O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Download 337.32 Kb.
bet34/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

M = Rk, agar n = 2k-1

M = (Rk + Rk+1)/2, agar n = 2k,


bu erda k = 1, 2, 3,…
Innovatsion faoliyat mahsuloti narxini belgilashda mahsulot ishlab chiqishning yakuniy bosqichlarida yoki seriyaga kiritishda aniqroq hisob-kitob usullarini qo’llash va batafsilroq axborotdan foydalanish lozim.

  1. Sotuv obyekti - ilmiy-texnik ishlanma. Ilmiy-texnik ishlanmalar natijalarini (loyiha-konstruktorlik hujjatlari, dasturiy ta‘minot, marketing tadqiqotlari natijalari va h.k.) sotishda narx shakllantirishda yuqorida sanab o’tilgan omillardan tashqari quyidagilarni ham hisobga olish zarur:

  1. Tirajlashtirish, ya‘ni ushbu ishlanmani xarid qilish ularni qiziqtirib qolishi mumkin bo’lgan potensial xaridolar soni. Muayyan buyurtmachi talabiga ko’ra bajarilgan o’ziga xos innovativ ishlanmalar, qoidaga ko’ra, tirajlanmaydi yoki moslashtirish uchun katta xarajatlar talab qiladi. Nisbatan standart ilmiy-texnik mahsulotlar tirajlanishi mumkin, bu faqat moslashtirish xarajatlarini hisobga olgan holda alohida buyurtmachi uchun narxni proporsional ravishda kamaytirish imkonini beradi.

  2. Muallif imidji va nufuzi. Ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida ushbu ishlanmani bajarishi mumkin bo’lgan ilmiy-tadqiqotchilik tashkilotlari doirasi ko’pincha chegaralangan bo’ladi. Tashkilotning ushbu sohadagi mashhurligi va tajribasi, ishlarni bajarishga jalb qilingan mutaxassislar darajasi ishlanma qiymatiga jiddiy ta‘sir ko’rsatishi mumkin. Xuddi sanoat tovarlari bozorida bo’lgani kabi, bu omilni ham ilmiy-texnik ishlanmalar sohasida qoidaga ko’ra, qayd qilinmaydigan savdo markasi mavjudligi omili bilan taqqoslash mumkin.

  3. To’lov shartlari, hisob-kitoblar shakli. Odatda ilmiy-tadqiqotchilik ishlarini bajarish va innovatsion mahsulot yaratish jarayoni uzoq vaqt – bir necha oydan bir necha yilgacha talab qiladi. SHu sababli ishlar uchun bosqichma-bosqich haq to’lash hisob-kitoblarning odaity shakli sanaladi. Ishlanmaning yakuniy narxi mablag’larning bosqichlar o’rtasida qanday taqsimlanishi va mos ravishda, ishlarning bajarilishi qanday moliyalashtirilishi, loyihani kreditlash bo’yicha asosiy xarajatlarni kim o’z zimmasiga olishiga bog’liq bo’ladi. Agar buyurtmachi ijrochini kreditlagan holda ishlarni bajarish uchun oldindan haq to’lashni amalga oshiradigan bo’lsa, bu holda ishlarni bajarish arzonroqqa tushadi. Aks holda, ijrochi ishlanmalarni o’z mablag’lari hisobiga bajaradigan bo’lsa, narx ushbu tadqiqotda mablag’lar ushlanib qolishidan yo’qotilgan miqdorda oshiriladi. Ushbu omilni hisobga olishda inflyasiya darajasi katta rol o’ynaydi.

  4. Maqsadli bozor segmenti, buyurtmachi turi. Mamlakat fani ilmiy- tadqiqotchilik ishlari umumiy jahon bozoriga to’liq jalb qilinmagan sharoitlarda narxni buyurtmachiga qarab eblgilash imkoniyati mavjud.




    1. Download 337.32 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling