106
SELECT, UPDATE, INSERT, DELETE ) kerak bo‘ladi.
Ma‘lumotlar bazasiga axborotlar qo'shish, yangilash, o'chirish
va chiqarib
tashlash imkonini beradi, odatda ma‘lumotlarni boshqarish tili (
DML –
Data
Manipulation Language) yordamida amalga oshiriladi. Barcha ma‘lumotlarning
markazlashtirilgan saqlanishi mavjudligi va ularning tavsifi ba‘zan so'rovlar tili
(
query language) deb ataluvchi so'rovlarda tashkil etilgan umumiy uskunasi
sifatida DML tilidan foydalanish imkonini beradi. So'rovlar
tilining mavjudligi
o'ziga xos faylli tizimlarni cheklanishlardan yo'qotish imkoniyatini beradi, unda
foydalanuvchilarning fiksirlangan so'rovlar to'plami ustida ish olib borishlari yoki
dasturiy ta‘minotni boshqarishda ko'proq murakkab
muammolar uchun doimiy
ravishda yaratilayotgan dasturlar sonining oshishi nazarda tutiladi.
DML tilining ikki xil turi mavjud - protsedurali va protsedurali bo'lmagan
tillar. Ular bir-biridan ma‘lumotlardan ko'chirma olish usullari bilan farqlanadi.
Ular o'rtasidagi asosiy farq, protsedurali tillar odatda
MB da ketma-ket ravishda
axborotlarni qayta ishlaydi, protsedurali bo'lmagan tillar butun yozuvlar to'plamiga
birdan operatsiyaga kirishadi.
Do'stlaringiz bilan baham: