265
5. Buxgalteriya faoliyatida ishlatiladigan dasturiy ta‘minotlar?
6. 1C:Buxgalteriya
dasturining
―Зарплата‖ bo‘liming ishlash
texnologiyasi?
4.4. Sug‘urta faoliyatidagi axborot komplekslari va texnologiyalari
Mamlakatimizda bugungi kunda barcha iqtisodiy
sektorlar rivojlanib
bormoqda. Sug‗urta faoliyati ham glaballashuv jarayonida iqtisodiyotning
rivojlanishiga o‗z ta‘sirini o‗tkazuvchi muhim tarmoqlardan biri hisoblanadi. Shu
sababli ham bu sohaning yalpi ichki mahsulotdagi ulushi yildan yilga o‗sib
bormoqda.
Bugungi kunda sug‗urta sohasining huquqiy bazasi ham takomillashib borib
sohani isloh qilish uchun yangidan yangi qonun va
qonun osti hujjatlari qabul
qilinmoqda.
O‗zbekiston Respublikasining 2002 yil 5 aprelda 358-II-sonli ―Sug‗urta
faoliyati to‗g‗risida‖gi qonuni qabul qilingan bulib,
ushbu
qonunning 3-moddasiga asosan sug‗urta faoliyatiga quyidagicha ta‘rif berilgan:
Sug‗urta faoliyati deganda sug‗urta bozori professional ishtirokchilarining
sug‗urtani amalga oshirish bilan bog‗liq faoliyati tushuniladi.
yuridik va jismoniy shaxslar to‗laydigan sug‗urta mukofotlaridan
shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug‗urta hodisasi) yuz
berganda ushbu shaxslarga sug‗urta shartnomasiga muvofiq sug‗urta
tovonini
(sug‗urta pulini) to‗lash yo‗li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish
tushuniladi
Qonunning 5-moddasiga ko‗ra
sug‗urta bozorining professional
ishtirokchilari sug‗urtalovchilar, sug‗urta vositachilari, adjasterlar, aktuariylar,
sug‗urta
syurveyerlari,
shuningdek
assistanslar
hisoblanadi.
Bugungi kunda O‗zbekiston sug‗urta bozorida sug‗urtalash
faoliyati bilan
shug‗ullanuvchi
27 ta sug‗urta kompaniyalari mavjud. Shulardan
23 tasi umumiy
sug‗urta sohasida qolgan
4 tasi hayot sug‗urta sohasida faoliyat yuritadi/