O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet72/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

2.3.1-rasm. Lokal kompyuter tarmog‗i 
 
lokal kompyuter tarmoqlarida tarmoq topologiyasi tushunchasi mavjud. 
Tarmoq topologiyasi, tarmoq ichida kompyuterlar va boshqa qurilmalarni 
bog‗lanish chizmasini, strukturasini belgilab berib, qaysi yo‗l bo‗yicha 
axborotlarni uzatish jarayonini ko‗rsatib beradi. 
Tarmoq topologiyalari juda ko‗p, lekin amaliyotda asosan to‗rtta turi 
ko‗proq qo‗llaniladi. Bular Yulduzsimon, aylana, shina va gibrid 
topologiyalaridir. 
Mintaqaviy tarmoqlar - mamlakat, shahar va viloyatlar darajasida 
kompyuterlarni va lokal tarmoqlarni maxsus aloqa yoki telekommunikatsiya 
kanallari orqali o‗zaro bog‗lagan tarmoqlar. 


114 
 
 
2.3.2-rasm. Mintakaviy tarmoq tuzilishi 
Global tarmoqlar - o‗ziga butun dunyo kompyuterlarini, abonentlarini, lokal 
va mintaqaviy tarmoqlarini telekommunikatsiya (kabelli, simsiz, sun‘iy yo‗ldosh) 
aloqalari tarmog‗i orqali bog‗lagan yirik tarmoq. 
Axborot muhitida tezlik tushunchasi, birliklari va axborot kanallari 
sig‗imi. Ma‘lum vaqt oralig‗ida aloqa muhitlari orqali uzatiladigan axborot hajmi - 
uning uzatilish tezligini belgilaydi. 
Hap qanday harakatlanuvchi jism va modda uchun tezlik tushunchasi va 
uning o‗lchov birliklari mavjud bo‗lganidek, axborotning ham uzatish tezligi 
hamda o‗lchov birliklari mavjuddir, bular: 

Bit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan bitlar soni; 

Kbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan minglab 
yaxlitlangan bitlar soni; 

Mbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan millionlab 
yaxlitlangan bitlar soni; 

Gbit/sekund - bir soniyada aloqa muhiti orqali uzatiladigan milliardlab 
yaxlitlangan bitlar soni. 
Axborot kanallarining sig‗imi ular orqali ma‘lum vaqt oralig‗ida uzatiladigan 
axborot hajmi bilan belgilanadi. Bu o‗z navbatida axborot kanallarining o‗tkazish 
qobiliyatini anglatadi. Undan tashqari axborotlarni uzatish rejimlarini ham ko‘rib 
Минтақавий филиал
Асосий офис 
Минтақавий филиал


115 
chikishimiz lozim. Buning uch xil rejimi mavjud: 
Simplek; 
Yarimdupleks; 
Dupleks: 
1. Simpleks (Simples). Bu rejimda ma‘lumotlar faqat bir tomonlama va bir 
yo‗nalishda uzatiladi. 
2. Yarimdupleks (Half-duplex). Bu rejimda ma‘lumotlar ikki yo‗nalish 
bo‗yicha faqat bir tomonlama uzatiladi. Demak, bunda ma‘lumotlarni uzatish va 
qabul qilib olish mumkin. Buning uchun ikkita sim kerak buladi.Bittasi jo‗natish 
uchun, ikkinchisi qabul qilishi uchun. 
3. To‗liq dupleks (Full-duplex). YArimdupleks rejimda xar gal 
ma‘lumotlar yuborilayotganda tizimni ushbu yo‗nalish bo‗yicha qayta bog‗lanishi 
talab qilinadi. To‗liq dupleks rejimida esa bir vaqtning o‗zida ikki tomonlama xam 
axborotni uzatish va qabul qilish imkoniyati mavjud. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling