O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


-rasm. Internet orqali taqdim etiluvchi moliyaviy xizmatlarning o„zaro bog„liqligi


Download 337.32 Kb.
bet49/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

6.4-rasm. Internet orqali taqdim etiluvchi moliyaviy xizmatlarning o„zaro bog„liqligi


Internet orqali bank xizmatlarini taqdim etish;


Internet orqali valyuta va fond bozorlarida ishlash bo’yicha xizmatlar taqdim etish;
internet-sug’urta — sug’urtalash xizmatlarini Internet orqali taqdim etish.
Moliyaviy xizmatlar to’laqonli tizimining birinchi darajali elementi bank xizmatlari doirasi hisoblanadi. U moliyaviy munosabatlarning barcha qatnashchilari tomonidan nazorat qilish va hisob-kitob o’tkazishni ta‘minlashga imkon beradi. Bugungi kunda «bank-mijoz» tizimidan moliyaviy vositalarni Internet orqali boshqarishga o’tishga tayyor turgan korporativ foydalanuvchilar uchun yaqqol afzalliklardan tashqari tizim xusuiy foydalanuvchilar so’rovlarini ham qondirishi lozim. Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish tizimini o’rnatgan bankda yagona hisobraqami ochgach, foydalanuvchi o’tirgan joyida kompyuter orqali Internet xizmatlari va uyali aloqa ta‘minotchilari bilan hisob-kitob qilishi, kommunal xizmatlar uchun to’lovlarni amalga oshirishi, virtual do’konda mahsulotlar xarid qila olishi zarur.
Tarmoqdagi moliyaviy xizmatlar tizimining ikkinchi elementi valyuta va fond bozorlarida ishlash bo’yicha xizmatlar taqdim etishdir. U barcha xohlovchilarga investitsiya kompaniyalari va banklar bilan bir qatorda turib birja maydonchalarida savdoda ishtirok etishga imkon beradi. Valyuta va fond bozorlarida chayqovchilik operatsiyalarining yuqori daromadliligi butun dunyo bo’ylab ko’plab kishilarni o’ziga jalb etadi va uni Internetda eng tez rivojlanayotgan sohalardan biriga aylantiradi.
Va nihoyat, uchinchi element internet-sug’urta hisoblanadi. Bu turdagi xizmatlar mijozga sug’urta xizmatlari klassik to’plami, shuningdek, barcha to’lovlar Internet orqali amalga oshiriluvi sug’urta xizmatlarini taqdim etadi.
Endi Internet orqali ko’rsatiluvchi moliyaviy xizmatlar bozori umumiy holati va xususiyatlarini batafsilroq ko’rib chiqamiz.

Internet orqali bank xizmatlari ko‘rsatish


Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish Tarmoqdan foydalanuvchilar sonining ortishi bilan jadal sur‘atlarda rivojlanishda davom etayotgan elektron tijoratning eng dinamik segmentlaridan biri hisoblanadi. Bank operatsiyalarini Internet orqali amalga
oshirayotgan mijozlar soni, shuningdek, ularning banklar mijozlari umumiy sonidagi ulushi ham ortib bormoqda.
Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish naqd pul bilan operatsiyalarni istisno qilganda bank ofisida bajariluvchi barcha standart operatsiyalarni masofadan turib amalga oshirishga imkon beradi:

    • barcha kommunal to’lovlarni (elektr energiyasi, gaz, telefon, kvartira to’lovi, issiqlik ta‘minoti);

    • aloqa (IP-telefoniya, uyali va peydjing aloqa, Internet) va boshqa xizmatlar (sun‘iy yo’ldosh orqali televidenie, masofaviy ta‘lim) uchun hisob-kitob;

    • istalgan bankdagi istalgan hisobraqamiga pul o’tkazish, jumladan, xorijiy valyutada;

    • internet-do’konlar orqali xarid qilingan tovarlar uchun to’lovlar;

    • xorijiy valyuta sotish va sotib olish;

    • plastik kartaga pul o’tkazish/pul olish;

    • turli hisobraqamlari (muddatli, jamg’arma, nafaqa) ochish va ularga pul o’tkazish;

    • belgilangan muddat uchun hisobraqamining holati haqida turli shaklda ma‘lumotnoma olish;

    • on-layn rejimida kelib tushgan to’lovlar haqida axborot olish;

    • boshqa xil xizmatlar olish: jurnal va gazetalarga obuna bo’lish, brokerlik xizmatlari (qimmatli qog’ozlar sotish/sotib olish, investitsion portfel yaratish, savdoda ishtirok etish va b.).

Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish bugungi kunda elektron tijoratning dinamikasi eng yuqori segmentlaridan biri hisoblanadi. Hozirda xizmat ko’rsatish bozorining ushbu sektori shakllanib ulgurganligi haqida gapirish mumkin, bu xizmatlarni yirik banklarning aksariyati ko’rsatmoqda. AQSHda bu banklar qatorida Citicorp, Bank of America, Wells Fargo, Bank One, First Union banklarini sanab o’tish mumkin.
Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish tizimidan foydalanish bir qator ustunliklarga ega. Birinchidan, bankka shaxsan tashrif buyurish zaruratining yo’qligi
sababli vaqt tejaladi. Ikkinchidan, mijoz kun davomida 24 soat mobaynida o’z hisobraqamini nazorat qilib turishi va moliyaviy bozorlarda vaziyatning o’zgarishiga qarab, masalan, u yoki bu valyutani sotib olishi yoki sotib yuborishi mumkin. Bundan tashqari, bu tizimlar plastik kartalar bilan operatsiyalarni kuzatib borishda juda katta rol o’ynaydi, bu kartalardan bir so’m ham olinsa bu narsa darhol tizimda tayyorlanuvchi ma‘lumotnomalarda aks etadi hamda mijozning o’z operatsiyalarini nazorat qilish darajasini oshirishga xizmat qiladi.
Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish zamonaviy tizimlarini tavsiflovchi uchta eng muhim tavsifnomani ajratib ko’rsatish mumkin:

    • funksionalimkoniyatlar (mijozlar uchun ochiq operatsiyalar);

    • tizimdan foydalanish qulayligi (foydalanuvchi interfeysi);

    • moliyaviy axborotni saqlash va uzatish xavfsizligini ta‘minlashda qo’llanuvchi usullari.

Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish tizimining funksional imkoniyatlari qanchalik keng, ya‘ni Internet orqali bank mijozlari uchun qanchalik ko’p operatsiyalar ochiq bo’lsa, bu tizim shunchalik to’laqonli va talabchan bo’ladi. Aslida ham, Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish tizimining funksional imkoniyatlarini bilib turib yoki majburan cheklash ularning javobgarligini biroz kamaytiradi, chunki bu holatda mijoz bankka tashrif buyurishga majbur bo’lishi mumkin. SHu sababdan Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish tizimini raqobatbardosh qilishga intilishda banklar ularni mijozlarga bank ofisida taqdim etiluvchi barcha xizmatlar bilan ta‘minlashga harakat qiladi.
Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish bo’yicha biror-bir tizimning qulayligi qoidaga ko’ra tizimning mijozlar uchun mo’ljallangan qismining do’stona interfeysiga, dasturiy ta‘minotni o’rnatish va sozlashning qanchalik sodda va osonligiga, turli bank xizmatlari olish uchun tizimda operatsiyalar bajarishning oddiy usullari qanchalik oson va qulayligiga bog’liq bo’ladi.
Internet orqali bank xizmatlari ko’rsatish tizimlarini yaratish va ulardan foydalanishda xavfsizlikni tashkil qilish masalalari dolzarb ahamiyatga ega bo’lib, keng muloqot doirasi e‘tiborini tortadi. Tizim muhofazasi kamida o’zaro aloqada
bo’luvchi subyektlarni (mijoz va bankni) uzil-kesil identifikatsiyalashni, uzatiluvchi moliyaviy axborotni shifrlash, axborot tashish vositalarini himoya qilishi lozim. Bugungi kunda ushbu masalalarning barchasi ko’plab professional himoya tizimlari tomonidan hal etilayotgan bo’lib, ular mahalliy va chet el tizimlarida keng qo’llanmoqda.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling