O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish va qayta joylashtirish


Download 337.32 Kb.
bet55/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish va qayta joylashtirish


Hali innovatsion mahsulot ishlab chiqilmasdan turib, uning kim uchun mo’ljallanishi, u qaysi an‘anaviy yoki yangi ehtiyojlarni qondirishi va qaysi muammolarni hal eta olishini aniqlab olish zarur. Bunday yo’naltirishda yangi mahsulot (xizmat, texnologiya) ishlab chiqish to’g’ri joylashtirish va maqsadli bozorda siljitish uchun yaxshi boshlanish hisoblanadi.
Innovatsiyalarni joylashtirish innovatsiyalar bozorini segmentlash va maqsadli segmentlarni tanlashning mantiqiy davomi hisoblanadi. Innovatsiyalarni joylashtirish ushbu segment iste‘molchilarini mazkur tovar aynan ular uchun maxsus, ularning o’ziga xos ehtiyojlariga moslab yaratilgani va hozirgi paytda ushbu tovar ular uchun ideal ekanligiga ishontirishga yo’naltirilgan chora-tadbirlar majmuini (reklama, PR va h.k.) ifodalaydi.
Tovarni muvaffaqiyatli joylashtirish uchun kompaniya maqsadli bozor segmentlarida raqobatchilar pozitsiyalarini, ularning tovarlari imidjini diqqat bilan o’rganish zarur. SHundan so’ng kompaniya joylashtirish haqida mos keluvchi qaror qabul qilishi talab etiladi.
Quyida tovarni joylashtirish bo’yicha eng tarqalgan yondashuvlar keltirilgan:

  • innovatsion tovarning belgilangan ustunliklari negizidagi yondashuv. Ushbu yondashuvni tanlashda tovar haqiqatda shunday ustunliklarga (juda o’ziga xos bo’lsada, ushbu segment iste‘molchilari uchun muhim bo’lgan) ega bo’lishi zarur;

  • yangi tovarning ilk xaridorlari bo’lgan iste‘molchilar belgilangan toifasi orqali yondashuv;

  • tovarning maxsus (ushbu segment uchun) ehtiyojlarni qondirish imkoniyatlari yoki undan ushbu segment foydalanuvchilari uchun dolzarb sanalgan maxsus foydalanish imkoniyatlari negizidagi yondashuvv;

  • tovar haqida iste‘molchilarda barqaror tasavvurlar shakllantirish yordamidagi yondashuv.

Raqobat sharoitlarida o’z tovarini mustahkamlashning eng samarali yo’llarini topadigan korxona g’olib bo’lib chiqadi.
Innovatsiyalarni bozorda joylashtirish qadamlari bozorni tahlil qilish, jalb etuvchan maqsadli segmentlarni tanlashni o’z ichiga oladi.

  1. qadam. Innovatsion mahsulot bozori chegaralarini aniqlash.

  2. qadam. Ushbu bozorga boshqa o’zining innovatsion mahsulotini (xizmatini) etkazib berishi mumkin bo’lganlarni aniqlash. Real raqobatchilarni tanlab olish, ularning kuchli va kuchsiz tomonlarini o’rganish, raqobatli ustunliklarni (masalan, ro’yxatga olingan patentlar, nashrlar soni va mavzulari) aniqlash zarur.

  3. qadam. Innovatsiyalar tavsifnomasini eng muhim raqobatchilarning mahsulotlari tavsifnomasi bilan taqqoslash.

4qadam. Innovatsiyalar potensial bozorini segmentlash.

  1. qadam. Statistik usullar yordamida yoki so’rov va kuzatuvlar vositasida xaridorlar salohiyatini baholash. Xaridorlar xulq-atvori va istaklarini aniqlash (xarid haqida kim va qanday, qaerda va qachon qaror qabul qiladi).

  2. qadam. Innovatsion mahsulot xaridorlarning istaklariga qanchalik yaqin joylashganini aniqlash.

  3. qadam. Innovatsion mahsulotni tijorat nuqtai-nazaridan amalga oshirish mumkinligini baholash.

  4. qadam. Marketing strategiyasini tanlash (sotuv miqdori va maqsadli bozor bilan ishlash usuli haqida qaror: barcha segmentlar bilan birdaniga ishlash yoki ulardan taklif etilayotgan raqobatli ustunlikka eng ko’proq mos keladigan birontasini

afzal ko’rish, maqsadli segmentning xarid qilinayotgan mahsulot noyobligi va
yangilik darajasiga nisbatan so’rovlari qanday).



    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   51   52   53   54   55   56   57   58   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling