O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


-rasm. Elektron rakamli imzoni tekshirish sxemasi


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet258/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

6.3.2-rasm. Elektron rakamli imzoni tekshirish sxemasi. 
Elektron raqamli imzo tizimining printsipial jihati foydalanuvchining 
elektron raqamli imzosini uning imzo chekishdagi maxfiy kalitini bilmasdan 
kalbakilashtirishning mumkin emasligidir. Shuning uchun imzo chekishdagi 
maxfiy kalitni ruxsatsiz foydalanishdan ximoyalash zarur. Elektron raqamli 
imzoning maxfiy kalitini, simmetrik shifrlash kalitiga o‘xshab, shaxsiy kalit 
eltuvchisida, ximoyalangan xolda sakdash tavfsiya etiladi. 
Elektron rakamli imzo-imzo chekiluvchi hujjat va maxfiy kalit orqali 
aniqlanuvchi noyob sondir. Imzo chekiluvchi hujjat sifatida har qanday fayl 
ishlatilishi mumkin. Imzo chekilgan fayl imzo chekilmaganiga bir yoki bir nechta 
elektron imzo qo‘shilishi orqali yaratiladi. 
Imzo chekiluvchi faylga joylashtiriluvchi elektron rakamli imzo imzo 
chekilgan xujjat muallifini identifikatsiyalovchi qo‘shimcha axborotga ega. Bu 
axborot xujjatga elektron raqamli imzo hisoblanmasidan oldin qo‘shiladi. Xar bir 
imzo quyidagi axborotni o‘z ichiga oladi: 
imzo chekilgan sana
Jo‘natuv- 
chidan
Raqamli 
imzo 
Xabar 

Daydjestni 
generatsiyalash 
algoritmi 
Assimmetrik 
shifrlash 
Qabul qilingan 
xabar 
Generatsiya-
langan daydjest 

Rasshifrovka 
qilingan 
daydjest m1 

m = m1 
Yo‘q 
Ҳа 


435 
 ushbu imzo kaliti ta‘sirining tugashi muddati; 
 faylga imzo chekuvchi shaxs xususidagi axborot (F.I.Sh. mansabi, ish 
joyi); 
 imzo chekuvchining indentifikatori (ochik kalit nomi); 
 rakamli imzoning o‘zi. 
Asimmetrik shifrlashga o‘xshash, elektron raqamli imzoni tekshirish uchun 
ishlatiladigan ochiq kalitning atmashtirilishiga yo‘l qo‘ymaslik lozim. Faraz 
qilaylik, niyati buzuq odam «n» abonent «V» kompyuterida saqlanayotgan ochiq 
kalitlardan, xususan, abonent A ning ochik kaliti KA dan foydalana oladi. Unda u 
quyidagi harakatlarini amalga oshirishi mumkin: 
ochiq kalit KA saqlanayotgan fayldan abonent A xususidagi 
indentifikatsiya axborotini o‘qishi; 
ichiga abonent A xususidagi indentifikatsiya axborotini yozgan holda 
shaxsiy juft kalitlari kn va Kn ni generatsiyalashi; 
abonent Bda saqlanayotgan ochiq kalit KA ni o‘zining ochiq kaliti Kn 
bilan almashtirishi. 
So‘ngra niyati buzuk odam n abonent V ga hujjatlarni o‘zining maxfiy kaliti 
kp yordamida imzo chekib jo‘natishi mumkin. Bu hujjatlar imzosini tekshirishda 
abonent V abonent A imzo chekkan hujjatlarni va ularning elektron raqamli 
imzolarini to‘g‘ri va hech kim tomonidan modifikatsiyalanmagan deb hisoblaydi. 
Abonent A bilan munosabatlarini bevosita oydinlashtirilishigacha V abonentda 
olingan hujjatlarning haqi-qiyligiga shubha tug‘ilmaydi. 
Elektron raqamli imzoning qator algoritmlari ishlab chiqilgan.1977 yilda 
AKSh da yaratilgan RSA tizimi birinchi va dunyoda mashhur elektron raqamli 
imzo tizimi hisoblanadi va yuqorida keltirilgan printsiplarni amalga oshiradi. 
Ammo raqamli imzo algoritmi RSA jiddiy kamchilikka ega. U niyati buzuq 
odamga maxfiy kalitni bilmasdan, xeshlash natijasini imzo chekib bo‘lingan 
hujjatlarning xeshlash natijalarini ko‘paytirish orqati hisoblash mumkin bo‘lgan 
hujjatlar imzosini shakllantirishga imkon beradi. 
Ishonchliligining 
yuqoriligi 
va 
shaxsiy 
kompyuterlarda 
amalga 


436 
oshirilishining qulayligi bilan ajratib turuvchi raqamli imzo algoritmli 1984 yilda 
El Gamal tomonidan ishlab chiqildi. El Gamalning raqamli imzo algoritmi (EGSA) 
RSA rakamli imzo algoritmidagi kamchiliklardan holi bo‘lib, AKSh ning standart-
lar va texnologiyalarning Milliy universiteti tomonidan raqamli imzoning milliy 
standartiga asos kabi qabul qilindi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   254   255   256   257   258   259   260   261   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling