O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet191/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Sоliq sub‟еkti – sоliq munоsаbаtlаridа qаtnаshuvchi sоliq to‘lоvchilаrdir. 
Ulаr ququqiy vа jismоniy shахslаrgа bo‘linаdi. Sоliq munоsаbаtlаridа sоliq 
undiruvchi (sоliqchi) qаm kаtnаshаdi. Sоliqni dаvlаt undirаdi. 
Sоliq оb‟еkti – sоliq sоlinаdigаn dаrоmаd, хаrаjаt, оbоrоt yoki mulkdir. 
Uning fоydа, ish qаqi, qo‘shilgаn qiymаt, еr, imоrаt, jаmi хаrаjаt kаbi turlаri 
mаvjud. Оb‘еkt dоimо sub‘еkt bilаn bоg‘liq, sub‘еktniki bo‘lаdi. Sub‘еktsiz оb‘еkt 
bo‘lmаydi. 
Sоliq mаnbаi – bu sub‘еktning dаrоmаdidir. Bа‘zi sоliqlаrdа dаrоmаd vа 
fоydа qаm sоliq оb‘еkti, qаm mаnbаi bo‘lаdi. Lеkin bоshqа sоliqlаrdа оb‘еktlаr 
qаr хil, mаnbа esа – dаrоmаd bo‘lаdi. Qаr qаndаy sоliq оqibаt nаtijаdа 
dаrоmаddаn оlinаdi. Bu to‘g‘ri sоliqlаrgа tааluqlidir. 
Sоliqqа tоrtish birligi – bu еrdа оb‘еktning o‘lchоv birligi. Bu dаrоmаd 
sоlig‘idа so‘m, еr sоlig‘idа kv.mеtr, suv sоlig‘idа kub mеtr vа bоshqаlаr. 
Sоliq stаvkаsi – оb‘еktning qаr birligi uchun dаvlаt tоmоnidаn bеlgilаb 
qo‘yilgаn mе‘yoridir, ya‘ni dаvlаtning оb‘еktdаgi ulushi, qissаsidir.
Sоliq оg‟irlig‟i – to‘lоvchining qаmmа sоliqlаr vа yig‘imlаr yig‘indisini 
byudjеtgа to‘lаshidir. Sоliq оg‘irligi fоydаgа yoki jаmi dаrоmаdgа nisbаtаn 
оlinаdi. 
Sоliq stаvkаlаrining turlаri. O‘zbеkistоn sоliq qоnunchiligi bo‘yichа 
sоliqlаrning prоpоrцiоnаl, prоgrеssiv vа nоlli stаvkаlаrigа аmаl qilinmоqdа. 
Sоliqlаrning umumdаvlаt (rеspublikа) vа mаqаlliy sоliqlаrgа bo‘linishi 
ququmаt idоrаlаrining rеspublikа qukumаti vа mаqаlliy ququmаtlаrgа bo‘linishi 


280 
аsоsidа kеlib chiqаdi. 
Ayni paytda bizda xam soliq to‘lovlarini elektron tarzda topshirish amaliyoti 
ommalashib 
bormoqda. 
Soliq 
ma‘muriyatchiligining 
samaradorligini 
yuksaltirishda soliq muassasalarini zamonaviy axborat vositalari bilan jihozlashgan 
alohida e‘tibor qaratilmoqda. Bu esa soliqqa oid axborotlarni yig‘ish va qayta 
ishlashda tezkorlik va samaradorlikni oshirish imkonini beryapdi. Shuningdek
axborot texnologiyalaridan keng foydalanish biznes uchun ham, davlat uchun ham 
chiqimlarni kamaytirib, soliq jarayoning yanada oshkora bo‘lishini ta‘minlamoqda. 
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1993 yil 
3 avgustdagi ―O‘zbekiston Respublikasi soliq orginlari ma‘lumotlarni ishlash 
yagona kompyuter tizimini yaratish to‘g‘risida‖gi qarori bilan soliq xizmati 
orginlarini kompyuterlashtirish vazifasi belgilangan bo‘lsa, 1995 yil 14 
sentyabrdagi ―O‘zbekiston Respublikasi soliq organlari moddiy-texnika bazasini 
mustahkamlash va xodimlarning ijtimoiy himoyalanishini kuchaytirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖gi qarori bilan Davlat soliq ko‘mitasi tasarufida ―Yangi 
texnologiyalar ilmiy-axborot markazi‖ tashqil etildi. Markazning asosiy 
vazifalaridan biri bu soliq xizmati organlari uchun dasturiy mahsulotlar ishlab 
chiqish va ma‘lumotlarga ishlov beradigan yagona kompyuter tizimini yaratishdan 
iboratdir. Ayni paytda mazkur markaz tomonidan BMT rivojlanish Dasturi 
moliyaviy ko‘magi asosida ―Soliq to‘lovchilarning soliq hisob-kitoblarini qabul 
qilish va qayta ishlash hamda davlat soliq xizmati muassalarida statistika 
hisobotlarini shakllantirish‖ majmuaviy dasturi hayyotga tatbiq etilmoqda. 
Dasturning pilot loyihasi 2006 yilning ikkinchi chorag‘idan yo‘lga qo‘yildi. 
Bugungi kunda Toshkent shahridagi qariyb 16000 dan ortiq yuridik shaxs 
mazkur loyihaning foydalanuvchilari hisoblanadi. Ya‘ni, ular mamlakatimizda 
birinchilardan bo‘lib soliq ma‘lumotlarini ish joylarining o‘zidan elektron tarzda 
topshirmoqdalar. Bu esa soliq va moliyaviy hisobotlarni topshirishni 
soddalashtirish hamda ushbu jarayonga sub‘ektiv omillarning ta‘sirini 
kamaytirish imkonini bermoqda. 
Mamlakatimizda asosiy e‘tibor bozor islohotlarini chukurlantirish, 


281 
iqtisodiyotni erkinlashtirish va mulk xuquqini himoya qilishni mustahkamlash, 
kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish sohasi ko‘lamini 
kengaytirish va sifat darajasini yaxshilashga qaratilgan. Bugungi kunda respublika 
Davlat soliq xizmati organlari faoliyatini boshqarish ishlarini muvofiqlashtirishda 
soliq ob‘ektlari va soliq to‘lovchi sub‘ektlarni to‘liq ro‘yxatga olish, barcha 
turdagi soliqlar va yig‘imlar hisob-kitobining haqqoniy ma‘lumotlar asosida 
yuritilishini ta‘minlash, soliq to‘lovi jarayonlarini soddalashtirish soliq 
qonunchiligi buzulishining oldini olish, soliq va tushumlarning yig‘uvchanligini 
oshirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bu, o‘z navbatida, sohada axborot-
kommunikatsiya texnologiyalaridan samarali foydalanish va ularni boshqarishni 
to‘g‘ri tashkil etish, shu asosda soliq yukini aniqlashning ilmiy asoslangan va har 
tomonlama samarali bo‘lgan usullarini ishlab chiqish hamda davlat soliq idoralari 
tomonidan o‘rnatilgan nazorat ishlarini imkon qadar mukammallashtirishni talab 
qiladi. 
Soliq xizmati organlarida keyingi o‘n yillik davrda soliq to‘lovchi jismoniy 
va yurik shaxslarni soliq idoralarida ro‘yxatga olish, hisobini yuritish va 
ma‘lumotlarga avtomat ishlov beradigan yagona axborot – hisobga olish tizimi 
yaratildi. 
Soliq idoralarida har bir soliq to‘lovchi uchun elektron hisob varaqalari 
ochilgan va unda soliq to‘lovchilar to‘g‘risida ma‘lumotlar jamlanib, ular asosida 
ma‘lumotlar bazasi tashkil etilgan. 
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2005 yil 15 iyundagi ―Tadbirkorlik 
sub‘ektlari tomonidan taqdim etiladigan hisobot tizimini takomillashtirish va uni 
noqonuniy talab etganlik uchun javobgarlikni kuchaytirish to‘g‘risida‖gi Vazirlar 
Mahkamasining 2005 yil 26 sentyabrdagi ―Elektron raqamli imzodan foydalanish 
sohasida normativ-huquqiy bazani takomillashtirish to‘g‘risida‖gi qarorlarining 
qabul qilinishi
davlat soliq xizmati organlari faoliyatida axborot-kommunikatsiya 
texnologiyalarini joriy etish va uni yanada takomillashtirish uchun juda katta yo‘l 
ochib berdi. Ushbu qarorlar ijrosini ta‘minlash maqsadida Davlat soliq ko‘mitasi 
rahbariyati tomonidan birinchi navbatda soliq to‘lovchi su‘bektlar uchun qulay 


282 
shart-sharoitlar yaratish, jumladan, moliya va soliq hisobotlarini elektron raqamli 
imzodan foydalangan holda internet tarmog‘i orqali uzatish va o‘zlari haqida 
kerakli ma‘lumotlarni olish kabi bir qator amaliy ishlar bajariladi. 
Bugungi kunda soliq xizmati organlarida soliq to‘lovchi yuridik shaxslardan 
moliyaviy va soliq hisobotlarni internet tarmog‘i orqali qabul qilish tizimi ishga 
tushirilgan. Tizimning ishlash tamoyili sodda bo‘lib, hisobotlarni elektron shaklda 
topshirish uchun elektron raqamli imzodan foydalaniladi. 
 
Tizimda soliq organlariga taqdim etiladigan soliq va moliyaviy hisobotlarga 
qo‘yilgan elektron raqamli imzoning maxsus dasturiy ta‘minot yordamida 
haqqoniyligi tekshirib ko‘riladi va tasdig‘ini topgandan so‘ng ma‘lumotlar 
sub‘ektlarning shaxsiy hisob varaqalariga kiritiladi, aks holda hisobotlar qabul 
qilinmaydi va korxonaga bu haqda ma‘lumot yuboriladi. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling