O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
-rasm. Dial-up texnologiyasi yordamida Internetga ulanish
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
2.3.5-rasm. Dial-up texnologiyasi yordamida Internetga ulanish
Mobil aloqa vositalari yordamida internetga ulanish. Internet tarmog‗iga nafaqat kabel yoki telefon liniyasi orqali simli ulanish mumkin, balki mobil aloqa vositalari yordamida simsiz ulanish ham mumkin. Internet tarmog‗iga simsiz ulanish kompyuter orqali yoki mobil telefonning o‗zida amalga oshiriladi. Agar kompyuter orqali Internetga simsiz ulanish kerak bo‗lsa, u holda kompyuterdan tashqari Internet xizmatlarini taqdim etuvchi operator yoki provayderning simsiz ishlovchi modemi yoki xuddi shu vazifani bajaruvchi mobil telefon apparati zarur. Agar mobil telefonning o‗zida turib Internetga bog‗lanish yoki undan foydalanish kerak bo‗lsa, u holda Internet xizmatlarini ko‗rsatuvchi mobil operatorning mijozi bo‗lishingiz va unda GPRS xizmati yoqilgan bo‗lishi talab qilinadi. Mobil aloqa vositalari yordamida Internetdan foydalanilganda WAP texnologiyasi internetdan simsiz foydalanish imkonini beradi. Mobil aloqa tarmoqlarida so‗rovlarni va ma‘lumotlarni uzatish uchun GPRS transport xizmatidan foydalaniladi. 119 2.3.6-rasm. GSM texnologiyasi yordamida Internetga ulanish O‗zbekiston Respublikasidagi Internet tarmog‗ining rivojlanishi. Respublikamizda milliy Internet-segmentini rivojlantirish bo‗yicha ishlar O‗zR Vazirlar Mahkamasining ―Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot- kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‗g‗risida‖ 2002 yil 6 iyundagi 200-son qarori bilan tasdiqlangan ―2002-2010 yillarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish dasturi‖ga asosan amalga oshirilmoqda. Respublika telekommunikatsiya tizimlarini modernizatsiya qilish va rivojlantirish bo‗yicha loyihalarni amalga oshirish natijasida mamlakatimiz aholisining keng qatlamlari uchun Internet xizmatlaridan foydalanish borgan-sari engil bo‗lib bormoqda. Hozirgi vaqtda respublikamizda Internet foydalanuvchilarining umumiy soni 12 mln. kishidan ortdi. Mobil Internet foydalanuvchilarining soni esa hozirgi kunda 5 mln. kishini tashkil etadi. Respublikamizda AKTni rivojlantirishga bo‗lgan katta e‘tibor tufayli Internet tarmog‗ida milliy resurslar soni yildan yilga ortmoqda. Hozirgi kunda respublikada UZ domen zonasida domen nomlarini ro‗yxatga olish bo‗yicha 12 ta registratorlar, UZ domen zonasida domen nomlarini ro‗yxatga olish bo‗yicha viloyatlardagi kompyuterlashtirish markazlari soni 9 tani tashkil etadi. Tomas, Billur.com, Arsenal-D, Sarkor Telecom, VSS, TV-Inform va Simus. (2.3.7-rasm) |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling