O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Innovatsion mahsulotlarga optimal narx belgilash


Download 337.32 Kb.
bet31/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsion mahsulotlarga optimal narx belgilash


Iste‘mol yo’nalishidagi pozitsiyadan yangi tovarlarni siljitishning asosiy yo’nalishlari: tovarni almashtirish, tovarni mavjud assortiment guruhlariga qo’shish, yangi assortiment guruhlari, jahon uchun yangilik sanalgan va yangi foydalanish sohalari va sotuv bozorlari hosil qiladigan tovarlar hisoblanadi. Quyida innovatsion



mahsulotga narx belgilashning asosiy usullari keltirilgan va

ulardan

amaliy

foydalanish ko’rsatilgan.







Innovatsion mahsulotga narx shakllantirishning asosiy

usullari

bo’lib

quyidagilar hisoblanadi:

  • "bozorda qaymog’ini olish" usuli;

  • bozorga kirib borish usuli;

  • iste‘mol qiymatini baholash usuli;

  • maqsadli daromad me‘yori olish usuli;

  • xarajatlarni tez qaytarish usuli.

Yangilik-tovarlarga narx shakllantirishning shu va boshqa usullarini shartli ravishda ikki guruhga ajratish mumkin:
xarajatli yondashuv (narx mahsulot tannarxi va rentabellik normativlariga qarab belgilanadi) guruhi;
yangilik kiritishning umumiy foydaliligidan kelib chiqadigan usullar guruhi.
Narx belgilashda asosiy iste‘molchilar guruhining ehtimoliy reaksiyasini ham hisobga olish zarur. U ishlab chiqaruvchining nufuzi va iste‘molchining umidlariga qalin bog’liqdir. Iste‘molchi qimmatroq bo’lsada, o’zini yaxshi tomonidan ko’rsatishga ulgurgan markadagi mahsulotni xarid qilishni afzal ko’rish ehtimoli yuqori. Biroq bunda hattoki ishlab chiqaruvchining nufuzi yuqori bo’lgan taqdirda ham jamoatchilikning «ortiqcha foyda» deb ataladigan salbiy fikri shakllanishining
oldini olish lozim. Bu iste‘molchi buyurtmasini maqbul keladigan muqobil variant mavjud tomon burib yuborishi mumkin.
Innovatsion mahsulotga yakuniy narx belgilash masalasini hal qilishga kirishishda shuni esdan chiqarmaslik kerakki, uning hajmini aniqlash bozordagi vaziyatni va korxonaning umumiy strategiyasini hisobga olmasdan turib amalga oshirilishi mumkin emas.
Amaliyotning ko’rsatishicha, yakuniy narx hajmi marketing bo’limi, sotuv bo’limi, iqtisodiyot bo’limi va moliya bo’limi rahbarlari tomonidan belgilanishi lozim. Ulardan har birining narx darajasi haqida o’z tasavvuri bo’ladi va ba‘zida murosaga kelish uchun ko’p ishlarni bajarishga to’g’ri keladi.
Innovatsion mahsulot narxini belgilashda hisobga olinadigan asosiy omil raqobatchilar narxlarini o’rganish hisoblanadi. Real va potensial raqobatchilar doimo ishlab chiqarishdan olinadigan foyda va narxlar strukturasini baholashga harakat qiladi. Real raqobatchilar xuddi shunday yoki bundan yaxshiroq mahsulot taklif qilishga, potensial raqobatchilar esa – agar ularning fikriga ko’ra foyda yuqori bo’ladigan bo’lsa, bozorga kirishga intiladi.
Narx raqobatbardoshlik tarkibiy qismlari ichida eng sezilarlisi hisoblanadi, shunday ekan, uning o’zgarishi tezroq aniqlanadi va javob tariqasidagi reaksiyaga sababchi bo’ladi. Boshqa elementlar o’zgarishi unchalik sezilarli bo’lmasligi mumkin, ularni aniqlash va javob tariqasidagi harakatlarni tashkil qilish qiyinroq bo’ladi.
Yangi tovar yoki xizmatlarga narx belgilashda asosiysi shundaki, narx (tovar yoki xizmatlarning o’zi kabi) oson tushunilishi, mijoz narx tovar yoki xizmatning
«asl» qiymatini aks ettirishini ko’rishi lozim, bu esa mijozning kompaniyaga bo’lgan ishonchini oshiradi va takroriy xaridlarga olib keladi. Agarda gap yangi tovar yoki xizmat haqida boradigan bo’lsa, kompaniyaning faol siyosati mijozning ishonmaslik darajasini pasaytiradi, mijozlar ishonchini motivatsiyalaydi.
Innovatsion mahsulotlar narxini shakllantirishga yondashuvlarni birinchidan, sotuv obyektiga qarab, ikkinchidan, innovatsion faoliyat bosqichiga qarab taqsimla
lozim bo’lib, bu mahsulot haqidagi axborot hajmi va uni detallashtirish darajasi turlicha ekanligi bilan izohlanadi.

  1. Download 337.32 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling