O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-rasm. Internet-texnologiyalarining korxonalar faoliyatiga va milliy iqtisodiyotga ta‟siri


Download 337.32 Kb.
bet42/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

6.1-rasm. Internet-texnologiyalarining korxonalar faoliyatiga va milliy iqtisodiyotga ta‟siri




Internet-texnologiyalardan foydalanish korxonalar faoliyat ko’rsatishi samaradorligini sezilarli darajada oshirishga olib keladi, bunda aytib o’tilgan ta‘sir bir vaqtning o’zida bir nechta yo’nalish bo’yicha ro’y beradi. Korxonalarning ish samaradorligini oshirish omillari, shuningdek, internet-texnologiyalarning milliy iqtisodiyotga ta‘sir etish jarayoni quyidagi rasmda aks ettirilgan.
Bundan tashqari, eng yangi axborot texnologiyalarining ulkan rol o’ynashiga qaramay, elektron marketing an‘anaviy marketing o’rnini bosmasdan, uni faqat
to’ldirib turadi, shu tariqa marketing faoliyati majmuini kengaytiradi, ya‘ni
amaliyotda integratsiyalangan yondashuv qo’llaniladi. SHu boisdan korxonalarga elektron marketing va an‘anaviy marketingning eng optimal uyg’unlashuvini topish muammosi mavjud.
Internet kompaniyalarga raqobatchilar faoliyatini tahlil qilish bo’yicha ajoyib imkoniyatlar taqdim etadiki, bu interaktiv muhitda ishlash xususiyatlaridan kelib chiqadi. Firma o’z biznesini Internetga o’tkazishi bilan u barcha foydalanuvchilar uchun ochiq bo’lishga majbur, chunki mijozlar va hamkorlarni jalb qilish va ushlab qolish uchun firma, tovarlar, narxlar va h.k. haqida to’liq va asosiysi, ishonchli axborot taqdim etish zarur, aks holda ularda taqqoslash uchun imkoniyat bo’lmaydi. Internet tarmog’ida biznes yuritishning bu xususiyati raqobatchilar faoliyatini monitoring qilish uchun muvaffaqiyat bilan foydalanilgan. Minimal raqobatli ustunlik firma uchun bozor ulushining sezilarli o’sishiga olib kelishi mumkin. SHunday qilib, firma ularning kuchsiz tomonlaridan foydalangan va ustunliklarini bartaraf qilgan holda raqobatchilar harakatlarini oldindan bilib olishi mumkin.
Onlayn rejimida anketa so’rovi o’tkazish oddiy anketa so’rovi o’tkazish bilan taqqoslaganda jiddiy ustunliklarga ega bo’lib, bu tadqiqot samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Kamchiliklarga keladigan bo’lsak, internet-so’rovlarga boshqa anketa so’rovlari kabi umumiy muammolar xos sanaladi.

    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling