O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva
-jadval Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyatini baholash
Download 337.32 Kb.
|
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019
8.1-jadval Ilmiy tadqiqotlar va ishlanmalarning innovatsion salohiyatini baholashko„rsatkichlari
Innovatsion salohiyat va uni alohida hududlar va kishilar hayot faoliyatida amalga oshirishning ijtimoiy-iqtisodiy natijalari holati indikatorlar (ko’rsatkichlar) tizimi quyidagilarni qamrab oladi: ichki bozorda mahsulot (xizmatlar) umumiy hajmida innovatsion mahsulot (xizmatlar) ulushi; innovatsion faoliyatni amalga oshiruvchi korxonalar ulushi; xo’jalik aylanmasida bo’lgan korxonalar nomoddiy aktivlari ulushi (intellektual faoliyat natijalari); iqtisodiyotning yuqori texnologiyali sektori rivojlanishi, uning qayta ishlash sanoati mahsulotlari va xizmatlaridagi salmog’i, innovatsion faollik; bilimlar sektoriga (jamiyat va xususiy) investitsiyalar hajmi, jumladan, oliy ta‘lim, ilmiy-tadqiqotchilik va tajriba-konstruktorlik ishlari, shuningdek, dasturiy ta‘minot ishlab chiqish xarajatlari; axborot va kommunikatsiya uskunalari, dasturiy mahsulot va xizmatlar ishlab chiqish va chiqarish; fan va yuqori texnologiyalar sohasida band bo’lganlar soni; hozircha yangi yuqori texnologiyali firmalarni moliyalashtirishning asosiy manbasi rolini saqlab kelayotganvenchurli kapital hajmi va strukturasi; ITTKIni moliyalashtirishda xususiy kapitalning ishtiroki; imiy tadqiqotlar bosqichlari bo’yicha ITTKI xarajatlar strukturasi; 11)mamlakatlararo bilimlar oqimi, shuningdek, fan va innovatsiyalar sohasida xalqaro hamkorlik; firmalar, ilmiy-tadqiqotchilik tashkilotlari va universitetlar o’rtasida kooperatsiyaning kuchayishi; ixtirochilik faoliyati natijalari bilan mamlakatlararo almashinuv; AQSH, Angliya, Germaniya va boshqa mamlakatlarga o’qishga ketayotgan talabalar, yuqori texnologiyalar sohasidagi olimlar va muhandislar harakatchanligi; moliyaviy operatsiyalar hajmi, jumladan, to’g’ridan-to’g’ri chet el investitsiyalari oqimining ortishi; axborot-kommunikatsiya texnologiyalarining keng tarqalishi, shaxsiy kompyuterlardan keng foydalanilishi, axborot-kommunikatsiya sektorining bandlik va ish o’rinlari soniga hissasi; bilimlarga talab o’sgan holda bozor xizmatlarining rivojlanish darajasi; 18)yuqori texnologiyalar sohasida yangi ishlanmalar va ixtirolar natijalarini patentlashning tezlashishi. Bu ishlar natijalari bo’yicha hududlar iqtisodiy rivojlanishining iqtisodiy turi bo’yicha ishlarni muvofiqlashtiruvchi organ tashkil etiladi. Ushbu organ faoliyati hududdagi innovatsion turdagi iqtisodiyotga erishishga yo’naltirilgan barcha ilmiy- tadqiqotchilik tashkilotlari va korxonalarning bevosita ishtirokida amaliy yo’nalishga ega bo’lishi lozim. Barcha faoliyat turlari, jumladan, innovatsion faoliyat turlari biron-bir natijaga yo’naltirilgan bo’lishi, ya‘ni ma‘lum bir samaradorlik va unumdorlik bilan tavsiflanishi lozim, chunki ular resurslar sarflaydi va ma‘lum bir natijaga olib keladi. Aynan innovatsion faollikdagi tafovutlar boshlang’ich shart-sharoitlar bir xil bo’lgan holda innovatsion natijalarning turlicha bo’lishini asoslabb eradi. Innovatsion faoliyat strukturasi ixtisoslashgan bo’linmalar va muvaqqat ijodiy jamoalarda ishlar bajarishni o’z ichiga olishi lozim. Download 337.32 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling