Voleybolchilarning sakrovchanlik qobiliyatlarini rivojlantirishda harakatli o’yinlardan foydalanish. Husanov Bahodir Shaymardonovich
Download 67 Kb.
|
Husanov Bahodir Shaymardonovich
- Bu sahifa navigatsiya:
- 1-bosqich magistratura talabasi Annotatsiya.
- Annotation.
- Kalit so’z
- Ключевые слова
VOLEYBOLCHILARNING SAKROVCHANLIK QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISHDA HARAKATLI O’YINLARDAN FOYDALANISH. Husanov Bahodir Shaymardonovich bahodirhusanov03@gmail.com +998903305656 Ter DUPI Jismoniy tarbiya va sport mashg’ulotlari nazariyasi va metodikasi yo’nalishi 1-bosqich magistratura talabasi Annotatsiya. Ushbu maqola yosh voleybolchilarni sakrovchanlilik qobiliyatlarini o’stirish va rivojlantirishda tanlangan, harakatli o’yinlardan foydalanish hamda, voleybol o’yini orqali jismoniy kuch sifatlari: chaqqonlik, epchillikni oshirishga qaratilgan. Annotation. This article is intended the springing ability of young volleyball players in chosen active games and to increase nimbleness and adroitness skills of players by the help of the game volleyball which is considered strong physical qualities. Аннотция. Эта статья обращена на повышения качеств физической силы: изворотливости, ловкости через игру в волейбол для повышения и развития прыгучести молодых волейболистов через выбранные подвижные игры. Kalit so’z: Voleybol, harakatli o’yinlar, sakrovchanlik qobiliyati, samaradorlik, pedagogik tadqiqot, maxsus jismoniy sifatlar, o’yin malakalari. Key words: Volleyboll, active games, springing ability, effectiveness, pedagogical research, special physical qualities, game qualifications. Ключевые слова: волейбол, подвижные игры, прыпучесть, эффективность, педагогические исследования, специальные физические качества, квалификации игры. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 24.01.2020 yildagi PF-5924-sonli “O’zbekiston Respublikasida jismoniy tarbiya va sportni yanada takomillashtirish va ommalashtirish chora-tadbirlari to’g’risida”gi farmoniga binoan, respublikamizda oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o’rtasida sog’lom turmush tarzini targ’ib qilish, imkoniyati cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiya uchun zarur shart sharoitlar yaratish hamda mamlakatimizning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora tadbirlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog’ligini mustahkamlashga ko’maklashadigan aniq dasturini amaliyotga joriy etib, yoshlar sportga keng jalb qilinmoqda. Bizning maqsadimiz ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olib, mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo’lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog’lom insonni shakllantirishdir. 1 Inson bolalikdan o’z yo’nalishidagi harakat malakalarini ongsiz va ongli tarzda bajaradi. Natijada shu harakatlar ma’lum jismoniy sifatlar tusida rivojlana boradi. Sekin-asta hayotiy zarur harakatlar malakalari sayqal topadi.2 Mutaxassislarning fikricha asosan shu jismoniy sifatlar va hayotiy zarur harakat malakalari harakatli o’yinlar yordamida yanada samaraliroq rivojlanishi isbotlab berilgan 3 Uzoq yillar davomida malakali voleybolchilar sakrovchanligi va tezkor sakrashning o’sishini kuzatib kelgan olimlar ilmiy va amaliy ahamiyatga ega qator xulosalar qilishga muvaffaq bo’ldi. Jumladan, ularning fikricha yuqori malakali voleybolchilar bir o’yin mobaynida zarba berish va to’siq qo’yish uchun 306 martadan 600 martagacha sakrar ekanlar. Ushbu malakalarni ijro etish uchun eng ko’p marta sakrash. 4-partiyaga to’g’ri keladi(142 marta). To’siq qo’yish uchun sakrash (122 marta), zarba berish uchun sakrashdan ko’proq qaytarilar ekan.(113 marta). Kuzatuvlarga ko’ra, bitta mashg’ulot davomida bajariladigan sakrash soni, bitta musoboqada sakrash sonidan kam ekanligi aniqlangan.4 Yuqori malakali sportchilarni erishgan yutuqlari ma’lum ma’noda ularning fundamental tayyorligiga bog’liqdir. Shunday ekan, yuqori malakali voleybolchilarni tayyorlash va ularning sport mahoratini yuksak darajaga olib chiqish dastlabki o’rgatish jarayoni samaradorligiga to’g’ridan-to’g’ri bog’liqdir. Voleybolchilar uchun asosiy jismoniy sifatlardan biri sakrovchanlikdir. Sakrovchanlik, tezlik kuchleilik qobiliyatlariga mansub bo’lib oyoq mushaklarining qisqa muddat ichida kuchli qisqarishi bilan ifodalanadi. Aynan shu sifatni yuksak darajada bo’lishi nisbatan past bo’yli o’yinchilarni baland bo’yli o’yinchilar bilan raqobatini va asosiy o’yin malakalarini (zarba berish va to’siq qo’yish) samarali ijro etilishini ta’minlaydi 5 Sakrovchanlikni rivojlantirish uchun eng qulay davr bu 10-12 yoshdir. Bu yosh davrda bolalarga sakrovchanlikni rivojlantirish uchun sakrash mashqlarini bajartirganda o’qituvchi kutgan natijasiga erisha olmasligi mumkin. Kutilgan natijaga erishish maqsadida jismoniy tarbiya darslarida harakatli o’yinlardan foydalanish juda muhim ahamiyat kasb etadi. Buning sababi shundaki, bolalar turli xil jismoniy mashqlarni harakatli o’yinga qiziqish orqali osongina idrok eta oladilar. Harakatli o'yinlarning asosiy mazmunini harakatlarning va o'yinchilar faoliyatining xilma-xilligini tashkil etadi. O'yinlarga to'g'ri rahbarlik qilinganda ular organizmning yurak-qon tomir, muskul va nafas olish tizimlariga ijobiy ta ’sir etadi. Harakatli o'yinlar funksional imkoniyatlarni oshiradi, harakatlarni bajarishda tananing katta va kichik muskullarini ishga soladi, bo'g'inlar harakatchanligini oshiradi 6 Quyida voleybolchilarni sakrovchanlik qobiliyatlarini o’stirishda tanlangan bir nechta harakatli o’yinlar misolida ko’rib chiqamiz. Download 67 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling