410
kirishga ruxsat berish.
Тarmoqlararo ekranlarga qo‗yiladigan vazifaviy talablar quyidagilardan
iborat:
•
tarmoq darajasida
filtrlashga talab;
•
amaliy darajada filtrlashga talab;
•
administratsiyalash va filtrlash qoidalarini o‗rnatish bo‗yicha talab;
•
tarmoqda autentifikatsiyalash vositalariga talab;
•
ishlarni qayd qilish va hisobni olib borish bo‗yicha talab.
Тarmoqlararo ekranlarning komponentlari sifatida quyidagilarni keltirish
mumkin: filtrlovchi - yo‗llovchi;
tarmoq darajasidagi shlyuzlar; amaliy
darajadagi shlyuzlar.
Filtrlovchi-yo‗llovchi — yo‗llovchi, ya‘ni kompyuter tarmog‗ida
ma‘lumotlarni manzilga yetkazuvchi dasturlar paketi
yoki serverdagi dastur
bo‗lib, u kiradigan va chiqadigan paketlarni filtrlaydi. Paketlarni filtrlash, ya‘ni
ularni aniq to‗plamga tegishliligini tekshirish, ТCP/IP sarlavhasidagi
ma‘lumotlar bo‗yicha amalga oshiriladi.
Filtrlashni
aniq xost-kompyuter, ya‘ni tarmoqdagi fayl va kompyuter
zaxiralariga kirishni amalga oshiruvchi kompyuter yoki port, ya‘ni xabarlarni
jo‗natish yoki qabul qilish maqsadida mijoz va server tomonidan ishlatiladigan
va odatda 16 bitli son bilan nomlanadigan dastur
bilan ulanishda amalga
oshirish mumkin. Masalan, foydalanuvchiga keraksiz yoki ishonchsiz xost-
kompyuter va tarmoqlar bilan ulanishni taqiqlash.
Filtrlash qoidalarini ifodalash qiyin jarayon bo‗lib, ularni testlash vositalari
mavjud emas.
Do'stlaringiz bilan baham: