’lishi mumkin.


Xizmatlar to’rtta asosiy tavsifnomaga ega bo’lib, ular marketing dasturini ishlab chiqishga sezilarli darajada ta‘sir ko’rsatadi: sezilmaslik, bo’linmaslik, muvaqqatlik va saqlab bo’lmaslik:

    • sezilmaslik — xizmatlarni sezib bo’lmaydi, moddiy tovarlardan farqli o’laroq to xarid qilmaguncha ularni ko’z bilan ko’rib, qo’l bilan ushlab, his etib, eshitib bo’lmaydi. SHu sababdan, noaniqlikni kamaytirish maqsadida xaridorlar xizmatlarning tashqi belgilari yoki sifat yaqqoligini tahlil qiladi. Ular xizmat ko’rsatish darajasi haqida ofisning joylashuvi, jihozlanishi, asbob-uskunalari, xodimlar, taqdim etilayotgan axborot, ramziy belgi va narx bo’yicha tasavvurga ega bo’lishi mumkin. SHu tariqa xizmatlar sotuvchisining vazifasi «qabul qilishni boshqarish», «sezilmaydiganni seziladigan qilish» qobiliyatidan iborat bo’ladi;

    • bo’linmaslik — xizmatlar moddiy tovarlardan farqli ravishda, odatda bir vaqtning o’zida taqdim etiladi va iste‘mol qilinadi. Mijoz xizmat ko’rsatish jarayonining bevosita ishtirokchisi ekanligi sababli xizmatni sotuvchi va iste‘molchi

o’rtasidagi aloqa xizmatning tovar sifatidagi tavsifnomasi hisoblanadi. YAkuniy natijaga esa mijoz ham, sotuvchi ham bevosita ta‘sir ko’rsatadi;

    • muvaqqatlik — bir xil turdagi xizmatlar sifati ularni kim, qachon va qaerda taqdim etishiga qarab keng doirada uchraydi. Buni tushungan holda xaridorlar ko’pincha tanlab olishdan avval bir nechta xizmat sotuvchisiga murojaat qiladilar;

    • saqlab bo’lmaslik — xizmatlarni saqlash mumkin emasligi barqaror talab sharoitlarida katta ahmiyatga ega emas, bunda xizmat ko’rsatilayotgan mijozlar sonini aniqlash muammo tug’dirmaydi. Talab o’zaruvchan sharoitlarda qiyinchiliklar vujudga kelishi mumkin. Masalan, jamoat transporti korxonalari asosan tig’iz paytlarda foydalaniluvchi katta sondagi transport birliklariga ega bo’lishiga to’g’ri keladi.

Hozirgi paytda xizmat ko’rsatish sohasi har tomonlama o’sish va kengayishni boshidan kechirmoqda. Bu tendensiya Internetni ham chetlab o’tgani yo’q, bu erda xizmatlar bozorning eng katta qismlaridan birini egallagan. Bu sohada axborot, ta‘lim, moliya va kadrlar tanlash xizmatlari yanada rivojlangan.
Bugungi kunda eng rivojlangan tur sifatida Internetda moliyaviy xizmat ko’rsatish sohasining hozirgi holati va rivojlanish istiqbollarini ko’rib chiqamiz.
Internetda moliyaviy xizmatlar
Internet orqali ko’rsatiluvchi xizmatlar orasida moliyaviy xizmatlar eng rivojlangan bo’lib, ular asosan quyidagi faoliyat turlari hisoblanadi (6.4-rasm):




Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling