O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Internet vositalaridan yangi tovarlar ishlab chiqarishda foydalanish


Download 337.32 Kb.
bet47/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Internet vositalaridan yangi tovarlar ishlab chiqarishda foydalanish


Yangi tovarlar ishlab chiqish tovar siyosatining muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi. Shu bilan bir paytda bu eng murakkab ishbilarmonlik jarayonlaridan biri bo’lib, quyidagi kabi bir qator xususiyatlarga ega:



  • vaqt o’tishi bilan jarayonning borish sharoitlari o’zgarishi;

  • elektron biznes tufayli bu o’zgarishlar tezligining doimiy o’sib borishi;

  • har bir mahsulot turida o’ziga xos xususiyat va talablarning mavjudligi;

  • mahsulotni ishlab chiqishga to’g’ri yondashilgan taqdirda ham uning iste‘molchilar orasida muvaffaqiyatga erishishi uchun kafolatlarning yo’qligi.

Yangi mahsulotni ishlab chiqish bugungi kunda yangicha sharoitlarga doimiy moslashib borishni talab qiluvchi tez o’zgaruvchan sharoitlarda ro’y bermoqda. Bu jarayonning samaradorligini oshirishda Internet katta foyda keltirishi, mahsulotni ishlab chiqish jarayonini sezilarli qisqartirishi va uni korxona miqyosida zamonaviy axborot texnologiyalaridan foydalanish global jarayoniga aylantirishi mumkin.
Yangi mahsulotni ishlab chiqish jarayonining asosiy bosqichlari va bunda Internetdan foydalanish mumkin bo’lgan yo’nalishlarni ko’rib chiqamiz.

Yangi mahsulotni ishlab chiqish bosqichlari


Mahsulotni ishlab chiqishdan oldin keluvchi muhim bosqichda korxonaning bozordagi xulq-atvor strategiyasini ishlab chiqish ro’y beradi. Bu jarayon bozorni sinchiklab segmentlash, maqsadli iste‘molchilar guruhlarini aniqlash, ularning ehtiyojlarini aniqlashtirish va mahsulotni joylashtirish konsepsiyasini ishlab chiqishni qamrab oladi.
Shu bosqichning o’zidayoq iste‘molchilar ehtiyojlarini aniqlashda Internet juda katta foyda keltirishi mumkin. Odatda, iste‘molchilar mahsulotdan qanday foydalanayotganligi, uning qaysi xususiyatlari yoki funksiyalarini yaxshilashni istashlari haqida axborot olish uchun kompaniyalar fokus guruhlaridan foydalanadi. Iste‘molchilarning istak-xohishlari va shikoyatlarini aniqlash uchun ular o’z sotuvchilari va dilerlar tarmoqlari bilan maslahatlashishi mumkin. Elektron aloqa vositalarini qo’llash bu jarayonlarni ancha tezlashtirish va ularni o’tkazish tannarxini pasaytirishga imkon beradi.
Mazkur bosqich yakunlangandan so’ng firma bevosita yangi mahsulotni ishlab chiqishga o’tishga tayyor bo’ladi. Bu jarayon, shuningdek, innovatsiya jarayoni ham deb nomlanib, olti bosqichni qamrab oladi:

  • yangi tovarlar haqida g’oyalar izlash;

  • g’oyalarni tanlab olish;

  • yangi tovar g’oyasini tijoratlashtirishni iqtisodiy tahlil qilish;

  • tovarni ishlab chiqish;

  • tovarni bozor sharoitlarida sinab ko’rish;

  • tovarni bozorga chiqarish va joriy qilish.

Har qanday g’oya ko’rsatilgan bosqichlarning har biridan o’ta oladi deb aytish qiyin, albatta. Tadqiqotlarning ko’rsatishicha, bu yo’lning oxirigacha kamdan-kam g’oyalargina etib boradi. YAngi mahsulotni ishlab chiqish haqidagi adabiyotlar tahlili shuni ko’rsatadiki, tijorat muvaffaqiyatiga dastlab taklif qilingan g’oyalarning 1 foizdan ham kami erishadi, biroq bu yo’lning oxirigacha etib borganlar orasida tijorat nuqtai nazaridan 60 foizi muvaffaqiyatli hisoblanadi. Tabiiyki, ko’plab g’oyalar birinchi bosqichdayoq puchga chiqadi, buni nisbatan kam xarajatlar bilan amalga oshirish mumkin, biroq bu holatlarda loyihachilar noaniqlik darajasining yuqoriligi sababli asoslangan qaror qabul qilishda qiyinchilikka uchraydilar. Faqat kam sonli g’oyalargina barcha bosqichlardan muvaffaqqiyatli o’tadi.
Internet va boshqa axborot texnologiyalari quyidagi yo’nalishlarda innovatsiya jarayoniga katta hissa qo’sha oladi:

  • mahsulotni tayyorlashda bu mahsulot bozorda taklif etish bosqichiga yaqinlashgan sari uning xarajatlari tez o’sadi. SHuning uchun yangi tovar ishlab chiquvchilar oldida turgan muhim maqsad bu tovarlarning eng istiqbollilarini tanlash hamda uni ishlab chiqarish va bozorga chiqarish uchun juda katta mablag’ sarflanguncha aniqlangan xatolarni bartaraf etish hisoblanadi;

    • kompaniyaning barcha bo’linmalari o’rtasida samarali aloqa o’rnatish — har qanday kompaniya yangi mahsulotni ishlab chiqishda bu jarayonni universalroq qilish va tashkilotda ichki axborot almashinishni tezlashtirish uchun Internet imkoniyatlaridan foydalanishi mumkin. Internetning imkoniyatlari er sharining turli nuqtalarida bo’lgan holda axborot almashinishi mumkin bo’lgan ishchi guruhlarini shakllantirishga imkon beradi. Bu esa bozor holati, mijozlar, mahsulotlarning o’ziga xos hislatlari haqida axborot almashinishni tashkil qilishga yordam beradi.

Keltirilgan imkoniyatlardan foydalanishning asosiy natijasi yangi mahsulotni ishlab chiqish jarayonining tezlashuvi bo’lishi lozim. Bunga erishishning muhimligi yangi mahsulotni bozorga chiqarish vaqti bilan uning foydaliligi o’rtasidagi bog’liqlik bilan izohlanadi. Tadqiqot natijalari 6.3-rasmda aks ettirilgan bo’lib, unda elektronika mahsulotlari bozoridagi yangi mahsulot keltiruvchi foyda hajmining o’z tovarini taklif qilish muddatining raqobatchilarga nisbatan ertaligiga bog’liqligi ko’rsatilgan. Bozorda yangi mahsulotni raqobatchilarga nisbatan olti oy oldinroq taqdim etishi mumkin bo’lgan kompaniya bu vaqt ustunligini o’rtacha foyda miqdoridan uch baravar katta bo’lgan doimiy foydaga aylantirish imkoniga ega bo’ladi.






Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling