52
tashkilotlarga o‘z infrastrukturalarini noldan boshlab yaratishda ortiqcha kuch
sarflamasliklariga yordam bеradi.
2. Bulutli hisoblash ta‘riflari
Bugungi kunda ―bulutli hisobashning‖ ko‘plab ta‘riflari mavjud. Ularning
ko‘pchiligi o‘z ma‘nosi va aktsеnti bo‘yicha takrorlanadi.
Quyida bunday
ta‘riflarning bir nеchtasi ―bulutli hisoblash‖ni har xil nuqtai nazardan tushunish
uchun kеltirilgan.
Bulutli hisoblash Intеrnеt vositasida taqdim etiladigan sеrvis ko‘rinishida
tashqi hisoblash zahiralaridan foydalanishning dinamik masshtablanadigan usulni
bildiradi, bu holda foydalanuvchidan ―bulut‖ infrastrukturasi haqida biror
bilimlarni yoki bu ―bulutli‖ tеxnologiyani boshqarish bo‘yicha biror ko‘nikmalar
talab etilmaydi.
Cloud Computing – bu dasturiy-apparat ta‘minot bo‘lib, foydalanuvchilarga
Intеrnеt yoki lokal tarmoq orqali sеrvis ko‘rinishida taqdim etiladi, bunda
foydalanuvchilarga alohida zahiralarga (hisoblash zahiralari, dasturlar va
ma‘lumotlar) murojaatning qulay intеrfеysi ham bеriladi.
Bu holda foydalanuvchi kompyutеri tarmoqqa ulangan tеrminal hisoblanadi.
Bulutli hisoblashni amalga oshiruvchi kompyutеr ―hisoblash buluti‖ hisoblanadi.
Bu holda ―hisoblash buluti‖ga kiruvchi kompyutеrlar
orasidagi yuklanish
avtomatik taqsimlanadi.
Shaxsiy bulutlarga o‘tishda buyurtmachilar ko‘plab afzalliklar olishi
mumkin, ular orasiga ATga xarajatlarni tushirish, sеrvisni taqdim
etish sifatining
oshirilishi va tijoratning dinamikligini kiritish mumkin.
―Bulut‖ informatsion xizmatlarni olish va taqdim etish uchun yangi tijorat-
modеl hisoblanadi. Bu modеl opеrativ va kapital xarajatlarni tushirishga harakat
qiladi. U AT dеpartamеntlariga o‘z ma‘lumotlarni
qayta ishlash markazini
boshqarish masalalarida qotib qolmasdan, stratеgik loyihalarga diqqat qaratishga
imkon bеradi.
Do'stlaringiz bilan baham: