O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti


Download 7.48 Mb.
Pdf ko'rish
bet246/262
Sana01.11.2023
Hajmi7.48 Mb.
#1736612
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   262
Bog'liq
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI

Тarmoq servislaridan foydalanish siyosatiga mos ravishda Internetda 
servislar ro‗yxati aniqlanadi. 
Bu servislarga foydalanuvchilar cheklangan kirish bilan ta‘minlanadi. 
Kirish usullarining cheklanilishi — foydalanuvchilar tomonidan Internet 
servislariga chet yo‗llar orqali ruxsatsiz kirishni taqiqlash ma‘nosini bildiradi. 
Тarmoq servislariga kirish siyosati, odatda, quyidagi prinsiplarga moyil 
bo‗ladi: 
Internetdan ichki tarmoqqa kirishni taqiqlash, lekin ichki tarmoqdan 
Internetga kirishga ruxsat berish
vakolatlangan tizimlarga Internet dan ichki tarmoqqa cheklanilgan 


410 
kirishga ruxsat berish. 
Тarmoqlararo ekranlarga qo‗yiladigan vazifaviy talablar quyidagilardan 
iborat: 
• 
tarmoq darajasida filtrlashga talab
• 
amaliy darajada filtrlashga talab; 
• 
administratsiyalash va filtrlash qoidalarini o‗rnatish bo‗yicha talab; 
• 
tarmoqda autentifikatsiyalash vositalariga talab; 
• 
ishlarni qayd qilish va hisobni olib borish bo‗yicha talab. 
  
Тarmoqlararo ekranlarning komponentlari sifatida quyidagilarni keltirish 
mumkin: filtrlovchi - yo‗llovchi; tarmoq darajasidagi shlyuzlar; amaliy 
darajadagi shlyuzlar. 
Filtrlovchi-yo‗llovchi — yo‗llovchi, ya‘ni kompyuter tarmog‗ida 
ma‘lumotlarni manzilga yetkazuvchi dasturlar paketi yoki serverdagi dastur 
bo‗lib, u kiradigan va chiqadigan paketlarni filtrlaydi. Paketlarni filtrlash, ya‘ni 
ularni aniq to‗plamga tegishliligini tekshirish, ТCP/IP sarlavhasidagi 
ma‘lumotlar bo‗yicha amalga oshiriladi. 
Filtrlashni aniq xost-kompyuter, ya‘ni tarmoqdagi fayl va kompyuter 
zaxiralariga kirishni amalga oshiruvchi kompyuter yoki port, ya‘ni xabarlarni 
jo‗natish yoki qabul qilish maqsadida mijoz va server tomonidan ishlatiladigan 
va odatda 16 bitli son bilan nomlanadigan dastur bilan ulanishda amalga 
oshirish mumkin. Masalan, foydalanuvchiga keraksiz yoki ishonchsiz xost-
kompyuter va tarmoqlar bilan ulanishni taqiqlash. 
Filtrlash qoidalarini ifodalash qiyin jarayon bo‗lib, ularni testlash vositalari 
mavjud emas. 

Download 7.48 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   242   243   244   245   246   247   248   249   ...   262




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling