O„zbekiston respublikasi oliy va o„rta maxsus ta‟lim vazirligi toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. D. Ergashxodjaeva


Download 337.32 Kb.
bet59/105
Sana08.09.2023
Hajmi337.32 Kb.
#1674273
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105
Bog'liq
Innovatsion marketing. Sh.D.Ergashxodjaeva. Darslik. 2019

Innovatsion marketing
Innovatsion marketing o’tkazishda muvaffaqiyatning asosiy omillari 7.1- rasmda aks ettirilgan.



Patentlar mavjudligi

Talabni shakllantirish dasturini to‘g‘ri ishlab chiqish

Bozordagi o‘zgaruvhan vaziyatga tez javob qaytarish va innovasiyalarni yangi bozorga chiqarish qobiliyati
7.1-rasm. Innovatsion marketing o„tkazishda muvaffaqiyatning asosiy omillari


Iste‘molchilarga xizmat ko’rsatishning muvaffaqiyatli amalga oshirilishi innovatsion firmani raqobatchilardan ajratib turadigan eng muhim belgiga aylanishi mumkin. Xizmat ko’rsatish elementlarining uchta asosiy toifasi ajratib ko’rsatiladi:


sotuvgacha xizmat ko’rsatish, sotuv vaqtida xizmat ko’rsatish va sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish. Sotuvdan keyingi xizmat ko’rsatish mahsulotni o’rnatish, kafolatli xizmat ko’rsatish, ehtiyot qismlar bilan ta‘minlash, tovarlarni vaqtinchalik almashtirish, nuqsonli mahsulotni qabul qilish va uni almashtirishni o’z ichiga oladi.
Ta‘kidlash joizki, moslashuvchan ishlab chiqarish sharoitlarida iste‘molchilarga eng ilg’or va funksional model taklif etishi mumkin bo’lgan kompaniya vaqtinchalik raqobatli ustunlikni qo’lga kiritadi. Ma‘lum vaqt o’tgach, bu ustunlik yo’qoladi, chunki boshqa kompaniyalar ham yangilikni joriy qiladi.
Shunday qilib, istalgan korxonada innovatsion marketing texnologiyalari joriy qilinmas ekan, uning innovatsion faoliyati samarali bo’lmaydi. Innovatsion marketing innovatsion mahsulot, xizmat yoki texnologiyani joylashtirishga tayyorlashni amalga oshiradi. U korxonaga innovatsion mahsulotni maksimal samara bilan joriy qilish imkonini beradigan usul va vositalar majumidan foydalanadi. Innovatsion marketing texnologiyalarini o’z vaqtida qo’llash innovatsiyalar ishlab chiqish bilan bog’liq risklarni pasaytiradi, chunki ular potensial talabni baholash, maqsadli bozor segmentini aniqlash va ishlanmalarni davom ettirish kerakmi va ular kutilgan samarani beraimi degan savollarga javob berishga imkoniyat yaratadi.



Download 337.32 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   105




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling