O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsiyalar etkazib berishga shartnoma tuzish


Download 337.32 Kb.
bet57/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsiyalar etkazib berishga shartnoma tuzish. Ko’pchilik hollarda, shartnoma tuzishga kirishishdan oldin muzokaralar o’tkazish va ular muvaffaqiyatli yakunlangan hollarda bu shartnomaning qanday bo’lishi kerakligini aniqlab olish zarur bo’lib, bu ish eng mas‘uliyatli va mashaqqatli hisoblanadi. Bunda quyidagilarni aniqlash taqozo etiladi:

  • soliqqa tortishni optimallash nuqtai-nazaridan shartnomaning turi;

  • shartnoma shakli – bir martalik, ramkali, uzaytiriladigan;

  • shartnomaning asosiy shartlarini detallashtirish darajasi (maxfiylik, fors- major, nizolarni hal qilish tartibi va h.k.);

  • shartnomaning ijrosi o’ziga xosliklari bilan bog’liq masalalar ro’yxati;

  • shartnoma shartlari buzilgan holatlarda tomonlarning javobgalik darajasi.

Uchrashi mumkin bo’lgan risklarni bartaraf qilish uchun shartnoma tuzishda quyidagilarni amalga oshirish zarur:

variantini taklif etish.
Shartnomani tayyorlash bosqichidayoq tomonlar o’rtasida «munosabatlarni loyihalash» jarayoni boshlangani haqida gapirish mumkin bo’ladi. Muzokaralar borishini mahalliy huquq va xalqaro me‘yorlarga mos keladigan namunaviy yuridik shartnomalar mavjudligi ancha soddalashtiradi.
Puxtalik bilan bajarilgan tayyorgarlik ishlari va to’g’ri tuzilgan shartnoma tomonlarning kelgusidagi o’zaro munosabatlarini sezilarli darajada engillashtirishi mumkin.
Shartnomaning o’zi yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha muammolarni hal qilmaydi. Shartnomani diqqat bilan va to’g’ri tayyorlash ikkala tomonning shartnoma amal qilish muddatida ularni hal qilish mumkin bo’lgan yo’llar haqidagi kelishuvlarini qayd qilishga imkon beradi. Shartnoma tuzish juda murakkab va uzoq muddatli jarayon sanaladi, biroq shu tufayli kelajakda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan barcha nizolarning oldini olish imkoniyati paydo bo’ladi.
Shartnomani undagi barcha tarkibiy qismlar qanchalik aniq detallashtirilganiga qarab, kelajakdagi asosiy muvaffaqiyat omillari qatoriga kiritish lozim.

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling