O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsiyalarga talab va potensial sanoat iste‟moli tahlili


Download 337.32 Kb.
bet52/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsiyalarga talab va potensial sanoat iste‟moli tahlili


Marketing tadqiqotining maqsadi – uni bozorda taklif etiladigan dastlabki paytda ushbu korxonaning yangi mahsulotga patent yoki boshqa vaqtinchalik monopoliyasi tufayli bir vaqtning o’zida korxona mahsulotiga talab ham bo’ladigan yangi mahsulotga talabni bashorat qilishdir. Bu qatorga mahsulot sifatini yaxshilaydigan, uning yangi modifikatsiyasini yaratadigan texnologik innovatsiyalarni ham kiritish mumkin.


Innovatsiyalar bozoridagi marketing tadqiqotlari muayyan bozor segmentlarida (belgilangan segment hosil qiluvchi alomatlarga ega bo’lgan iste‘molchilar guruhlari ichida) mahsulotga mavjud talabni baholash va kelajakdagi talab dinamikasini bashorat qilishga yo’naltiriladi.
Bunda ushbu talabning sig’imini ham, narx bo’yicha moslashuvchanligini ham baholash zarur. SHuningdek, mahsulot uchun maqsadli bo’lgan bozor segmentidagi iste‘molchilar daromadlari bilan mahsulotga har bir narxda uning ehtimoliy iste‘mol miqdori o’rtasidagi bog’liqlikni baholash ham maqsadga muvofiq. Bunday baholash mahsulotning maqsadli iste‘molchilari daromadlari o’zgarishidagi tendensiyalarni bashorat qilish asosida mahsulotga talabni bashorat qilish imkonini beradi. Kelgusi davrdagi ehtimoliy talab hajmi, bozor salohiyati va ko’lami haqidagi har qanday taxminlar bozor bashoratlari deb ataladi va ularni tuzish uchun matematik va nomatematik modellar foydalaniladi.
G’arb mamlakatlari iqtisodchilari tomonidan ishlab chiqilgan talabni o’lchash va bashorat qilish matematik modellari iste‘molchilarning turli markalar tanlashini nazarda tutadi. Innovatsion tovar hollarida bunday modellar ishlab chiqishning qiyinligi statistika axborotlarining yo’q ekanligidan iborat. Lekin shunga qaramay, innovatsion marketing texnologiyalariga e‘tibor katta ekanligi tufayli g’arb adabiyotlarida «birlamchi» talab hajmini o’rganish bo’yicha tadqiqotlar paydo bo’ldi. Marketologlar har bir omilli belgi – tahlil yo’nalishi: masalan, yangi mahsulotning hayotiylik davri, yangi mahsulotni iste‘molchilarga taqsimlash, uni sotishning rejalashtirilgan kanali va h.k. bo’yicha tuziladigan maxsus jadvallar yordamida o’tkaziladigan talabni strukturali tahlil qilishga murojaat qiladilar. Bunday jadvallar tezkor boshqaruv qarori qabul qilish vositasi bo’lib xizmat qiladi hamda omillarning talab hajmi va xarakteriga ta‘sirini yanada chuqurroq tahlil qilish uchun
asos sanaladi.
Nomatematik modellar qatoriga quyidagilar kiradi:
Iste‘molchilarning mulohazalari bo’yicha bashorat qilish usuli. Bashorat iste‘molchilarning shunga o’xshash iste‘mol xususiyatlariga ega tovarni sotib olishi yoki sotib olmasligi, qachon va qanday miqdorda xarid qilishi haqidagi savollarga
bergan javoblarini umumlashtirish asosida amalga oshiriladi.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling