O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-jadval Innovatsiyalar bozorida brend shakllantirishning alohida bosqichlarini bajarish


Download 337.32 Kb.
bet40/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

5.1-jadval Innovatsiyalar bozorida brend shakllantirishning alohida bosqichlarini bajarish


usullari



Brend shakllantirish bosqichi



Usullar



Vositalar

Brendning biznes-g’oyasini shakllantirish

«Mahsulotning noyob xususiyatlari»
usuli, tovar muhiti va yondosh sohalar tahlili

Adabiyot manbalari

Bozor va raqobatchilar tahlili

Anketa so’rovi o’tkazish, ixtisoslashgan kompaniyalarga tadqiqot buyurtma qilish

Anketa, kompyuter

Sifatli tovar yoki xizmat
yaratish

ISOsifat tizimini joriy qilish, xomashyo
(butlovchi qismlar) sifatini nazorat qilish

ISO 9002 sifat tizimi
standartlari

Tovarni identifikatsiya qilish
va individuallashtirish

Ekspertlarning ijodiy ishlanmalari,
ixtisoslashgan agentliklar

Kompyuter
dasturlari

Bo’lg’usi brend hududida
sotuv hajmini oshirish

Vakolatxonalar ochish, mahsulot sotish
tarmog’ini kengaytirish

Buyruqlar, Internet,
ma‘lumotnomalar

Iste‘molchi tomon reklama
kommunikatsiyalari

«Nuqtali» marketing, OAVda reklama
joylashtirish,PR, taqdimotlar

Kompyuter, reklama
agentliklari

Korxonada brend mafkurasi muhimligini shakllantirish

Jamoa yig’ilishlari, so’rovlar, qatnashchilarni mukofotlash

Buyruqlar,
anketalar, kompyuter

Ko’pchilikning moyilligi va
sodiqligiga erishish

Iste‘molchi bilan ikki tomonlama suhbat

Kechiktirilgan
qaytuvchan aloqa

Iste‘molchining brend qimmatiga ishonishi va uni o’z
qadriyatlariga tenglashtirishi

OAV vositasida brend qimmatlarini targ’ib qilish

Kompyuter, reklama agentliklari

Brendni kelgusida boshqarish

Brendni kengaytirish, cho’zish, rebrending, qayta joylashtirish

Marketing
ma‘lumotlari, kompyuter

Nomni idrok qilish tahlili odatda kompaniyaning butun hayotiylik davri davomida amalga oshiriladi. Agar brend nomi zaruriy talablarga javob bermay qoladigan bo’lsa, unga tuzatish kiritiladi yoki to’liq o’zgartiriladi. Vaqt o’tishi bilan kompaniyaning o’zi, uning maqsadlari, iste‘molchilari, vositachilari o’zgaradi. Bu


o’zgarishlar tezligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu o’zgarishlarni samarali boshqarish uchun menejerlar bozor pozitsiyalarini kuchaytirish vositalari qatoriga rebrendingni qo’shishlari lozim. Har qanday mahsulot vaqt o’tishi bilan ma‘naviy eskiradi, shu sababli mavjud brendni vaqti-vaqti bilan modernizatsiya qilish zarur. Mavjud brendning sifat o’zgarishlari «rebrending» nomini olgan.
Rebrending bu – iste‘molchilar ongida ro’y berishi lozim bo’lgan o’zgarishlar, brend qiyofasini (brendnomi, logotipi, ramzlari, kompaniya transporti yoki tovarlaridagi rang va h.k.) o’zgartirishdir. Kerakli munosabat brend vektoridan o’rin olgan motivatsiyalovchi ta‘siri ostida shakllanishi tufayli ushbu markaning maqsadli doirasi motivlarini almashtirish, ehtimol, brendni boshqa maqsadli doiraga ko’chirish haqida o’ylab ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi.
Brend-menejmentning tarkibiy qismlaridan biri sifatida rebrending hozirgi paytda brending va strategik marketing bo’yicha mutaxassislar qurollari qatoridan muhim o’rin egallagan. Qo’shib olish va birlashtirish, faoliyat sohalarini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish – bularning barchasi, qoidaga ko’ra, kompaniyalarni eski brendlardan voz keyish va yangi brendlar yaratishga majbur qiladi.



Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling