O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Internet tarmog‗ida mavjud aloqaning himoyasini (xavfsizligini)
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
Internet tarmog‗ida mavjud aloqaning himoyasini (xavfsizligini)
ta‘minlash asoslari Ma‘lumotlarni uzatish tizimlarining rivojlanishi va ular asosida yaratilgan 405 telekommunikatsiya xizmat ko‗rsatish vositalarining yaratilishi bevosita foydalanuvchilarga tarmoq zaxiralaridan foydalanish tartiblarini ishlab chiqarish zaruriyatini paydo qildi: • foydalanuvchining anonimligini ta‘minlovchi vositalar; • serverga kirishni ta‘minlash. Server faqatgina bitta foydalanuvchiga emas, balki keng miqyosdagi foydalanuvchilarga o‗z zaxiralaridan foydalanishga ruxsat berishi kerak; • ruxsatsiz kirishdan tarmoqni himoyalash vositalari. Internet tarmog‗ida ruxsatsiz kirishni taqiqlovchi tarmoqlararo ekran — Fire Wall vositalari keng tarqalgan. Ushbu vosita asosan UNIХ operatsion tizimlarida qo‗llanilib, bevosita tarmoqlar orasida aloqa o‗rnatish jarayonida xavfsizlikni ta‘minlaydi. Bundan tashqari, Fire Wall tizimlari tashqi muhit, masalan, Internet uchun, asosiy ma‘lumotlarni va MBlarini xotirasida saqlab, bevosita ma‘lumot almashuvini ta‘minlashi va korxona tizimiga kirishini taqiqlashi mumkin. Lekin Fire Wall tizimlarining kamchiliklari ham mavjud, masalan, e-mail orqali dasturlar jo‗natilib, ichki tizimga tushgandan so‗ng o‗zining qora niyatlarini bajarishida ushbu himoya ojizlik qiladi. Fire Wall sinfidagi tizimlarning asosiy qismi tashqi hujumlarni qaytarish uchun mo‗ljallangan bo‗lsa ham, hujumlar ularning 60 foizi kuchsiz ekanligini ko‗rsatdi. Bundan tashqari, Fire Wall zabt etilgan serverning ishlashiga qarshilik ko‗rsata olmaydi. Shu bois, Internet tizimida xavfsizlikni ta‘minlash bo‗yicha quyidagi o‗zgarishlar kutilmoqda: • Fire Wall tizimlarining bevosita xavfsizlik tizimlariga kiritilishi; • tarmoq protokollari bevosita foydalanuvchilarni huquqlarini aniqlovchi, xabarlarning yaxlitligini ta‘minlovchi va ma‘lumotlarni shifrlovchi dasturiy imkoniyatlaridan iborat bo‗lishlari. Hozirgi kunda ushbu protokollarni yaratish bo‗yicha anchagina ishlar olib borilmoqda. SKIP protokoli (Simple Key management for Internet Protocol — Internet protokollari uchun kriptokalitlarning 406 oddiy boshqaruvi) shunga misol bo‗la oladi. Har qanday tashkilot Internetga ulanganidan so‗ng, hosil bo‗ladigan quyidagi muammolarni hal etishlari shart: • tashkilotning kompyuter tizimini xakerlar tomonidan buzilishi; • Internet orqali jo‗natilgan ma‘lumotlarning yovuz niyatli shaxslar tomonidan o‗qib olinishi; • tashkilot faoliyatiga zarar yetkazilishi. Internet loyihalash davrida bevosita himoyalangan tarmoq sifatida ishlab chiqilmagan. Bu sohada hozirgi kunda mavjud bo‗lgan quyidagi muammolarni keltirish mumkin: • ma‘lumotlarni yengillik bilan qo‗lga kiritish; • tarmoqdagi kompyuterlar manzilini soxtalashtirish; • ТCP/IP vositalarining zaifligi; • ko‗pchilik saytlarning noto‗g‗ri konfiguratsiyalanishi; • konfiguratsiyalashning murakkabligi. Global tarmoqlarning chegarasiz keng rivojlanishi undan foydalanuvchilar sonining oshib borishiga sabab bo‗lmoqda, bu esa o‗z navbatida axborotlar xavfsizligiga tahdid solish ehtimolining oshishiga olib kelmoqda. Uzoq masofalar bilan axborot almashish zaruriyati axborotlarni olishning qat‘iy chegaralanishini talab etadi. Shu maqsadda tarmoqlarning segmentlarida har xil darajadaga himoyalash usullari taklif etilgan: • erkin kirish (masalan: WWW server); • chegaralangan kirishlar segmenti (uzoq masofada joylashgan ish joyiga xizmatchilarning kirishi); • ixtiyoriy kirishlarni man etish (masalan, tashkilotlarning moliyaviy lokal tarmoqlari). Lokal tarmoqlarning global tarmoqlarga qo‗shilishi uchun tarmoqlar himoyasi administratori quyidagi masalalarni hal qilishi lozim: —lokal tarmoqlarga global tarmoq tomonidan mavjud xavflarga nisbatan himoyaning yaratilishi; 407 —global tarmoq foydalanuvchisi uchun axborotlarni yashirish imkoniyatining yaratilishi. Bunda quyidagi usullar mavjud: — kirish mumkin bo‗lmagan tarmoq manzili orqali; —Ring dasturi yordamida tarmoq paketlarini to‗ldirish; —ruxsat etilgan tarmoq manzili bilan taqiqlangan tarmoq manzili bo‗yicha birlashtirish; —taqiqlangan tarmoq protokoli bo‗yicha birlashtirish; —tarmoq bo‗yicha foydalanuvchiga parol tanlash; —REDIPEST turidagi ISMP paketi yordamida marshrutlar jadvalini modifikatsiyalash; — RIP standart bo‗lmagan paketi yordamida marshrutlar jadvalini o‗zgartirish; — DNS sroofingdan foydalangan holda ulanish. Download 7.48 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling