O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva
-jadval Innovatsiyalar bozorida brend shakllantirishning alohida bosqichlarini bajarish
Download 337.32 Kb.
|
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019
- Bu sahifa navigatsiya:
- Brend shakllantirish bosqichi Usullar Vositalar
5.1-jadval Innovatsiyalar bozorida brend shakllantirishning alohida bosqichlarini bajarishusullari
Nomni idrok qilish tahlili odatda kompaniyaning butun hayotiylik davri davomida amalga oshiriladi. Agar brend nomi zaruriy talablarga javob bermay qoladigan bo’lsa, unga tuzatish kiritiladi yoki to’liq o’zgartiriladi. Vaqt o’tishi bilan kompaniyaning o’zi, uning maqsadlari, iste‘molchilari, vositachilari o’zgaradi. Bu o’zgarishlar tezligi yil sayin o’sib bormoqda. Bu o’zgarishlarni samarali boshqarish uchun menejerlar bozor pozitsiyalarini kuchaytirish vositalari qatoriga rebrendingni qo’shishlari lozim. Har qanday mahsulot vaqt o’tishi bilan ma‘naviy eskiradi, shu sababli mavjud brendni vaqti-vaqti bilan modernizatsiya qilish zarur. Mavjud brendning sifat o’zgarishlari «rebrending» nomini olgan. Rebrending bu – iste‘molchilar ongida ro’y berishi lozim bo’lgan o’zgarishlar, brend qiyofasini (brendnomi, logotipi, ramzlari, kompaniya transporti yoki tovarlaridagi rang va h.k.) o’zgartirishdir. Kerakli munosabat brend vektoridan o’rin olgan motivatsiyalovchi ta‘siri ostida shakllanishi tufayli ushbu markaning maqsadli doirasi motivlarini almashtirish, ehtimol, brendni boshqa maqsadli doiraga ko’chirish haqida o’ylab ko’rish maqsadga muvofiq bo’ladi. Brend-menejmentning tarkibiy qismlaridan biri sifatida rebrending hozirgi paytda brending va strategik marketing bo’yicha mutaxassislar qurollari qatoridan muhim o’rin egallagan. Qo’shib olish va birlashtirish, faoliyat sohalarini kengaytirish, yangi bozorlarga chiqish – bularning barchasi, qoidaga ko’ra, kompaniyalarni eski brendlardan voz keyish va yangi brendlar yaratishga majbur qiladi. Download 337.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling