O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Nazorat va mulohaza uchun savollar


Download 337.32 Kb.
bet41/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Nazorat va mulohaza uchun savollar


  1. Brending deganda nimani tushunasiz?

  2. Brend nima?

  3. Brendni joylashtirish qanday amalga oshiriladi?

  4. Savdo markasini joylashtirish jarayoni nimadan iborat?

  5. Rebrending deganda nimani tushunasiz?

  6. Innovatsion marketingda brendingni qo’llashning qanday usullari mavjud? 7.Brendingning asosiy obyektlari bo’lib nimalar hisoblanadi?

  1. O’z brendini yaratayotgan har qanday korxonaning asosiy iqtisodiy maqsadi nimadan iborat?

  2. Maqsadli auditoriyani segmentlash deganda nimani tushunasiz?

  3. Brendni shakllantirish mexanizmi qanday ishlab chiqiladi?
  1. BOB. INTERNET MARKETINGNING KONSEPTUTSAL STRATEGIK RIVOJLANISH JIHATLARI – INNOVATSION MARKETINGNING TARKIBIY QISMI SIFATIDA




    1. Innovatsiyalarni boshqarishda internet texnologiyalarining o„rni va roli


Jamiyat va iqtisodiyot rivojlanishining zamonaviy bosqichi alohida ishlab chiqarish-xo’jalik subyektlari uchun ham, butun iqtisodiyot uchun ham eng yangi axborot va kommunikatsiya texnologiyalarining ahamiyati jadal o’sishi bilan tavsiflanadi. Bu birinchi navbatda postindustrial jamiyatga o’tilishi va yangi axborot iqtisodiyotining shakllanishi bilan bog’liq. Globallashuvning tayanch infratuzilmasini internet jahon axborot tarmog’i tashkil qiladi. Bozordagi marketing tadqiqotlari bosqichida korxonalarda innovatsiyalarni boshqarishda internet-texnologiyalar joriy qilinishi zamonaviy firmalarga innovatsiyalar yaratish uchun g’oyalar izlab topishda sezilarli yordam ko’rsatadi.


Internet-texnologiyalar paydo bo’lishi bilan innovatsiyalarni boshqarishda ro’y bergan asosiy o’zgarishlar qatoriga quyidagilarni kiritish mumkin:

  • «ko’pga bir» an‘anaviy modelidan internetda amalga oshirilayotgan «ko’pga ko’p» ko’p yo’nalishli kommunikatsiya modeliga o’tish, ya‘ni firma axborotlarini iste‘molchilarga bir tomonlama uzatishdan real vaqt rejimida korxonalarning iste‘molchilar bilan ikki tomonlama o’zaro aloqalarga o’tilishi;

  • to’g’ridan-to’g’ri sotuvni amalga oshirish yo’li bilan innovatsiyalarni taqsimlashning uzun va ko’p pog’onali kanallarini almashtirish va ularning funksiyalari vositachilarning biron-bir mahsulotga egalik huquqini olmasdan turib tarmoqda oldi-sotdi bitimlarini amalga oshirishda har tomonlama axborot bilan qo’llab-quvvatlashga borib taqaladigan yangi axborot vositachilari paydo bo’lishiga borib taqaladi;

  • ommaviy iste‘molchiga yo’nalganlikdan innovatsion sohada yakka tartibdagi taklif shakllantirishga o’tilishi, shuningdek, ulardan bir qismi ham raqamli, ham jismoniy shaklda bo’lishi mumkin bo’lgan yangi elektron tovarlar paydo bo’lishi;

  • moslashuvchan narx strategiyalaridan foydalanish, shuningdek, narx shakllanishiga yakka tartibdagi yondashuvni amalga oshirish ustuvorligi.

Internet-texnologiyalar zamonaviy firmalarga innovatsiyalar yaratish uchun g’oyalar izlab topishda katta yordam ko’rsatishi mumkin.
Internet orqali g’oyalar izlashda birinchi boshlang’ich maydoncha iste‘molchilar hisoblanadi. Ularning ehtiyojlarini mijozlar o’rtasida so’rovlar o’tkazish, chat va forumlar yordamida guruh muhokamalari, firmalarning elektron manzillariga kelib tushadigan xatlar vositasida kuzatib borish mumkin. Onlayn-so’rovlar iste‘molchilarning didi, xoxish-istaklari va h.k. aniqlash maqsadida o’tkaziladi. Iste‘molchilar qiziqishlarini aniqlashning eng samarali usuli saytning u yoki bu sahifalariga tashrif buyurishlarni hisob-kitob qilish hisoblanadi.
Serverga buyurilgan tashriflar statistikasini tahlil qilish imkoniyatlari internet- texnologiyalarning eng samarali vositalaridan biri hisoblanadi. Respondentlarning faol ishtiokini talab qiladigan so’rovlar o’tkazishdan farqli ravishda, statistika tahlili tashrif buyuruvchilarni faol harakatlarga jalb qilmagan holda qimmatli axborot to’plashga imkon beradi. Ko’plab internet-kompaniyalar kompaniya saytiga tashriflar bo’yicha statistik ma‘lumotlar to’plash imkoniyatini beradi, bu ma‘lumotlar tashrif buyuruvchilar soni, tashrifchilarning takroriy kirishlari soni, ommaviylik va tashrifchining sahifada bo’lish vaqti, tashrifchining geografik joylashuvi, u foydalanadigan dasturiy ta‘minot va brauzer, kun davomidagi tashriflar statistikasini o’z ichiga oladi. Shunday qilib, iste‘molchilarning javoblari firmaga qaysi g’oya varianti ko’proq jalb etuvchanlik kuchiga ega ekanligini aniqlashga yordam beradi.
Internet-texnologiyalarni amalga oshirish samaradorligi quyidagi omillar bilan asoslanadi:

  • mablag’larning sezilarli darajada tejalishi;

  • real vaqt rejimida ishlash;

  • interaktivlik;

  • global ishtirok;

  • maqsadli doiraga qaratilganlik;

  • internet orqali sotuvni amalga oshirish imkoniyati;

  • mehnat xarajatlari kamayishi;

  • bir vaqtning o’zida ko’p sonli mijozlarga xizmat ko’rsatilishi;

  • raqobat muhitini tahlil qilishning soddalashtirilishi.


Tarmoqda ishlashning yuqorida ko’rsatilgan afzalliklaridan tashqari, shuni ham ta‘kidlash joizki, Internet yangi tovarning bozorga chiqish vaqtini qisqartiradi va kompaniyalarning bozor sharoitlariga moslashish jarayonini tezlashtiradi.

Korxonalar ish samaradorligining


ortishi


Iqtisodiyotning axborotlashuv


darajasi o‘sishi


Korxonada internet-texnologiyalaridan foydalanish




Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling