O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Kriptografiya »
O‘z-o‘zini tekshirish uchun savollar
1. Masofadan o`qitish tizimi deganda nimani tushunasiz? 2. Masofada o`qitishning uslubiy materiallarini sanab o`ting? 3. Sputnik orqali videokonferensiyalar deganda nimani tushunasiz? 4. Vertual kutubxona hqida nimalarni bilasiz? 5. Elektron kitobning strukturasi? 6. Masofaviy ta`limga jalb qilinuvchi ijtimoiy guruhlarga mansub shaxslar? 7. Onlayn bo‘yicha ta‘lim oluvchiga qo‘yiladigan talablar? 8. Onlayn bo‘yicha ta‘lim beruvchining ma‘suliyatlari? 9.Ta‘lim koordinatorining vazifalarini sanab o`ting? 393 10. Onlayn Markazi tuzilishini tavsiflab bering? 11. Online asosida ta‘lim olishning afzalliklari? 12. LMS (Learning Management Systems) deganda nimani tushunasiz? 13. LMS tizimlariga misollar keltiring. 14. Qanday qilib ta‘lim jarayonida LMS tizimlaridan foydalanish mumkin? Misollar keltiring. 394 6-BOB. AXBOROT KOMPLEKSLARIDA XAVFSIZLIKNI TA‘MINLASH ASOSLARI 6.1. Axborot komplekslarida xavfsizlikni tashkil etish jarayonlari Hozirgi zamonda xar bir sohada xavsizlikni ta‘minlashni tashkil qilish eng asisyi vazifalarda biri hisoblanadi. Axborot komplekslarida xavsizlikni tashkil etishda kriprodrafiyaga murojat qilamiz. «Kriptografiya» atamasi dastlab «yashirish, yozuvni berkitib qo‗ymoq» ma‘nosini bildirgan. Birinchi marta u yozuv paydo bo‗lgan davrlardayoq aytib o‗tilgan. Hozirgi vaqtda kriptografiya deganda har qanday shakldagi, ya‘ni diskda saqlanadigan sonlar ko‗rinishida yoki hisoblash tarmoqlarida uzatiladigan xabarlar ko‗rinishidagi axborotni yashirish tushuniladi. Kriptografiyani raqamlar bilan kodlanishi mumkin bo‗lgan har qanday axborotga nisbatan qo‗llash mumkin. Maxfiylikni ta‘minlashga qaratilgan kriptografiya kengroq qo‗llanilish doirasiga ega. Aniqroq aytganda, kriptografiyada qo‗llaniladigan usullarning o‗zi axborotni himoyalash bilan bog‗liq bo‗lgan ko‗p jarayonlarda ishlatilishi mumkin. Kriptografiya axborotni ruxsatsiz kirishdan himoyalab, uning maxfiyligini ta‘minlaydi. Masalan, to‗lov varaqlarini elektron pochta orqali uzatishda uning o‗zgartirilishi yoki soxta yozuvlarning qo‗shilishi mumkin. Bunday hollarda axborotning yaxlitligini ta‘minlash zaruriyati paydo bo‗ladi. Umuman olganda kompyuter tarmog‗iga ruxsatsiz kirishning mutlaqo oldini olish mumkin emas, lekin ularni aniqlash mumkin. Axborotning yaxlitligini tekshirishning bunday jarayoni, ko‗p hollarda, axborotning haqiqiyligini ta‘minlash deyiladi. Kriptografiyada qo‗llaniladigan usullar ko‗p bo‗lmagan o‗zgartirishlar bilan axborotlarning haqiqiyligini ta‘minlashi mumkin. Nafaqat axborotning kompyuter tarmog‗idan ma‘nosi buzilmasdan kelganligini bilish, balki uning muallifdan kelganligiga ishonch hosil qilish juda muhim. Axborotni uzatuvchi shaxslarning haqiqiyligini tasdiqlovchi turli usullar ma‘lum. Eng universal protsedura parollar bilan almashuvdir, lekin bu juda 395 samarali bo‗lmagan protsedura. Chunki parolni qo‗liga kiritgan har qanday shaxs axborotdan foydalanishi mumkin bo‗ladi. Agar ehtiyotkorlik choralariga rioya qilinsa, u holda parollarning samaradorligini oshirish va ularni kriptografik usullar bilan himoyalash mumkin, lekin kriptografiya bundan kuchliroq parolni uzluksiz o‗zgartirish imkonini beradigan protseduralarni ham ta‘minlaydi. Kriptografiya sohasidagi oxirgi yutuqlardan biri — raqamli signatura — maxsus xossa bilan axborotni to‗ldirish yordamida yaxlitlikni ta‘minlovchi usul, bunda axborot uning muallifi bergan ochiq kalit ma‘lum bo‗lgandagina tekshirilishi mumkin. Ushbu usul maxfiy kalit yordamida yaxlitlik tekshiriladigan ma‘lum usullardan ko‗proq afzalliklarga ega. Kriptografiya usullarini qo‗llashning ba‘zi birlarini ko‗rib chiqamiz. Uzatiladigan axborotningn ma‘nosini yashirish uchun ikki xil o‗zgartirishlar qo‗llaniladi: kodlashtirish va shifrlash. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling