Internet orqali valyuta va fond bozorlarida ishlash imkoniyati Internet orqali ko’rsatiluvchi moliyaviy xizmatlarning ikkinchi turidir. Bu xizmatlar sirasiga mijozga Internet orqali qimmatli qog’ozlar va valyuta oldi/sotdisiga imkon beruvchi investitsion vositachilar (bank yoki brokerlik idorasi) kiradi.
Odatda bu xizmatlarda quyidagilar nazarda tutiladi:
on-layn rejimida moliyaviy aktivlarni bevosita oldi/sotdi qilish imkoniyati;
investorning investitsion portfelini yaratish;
mijozning birgalikda fondlarda qatnashish imkoniyati;
mijozga tez-tez yangilanib turuvchi moliyaviy axborot: qimatli qog’ozlar kotirovkasi va valyutalar kursini taqdim etish;
mijozga tahliliy maqolalar, grafik axborotlar, professional yordam ko’rsatish;
qo’shimcha xizmatlar ko’rsatish — kredit kartalari va chek daftarchalari berish, qo’shimcha nafaqa raqamlari ochish va yuritish, mijozning elektron pochta qutisiga aksiyalar narxi haqida axborot jo’natish va h.k.
Nazorat va mulohaza uchun savollar
Innovatsion marketingda internet marketingidan nimasi bilan farq qiladi?
Internet marketingning o’ziga xos xususiyatlari nimadan iborat?
Internet savdoning an‘anaviy savdodan farqi nimadan iborat? 4.Innovatsiyalarni boshqarishda internet texnologiyalarining o’rni nimadan
iborat?
Internet-texnologiyalarining korxonalar faoliyatiga va milliy iqtisodiyotga ta‘siri nimadan iborat?
Internet tizimi deganda nimani tushunasiz?
Internet-texnologiyalar paydo bo’lishi bilan innovatsiyalarni boshqarishda ro’y bergan asosiy o’zgarishlar qatoriga nimalarni kiritish mumkin?
Bozorni segmentlashni internet marketingdagi o’rni nimadan iborat? 9.Internet-texnologiyalarni amalga oshirish samaradorligiga qanday omillar
ta‘sir etadi?
10.Korxonada innovatsion marketing samaradorligini belgilab beradigan eng muhim omillar qatoriga nimalar kiradi?
Do'stlaringiz bilan baham: |