O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili


Download 337.32 Kb.
bet36/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsiyalar narxi tuzilishi va narx shakllanishi tahlili


Innovatsion mahsulotning bozorga harakatlanishi ushbu mahsulotga nisbatan o’ziga xos narx siyosatini ko’zda tutadi. Narx innovatsion marketing majmuida markaziy bo’g’in hisoblanadi. Innovatsion korxonaning barcha iqtisodiy munosabatlari innovatsiyalar narxi orqali tashkil qilinadi. Narx siyosatini ko’rib chiqishda uning asosiy variantlarini ajratib ko’rsatish mumkin. Eng tarqalgan variant ba‘zida «soyabonli narx shakllanishi» deb ataladigan narx shakllanishi hisoblanadi. Yangilikni narx bilan bog’liq siljitishning ushbu varianti mazmuni quyidagidan iborat:

  • yangi mahsulot sotuvini o’zlashtirish vaqtida uni tovarning loyiha tannarxidan ham pasti bo’lgan arzon narxda sotish;

  • operatsiyalar talab qilingan rettabelligini ta‘minlaydigan yangilikni sotish narxiga chiqish;

  • uzoq vaqt davomida reklama bilan qo’llab-quvvatlash va takomillashtirish bo’yicha zaruriy marketing tadbilari majmuini qo’llagan holda innovatsiyalar narxini barqaror darajada ushlab turish;

  • sotuv bozori uchun narxga oid raqobat talablariga javob bergan holda narxni pasaytirish imkoniyatlari doirasida qolgan holda bozorga ilgari chiqarilgan tovar narxini pasaytirishni boshlash.

Bozorga chiqariladigan yangi mahsulot bo’yicha narx siyosatining ikkinchi varianti innovatsiyalarni qat‘iy patent himosiga asoslanadigan variant hisoblanadi. Bu variantda bozorga dolzarb ehtiyojni qoniqtiradigan yangilikni avvalboshdan oshirilgan narxda chiqarish va asta-sekinlik bilan narxni pasaytirib borish maqsadga muvofiq bo’ladi.


Nazorat va mulohaza uchun savollar


      1. Innovatsion mahsulotlar narxining asosiy funksiyalari nimadan iborat? 2.Narxni shakllantirishning qanday tizimi mavjud?

3. Narxni shakllantirishning qanday bosqichlari mavjud? 4.Innovatsion mahsulotlar narxi qanday shakllantiriladi?

  1. Innovatsion mahsulot ayirboshlash munosabatlarini amalga oshirishda aniqlanadigan qanday xususiyatlarga ega?

  2. Innovatsion mahsulotga narx shakllantirishning asosiy usullari bo’lib nimalar hisoblanadi?

  3. Innovatsion mahsulotning o’ziga xosligi nimada ifodalanadi? 8."Delfi" usuli mazmunini ifodalab bering.

9.Innovatsion risk deganda nimani tushunasiz?

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling