O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Internetning tovarni hayotiylik davriga ta‟siri


Download 337.32 Kb.
bet44/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Internetning tovarni hayotiylik davriga ta‟siri


Tovarning bozordagi raqobatbardoshlik dinamikasini aks ettiruvchi eng muhim konsepsiya tovarning hayotiylik davri hisoblanadi. Tovarning hayotiylik davri firmaning muayyan bozorda vaqt bo’yicha foyda va aylanmasining rivojlanish qonuniyatlarini, ya‘ni raqobatbardosh tovarning bozordagi xulq-atvori dinamikasini


tavsiflaydi. Bu holatda tovarning hayotiylik davri firmaning tovar taklifiga bozor reaksiyasining ideal modeli sifatida namoyon bo’ladi. Hayotiylik sikli modeli har qanday tovar mehnat mahsuli sifatida cheklangan hayotiylik davriga ega ekanligini ko’rsatadi, bu jarayonda ishlab chiqish, joriy qilish, o’sish, etuklik, to’yinish va pasayish kabi bir nechta bosqichlar bosib o’tiladi (6.2-rasm).





6.2-rasm. Tovarning butun hayotiylik davri davomida sotuv va foyda hajmi o„zgarishi16


Hayotiylik davrining uzunligi turli tovarlar uchun turli darajada bo’ladi. Bu muddatni uzaytirish zaxiralari uchun bitta emas, bir nechta tovar ishlab chiqarish va sotish asos bo’lib xizmat qiladi. Bunda bu tovarlar turli birikuvda turli sotuv bozorlarida joylashishi mumkin. Bu holatda sotuv bozoriga bir dona tovar emas, balki hayotiylik davri bosqichlari o’zgarishi oldindan rejalashtirib qo’yilgan tovarlar majmui bilan chiqish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Kompaniyaning bunday mahsulot portfelini shakllantirish unga doimiy foyda olishni ta‘minlovchi hamda innovatsion faoliyatni amalga oshirishda kapitaldan foydalanish manevrlari uchun sharoit yaratib beruvchi muvozanatlangan ishlab chiqarish-sotuv faoliyatini amalga oshirishga imkon beradi.


Tovarning butun hayotiylik davri va uning ayrim bosqichlari tovar turiga bog’liq bo’ladi. Biroq keng iste‘mol tovarlari uchun ham, ishlab chiqarish-texnik
16Абдухалилова Л.Т. Интернет маркетинг. –Т.: ТДИУ, 2011. 265 б.
yo’nalishdagi tovarlar uchun ham xos bo’lgan umumiy tendensiya hayotiylik davrining qisqarishi hisoblanadi. Bir bosqichdan boshqasiga o’tishni tezlashtirib, shu tariqa tovarning umumiy hayotiylik davrini qisqartiruvchi axborot texnologiyalari va Internet bu borada o’zining munosib hissasini qo’shmoqda. 6.3-rasmda bugungi kun

  1. va o’n yil avvalgi davr (A) uchun xos bo’lgan tovarning hayotiylik davri grafiklari aks ettirilgan.







Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling