O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi tosnkent moliya instituti
Download 7.48 Mb. Pdf ko'rish
|
10.IQTISODIYOTDA AXBOROT KOMPLEKSLARI VA TEXNOLOGIYALARI
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashqi muhit.
- Tizimlar tasnifi.
Tizimning bo‗linishi — bu uning maqsadlar va vazifalarga javob beruvchi
ma‘lum belgilar bo‗yicha ajratilgan elementlar yoki bir qator kenja tizimlardan tuzilganligini anglatadi. Kenja tizimlar bunday ajratilishning asosini tashkil etib, bunda elementlar o‗rtasidagi aloqalar ko‗proq, kenja tizimlar o‗rtasida esa kamroq bo‗ladi. Tizim tushunchasi shu ma‘noda nisbiyki, tizim elementining o‗zi ham 129 murakkab tizim bo‗lishi mumkin. Biror belgi bo‗yicha ajratilgan tizim o‗ziga nisbatan yuqori darajadagi tizim elementi bo‗lishi mumkin. Tashqi muhit. «Tizim» tushunchasi tizimga kiruvchi bir qator elementlarni cheklaydi: shartli ravishda cheklangan chegara o‗rnatadi, undan tashqaridagi elementlar esa ushbu tizimga kirmay qoladi. Bundan anglashiladiki, tizim o‗z- o‗zidan emas, balki boshqa ko‗plab elementlar qurshovida mavjud bo‗ladi. Ayrim masalalarni hal etishda bizni bu tashqi muhitning barcha elementlari emas, balki ushbu masala nuqtai-nazaridan tashqi muhitni tashkil etuvchi, ko‗rib chiqilayotgan tizimga biror-bir aloqasi bo‗lgan elementlargina qiziqtiradi. Tashqi muhit — bu ko‗rilayotgan tizimga ta‘sir ko‗rsatuvchi yoki ko‗rilayotgan masala sharoitida uning ta‘siri ostida bo‗lgan, tizimdan tashqaridagi har qanday tabiat elementlaridir. Chunki, real sharoitlarda tizimlarning har biri alohida emas, balki boshqalari yonida, bir- biriga bog‗liq holda ishlaydi. Tizimlarni tahlil va sintez qilish chog‗ida aloqalarning ikki xil turi ajralib turadi: ichki va tashqi aloqa. Tashqi aloqaga ega tizimlar ochiq deb, unga ega emaslari esa yopiq aloqa deb ataladi. Tizimlar tasnifi. Tizimlarni qiyoslash va farqlash, ularning bir-biriga o‗xshashlari va farqlilarini ajratish orqali tasniflash amalga oshiriladi. Tasniflash — bu faqat borliq modeli va uni turli belgilar, ya‘ni, kirish va chiqish jarayonlarining bayoni, ularning kelib chiqishi, boshqaruv turi, boshqaruvning resurslari bilan ta‘minlanganligi va hokazo bo‗yicha amalga oshirish mumkin. Bizni tizimning kelib chiqishi bo‗yicha tasniflash qiziqtiradi. Sun‘iy tizimlar — bu inson tomonidan yaratilgan tizimlardir. Tabiiy tizimlar bu tabiatda yoki jamiyatda inson ishtirokisiz yuzaga kelgan tizimlar. Aralash tizimlar tabiiy va sun‘iy tizimlarni o‗z ichiga oladi. Ergonomik tizimlar — bu, «mashina — inson — operator» majmui. Biotexnik tizimlar — tirik organizmlar va texnik qurilmalar kiradigan tizimlardir. Tashkiliy tizimlar — bu, zaruriy vositalar bilan jihozlangan kishilar |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling