O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Download 337.32 Kb.
bet33/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

S = f (R1, R2,..., Rn),


bu erda Ri – narxga ta‘sir etuvchi i ko’rsatkich.
Regressiya tenglamasiga yangi mahsulot ko’rsatkichlari qiymatini qo’yib, ma‘lum darajada aniqlik bilan yangi mahsulot nax darajasining ishonchlilik darajasini aniqlash mumkin. Taxminiy usullarning asosiy kamchiligi mahsulot ko’rsatkichlari va narx o’rtasida sifat o’zgarishlarini hisobga olish imkoni yo’qligi hisoblanadi, bu esa ko’p hollarda chuqurr innovativ mahsulotlar ishlab chiqishda o’ringa ega bo’lmoqda. Ularga o’xshash boshqa mahsulot bo’lmagan o’ziga xos noyob mahsulotlar uchun ilk bosqichlarda narx belgilashningn yagona usuli ekspertlar usuli hisoblanadi. Eng ommaviy ekspertlar usuli "Delfi" usuli hisoblanadi. "Delfi" usuli bo’yicha ekspertlar so’rovi jarayoni bir necha bosqichdan iborat bo’ladi.
1-bosqich. Ishchi guruhini shakllantirish.
Ishchi guruhning vazifasi ekspertlar so’rovi jaayonini tashkil qliishdan iborat. 2-bosqich. Ekspertlar guruhini shakllantirish.
"Delfi" usuliga muvofiq ekspertlar guruhi ushbu sohadagi 10-15 ta mutaxassisdan iborat bo’lishi lozim. Ekspertlar chuqur bilimga egaligi anketa so’rovi o’tkazish, ushbu mutaxassisning ilmiy ishlariga murojaatlar soni, o’zini o’zi baholash varaqalaridan foydalanish yo’li bilan aniqlanadi.

  1. bosqich. Savollarni ifodalash.

Savollarni ifodalash aniq va bir ma‘noda talqin qilinadigan bo’lishi, bir ma‘noli javoblarni ko’zda tutishi lozim.

  1. bosqich. Ekspertiza o’tkazish.

"Delfi" usulida so’rov o’tkazishning bir nechta qadamlari takrorlanishi ko’zda tutiladi. Birinchi so’rov yakunlariga ko’ra eng keskin, «bid‘at deb qaraladigan» fikrlar ajratiladi, bu fikrlar mualliflari kelgusidagi munozaralar bilan o’z nuqtai- nazarini asoslab beradi. Bu bir tomondan, barcha ekspertlarga eng keskin nuqtai- nazarlar tarafdorlarining dalillarini e‘tiborga olish, boshqa tomondan esa – ularga
yana bir bor o’z nuqtai-nazarini o’ylab chiqish va qo’shimcha ravishda asoslab berish yoki voz kechish imkonini beradi. Munozaradan keyin ekspertlarga muhokama yakunlarini e‘tiborga olish uchun imkoniyat taqim etish maqsadida so’rov yana bir marta o’tkaziladi. To ekspertlarning nuqtai-nazarlari mos kelmagunga qadar shu tarzda 4-5 marta takrorlanadi.

  1. bosqich. So’rovga yakun yasash

"Delfi" usuli bo’yicha ekspertlarning yakuniy fikri sifatida mediana, ya‘ni tartibga solingan fikrlar qatoridagi o’rtacha qiymat qabul qilinadi. Agar javoblar katta-kichikligi bo’yicha tartibga solingan qator (masalan, innovatsion mahsulot narxi haqidagi savolga javoblar) o’z ichiga n qiymatlarni: R1, R2,…, Rn olsa, so’rov natijalari bo’yicha yakuniy baholash sifatida qabul qilinadigan M quyidagi tarzda aniqlanadi:

Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling